MUSIQA– QALB SHIFOKORI
Vokalo terapiya orqali xorijiy talabalarni emotsional qo'llab-quvvatlash, ularning yangi muhitda o'qish va yashash jarayonida duch keladigan stress, tushkunlik, izolyatsiya va til to'siqlarini yengishga ko'maklashish, shuningdek ularning adaptatsiya jarayonini yengillashtirishni maqsad qilgan holda 2025-yil 22-sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixolodi hamda Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova tomonidan Yer resurslari va kadastr fakulteti 1-kurs 109-guruh talaba yoshlari bilan “Musiqa – qalb shifokori” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbir vazifalari: Vokalo terapiya usullari orqali talabalarning ichki xissiy holatlarini barqarorlashtirish; Ularda ijobiy emotsional holatni shakllantirish; Guruh ichidagi muloqotni yaxshilash; Ijtimoiy adaptatsiya jarayonini tezlashtirish. Tadbirning 1 -bosqichida: ishtirokchilar bilan tanishuv (ism, mamlakat, qiziqishlari),"Muzni eritish"...
Continue reading