Sohirnafas suxandonni so‘roqlab
Targ‘ibot, tashviqot, axborot so‘zlari bir-biriga uyg‘un bo‘lgani holda, bugungi davrda ularning o‘rni, roli yanada kengroq, muhimroq ahamiyat kasb etayotgani sir emas. “Mafkura poligonlari yadro poligonlariga nisbatan ko‘proq kuchga ega” bo‘layotgan ayni damda boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Bularning zamirida tinglovchilar ommasiga nimanidir etkazish niyati yotadi. Gap nimani, kimga, qachon va qaerda etkazish emas, balki ma’lumotni qanday etkazish, aniqrog‘i, o‘tkazish masalasi yanada mohiyatlidir. Demak, qalam, qog‘oz, mikrofondan har bir ijodkor foydalanishi mumkin, lekin u har birida o‘zgacha jilolanadi. O‘qish, aniqrog‘i, ifodali o‘qish, tushuntirib o‘qish o‘zining uzoq tarixiga, boy an’analariga ega. O‘qishdan maqsad uqish va uqtirishdir. Qiroatxonlik nomi bilan yuritiluvchi san’at dunyoning deyarlik...
Continue reading