SOLIQ SOHASIDA MALAKALI KADRLAR TAYYORLASHNING YANGI TIZIMI JORIY ETILADI
Foto: Xabar.uz Prezidentning «Soliq sohasida malakali kadrlar tayyorlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–227-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofiq, Soliq qo‘mitasi huzurida tashkil etilgan Soliq oliy maktabi soliq sohasi uchun zamonaviy va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Oliy maktabda o‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilinadi. 2027/2028-o‘quv yilidan esa magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari yo‘lga qo‘yiladi. Oliy maktabda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:soliqlar va soliqqa tortish;raqamli soliq ma’murchiligi;soliq huquqi;moliyaviy nazorat. Bitiruvchilar davlat namunasidagi diplom bilan bir qatorda soliq maslahatchisi va auditorlik malaka sertifikatlarini olish uchun maxsus o‘quv kurslarini tugatganlik haqida hujjat ham oladi. Shuningdek, ACCA, DipIFR,...
Continue reading