Notiqlik san’ati akademiyasi

«Notiqlik san’ati akademiyasi» nodavlat ta’lim muassasasi o’z faoliyatini boshladi. Unda quyidagi xizmat va vazifalar amalga oshiriladi.

— Omma oldida nutq so’zlash, fikrni erkin bayon etish, qo’rquv va hayajonni yengish;

Dardmandlarga malhamlik

Bayram qalblarni tutashtiruvchi, xursandchilik onlarini ulashuvchi ijtimoiy hodisa. Fasllar kelinchagi Bahor bir necha maftunkor bayramlari bilan xarakterlanadi.

Ayol — jamiyat gultoji

U millat davomchisi, hayotimiz, xonadonimizni ezgulik, yaxshilik, mehr-muhabbat, iffatu nafosat nuri ila munavvar qiladigan muqaddas zotdir.

Jamiyat hayotidagi faolligi, mehnatdagi fidokorligi, ta’lim va tarbiyani targ‘iboti bobidagi yetukligi bilan ajralib turgan olima ayollarimizdan biri Jamila Shermuhammedova bo‘lsa, ikkinchisi iqtidorli san’atkor, O‘zbekistonda xizmati ko‘rsatgan artist Ra’noxon Yarashevadir.

Tadbirkorda til taktikasi

Har bir davrning katta yo kichik o’ziga yarasha muammolari, tashvishlari bo’lishidan ko’z yumib bo’lmaydi. Masalani ijobiy hal etadigan beozor, ta’sirchan mexanizm, til taktikasi bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi. O’zliDepning Toshkent shahri tumanlaridan saylangan deputatlari bilan Turin universitetida olib borilgan mashg’ulotda xuddi shu masalaga e’tibor qaratildi. Turin universitetida suv vodorod bilan yuradigan mashinalar borasida, erishilgan yutuqlar haqidagi…

Qur’onni eshita olish — ma’rifat

Xushxabarlar va shodlik inson ruhiyatiga tetiklik baxsh etadi. Alloh kalomi – Qur’oni karimni yod olish va chiroyli o‘qiy olish ommaviy tarzda musobaqaviy yo‘sinda respublikamiz bo‘ylab keng yo‘lga qo‘yilgani Prezidentimizning shaxsiy tashabbuslari bilan bog‘liqligi ayon.

Mardlar qo’riqlaydi vatanni

Targ‘ibotning mohiyati katta. Xizmat safari bilan viloyatlar bo‘ylab uyushtiriladigan ma’naviy va ma’rifiy uchrashuvlar hammamizga zavq bag‘ishlaydi. Notanish insonlar bilan tanishasiz, tanish bo‘lgan insonlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lasiz va yanada yaxshi tanishasiz. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganiga 26 yil to‘lishi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tashabbusi bilan har yili uyushtiriladigan xizmat safarlarida bo‘lish chinakam ma’noda sharafdir.

Tafakkur strategiya bo’lsa, til taktikadir

Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, hatto, xalqaro maydondagi munosabatlarning ham kaliti til taktikasi bilan bog‘liq ekani oynadek ravshan. Nega biz chuqur bilimga, teran tafakkurga egamiz-u, lekin fikrimizni sodda, ravon va ta’sirchan ifoda etishdan yiroqmiz?  Bo‘yi barobar kitoblar yozgan ayrim olimlar ham minbarga chiqib, mikrofonni ushlab jamoaga yuzlangani hamonoq, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Buning boisi nima? Bir so‘z bilan aytib bo‘lmaydi buni.

Murojaatnomaga munosabat

Odatda, vatan va xalq oldida katta va mas’uliyatli, zalvorli va buyuk ishlar turganida davlat rahbari murojaatnoma e’lon qiladi. Bu tarixda bor bo‘lgan haqiqat. O‘zbekistonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallashiga erishish asosiy maqsadimiz bo‘lganidan keyin boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. 

Libos-nomus, libos-or

Libos — nomus, libos – or, yo’qsa barisi bekor. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talaba-yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini yanada oshirish, milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmatini yuksaltirish, insonlar o’rtasida muomala madaniyati va ayniqsa, institutning o’rnatilgan tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati borasidagi bilim, ko’nikmalarini oshirish va uni targ’ib qilish maqsadida xuddi shu nom ostida ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir bo’lib o’tdi.