TO‘QAYEV BMT XAVFSIZLIK KENGASHINI ISLOH ETISHGA CHAQIRDI
Foto: Oqo‘rda matbuot xizmati BMT Xavfsizlik kengashi tizimida islohotlar o‘tkazish muhim va ortga surib bo‘lmas vazifa hisoblanadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Tokio shahridagi BMT universitetida so‘zlagan ma’ruzasida ta’kidladi. Siyosatchi «Beqarorlik davrida strategik ishonchni tiklash: Qozog‘iston nazdida yanada adolatli va barqaror dunyo qanday bo‘lmog‘i lozim?» degan mavzudagi chiqishida BMT Xavfsizlik kengashida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasini tamsil etuvchi davlatlar ham kengroq ishtirok etishi muhimligini qayd etgan. «Xavfsizlik kengashida o‘rta darajadagi derjavalar ovozi yanada zalvorliroq yangrashi, yirik o‘yinchilar o‘rtasida ziddiyatlar kuchaygan sharoitda ular konstruktiv vositachi sifatida o‘zini namoyon etib, maqbul qarorlarni ilgari surishda faol bo‘lmog‘i lozim. Qozog‘iston o‘z tashqi siyosati missiyasini ayni shu...
Continue reading