AQSH RAZVEDKASI PUTINNING YASHIRIN REJASIDAN OGOHLANTIRDI
Foto: “Cputnik” AQSh razvedkasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tajovuzkor yashirin rejasidan ogohlantirmoqda. Reuters agentligi xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar josuslik idorasi Putin butun Ukrainani hamda Yevropaning bir paytlar Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan qismini bosib olishni ko‘zlagan. Ayni paytda Ukraina urushini to‘xtatish bo‘yicha Rossiya bilan muzokara olib borayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Kreml harbiy to‘qnashuvga chek qo‘yish niyatida ekanini ta’kidlamoqda. AQSh razvedkasi ogohlantirishi esa josuslik idorasi xulosasi hamda siyosiy ma’muriyat bayonotlari o‘rtasida ziddiyat mavjudligidan dalolat beradi. Buyuk Britaniya hamda Yevropaning boshqa davlatlari maxsus xizmatlari ham Putinning «ishtahasi karnay» ekanidan xavotirda. «Razvedka ma’lumotlari hamisha Putin ko‘proq narsa xohlayotganiga shohidlik bergan. Yevropaliklar ham shunday deb hisoblashadi. Jumladan, polyaklarning bunga...
Continue reading