9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar

SHAVKAT MIRZIYOYEV BEKOBODDA YIG‘ILISH O‘TKAZMOQDA

Foto: Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.  Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi.  Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030 yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli o‘sishni ta’minlash zarurligi qayd etildi.  Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha natijalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.  Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yo‘laklaridagi logistika muammolari sharoitida...

Continue reading

«TEBINBULOQ» KONI O‘ZBEKISTONDA PO‘LAT ISHLAB CHIQARISHNI 1 MLN TONNAGA OSHIRADI

Foto: Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 1,5 milliard tonna temir rudasi zaxirasi mavjud. «Surun-ota» konidan yiliga 650 ming tonna temir xomashyosi olish bo‘yicha xitoylik hamkorlar bilan kelishuvga erishilgan. Yig‘ilishda ushbu kondan olinadigan temir konsentrati 2027-yildan boshlab metallurgiya kombinatiga yetkazib berilishi shartligi belgilandi. Yig‘ilishda «Tebinbuloq» konini uch-to‘rt yil ichida ishga tushirish rejasi ham ko‘rib chiqildi. Bu orqali mamlakatda yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoniyati yaratilishi ta’kidlandi. Shuningdek, Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosi xarid qilish bo‘yicha memorandum imzolangani ma’lum qilindi. Mas’ullarga tez fursatda tegishli shartnomani rasmiylashtirish va kelgusi yildan...

Continue reading

O‘ZBEKISTON METALLURGIYA SOHASINING «AQL MARKAZI» BELGILANDI

Prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda metallurgiya sanoatini ilmiy asosda rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi metallurgiya sanoatining «aql markazi» sifatida belgilandi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishga Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Ilmiy-texnologik markazi, Texnologik metallar kombinatining «O‘zbekiston – Koreya» ilmiy-texnologik markazi, Toshkent davlat texnika universiteti, Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti, Olmaliq texnika instituti hamda «Moskva po‘lat va qotishmalar instituti»ning Olmaliq filiali biriktirildi. Endilikda ushbu ilmiy muassasalar yangi turdagi materiallarga bo‘lgan talabni o‘rganib, qaysi hududda qanday loyihalarni amalga oshirish, qaysi texnologiyalarni joriy etish va qaysi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash zarurligini tahlil qiladi. Shu asosda har bir hudud...

Continue reading

«O’ZBEKISTON EKOLOGIK TEXNOLOGIYALAR SANOAT PARKI» TASHKIL ETILADI

Prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qora metallurgiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi yirik loyihalar taqdim etildi. Ma’lum qilinishicha, Bekobod metallurgiya kombinati hududidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega «O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki» tashkil etiladi. Shuningdek, mazkur hududda qora metallurgiya sohasi bo‘yicha R&D (ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar) markazi tashkil qilinib, yangi turdagi mahsulotlarni yaratish va ularni sanoatga joriy etish yo‘lga qo‘yiladi. Sanoat parkida xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlar beradigan zamonaviy laboratoriya ham ish boshlaydi. Joriy yilning o‘zidayoq xususiy investorlar ishtirokida katta diametrli quvurlar, ko‘tarma kranlar, filtrlash uskunalari va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi yirik...

Continue reading

ISROIL AQSHNI TRAMPGA QARSHI YANGI SUIQASD REJASI HAQIDA OGOHLANTIRDI

Isroil AQSh hukumatiga Eron tomonidan prezident Donald Trampga qarshi yangi suiqasd rejasi tayyorlanayotgani haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etdi. Bu haqda The Wall Street Journal va CNN o‘z manbalariga tayanib xabar qildi. Manbalarga ko‘ra, Isroilning ogohlantirishi joriy haftada Vashingtonga yetkazilgan. AQSh razvedkasi so‘nggi haftalarda ham Trampga qarshi ehtimoliy tahdidlar haqida ma’lumotlar olib kelgan, ammo Isroil tomonidan berilgan ma’lumot aniq bir ehtimoliy suiqasd rejasiga oid yangi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Hozircha mazkur rejaning tafsilotlari ochiqlanmagan. AQSh rasmiylari ham bu ma’lumotni hali mustaqil ravishda tasdiqlamagan. Shu bilan birga, ayrim amerikalik amaldorlar Isroilning bu ogohlantirishi Vashingtonni Eronga qarshi harbiy harakatlarni kuchaytirishga undash maqsadida berilgan bo‘lishi mumkinligini istisno...

Continue reading

SHAVKAT MIRZIYOYEV KAVKAZ MUSULMONLARI IDORASI RAISINI«EL-YURT» ORDENI BILAN TAQDIRLADI

Foto: Prezident matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Uchrashuv avvalida davlat rahbari shayxulislom tomonidan sovg‘a qilingan, O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining hamkorligiga bag‘ishlangan «Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi» kitobi uchun minnatdorlik bildirdi. Muloqot davomida millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasi va ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi. Xususan, muqaddas islom dinining insonparvarlik g‘oyalarini yoshlarga sodda va qiziqarli shaklda yetkazish uchun raqamli platformalar hamda interaktiv...

Continue reading

YANGI TIZIM ORQALI TALABALARNING XORIJDA O‘QISH XARAJATLARI KESKIN QISQARTIRILADI

Foto: Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etish, nufuzli xorijiy universitetlar bilan akademik hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda so‘nggi sakkiz yilda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, oliy ta’lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 44 foizga, talabalar soni esa 270 ming nafardan 1,7 million nafarga yetdi. Joriy yilning o‘zida 643 ta texnikumning 100 tasida Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Xitoy va Koreya kabi davlatlarning ilg‘or kasbiy ta’lim dasturlari joriy etilmoqda. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”...

Continue reading

MA’DANIYAT VAZIRLIGI RAHBARIYATIDA QATOR TAYINLOVLAR AMALGA OSHIRILDI

Prezidentning tegishli qarorlari bilan Madaniyat vazirligi rahbariyatida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra: Nodirbek Sayfullayev – madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari; Jahongir Axmedov – madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari hamda Kinematografiya agentligi direktori; Odiljon Abduqahorov – madaniyat vazirining o‘rinbosari; Sanjar Bobojonov – madaniyat vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Baxodir Axmedov, Avazxon Tojixanov, Murodjon Majidov va Yusufjon Usmonov Madaniyat vazirligidagi rahbarlik lavozimlaridan ozod etildi. (Xabar.uz) ...

Continue reading

PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV MINSKKA YETIB BORDI

Foto: Prezident matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Minsk shahriga keldi. Belarus poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Belarus Respublikasi Bosh vaziri Aleksandr Turchin, tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Tashrif dasturiga muvofiq, 9-iyul kuni oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. (Xabar.uz) ...

Continue reading

SHAVKAT MIRZIYOYEV MINSKDA LUKASHENKO BILAN XORAZMIY UCHRASHUV O‘TKAZDI

Foto: Prezident matbuot xizmati Minskka rasmiy tashrif doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar.  Belarus yetakchisi davlatimiz rahbarini samimiy qutlab, tashrif uchun minnatdorlik bildirdi. Prezidentlar bo‘lajak muzokaralar kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar.  Tashrif arafasida bo‘lib o‘tgan tadbirlar, shu jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi Hududlararo forum yakunlari yuqori baholandi. (Xabar.uz) ...

Continue reading