PREZIDENT YUNUSOBODDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI VA ZAMONAVIY INFRATUZILMANI KO’ZDAN KECHIRDI
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanida joylashgan «Yunusobod galereyasi» savdo, xizmat ko‘rsatish va biznes markaziga tashrif buyurdi. Ikki yarim gektar maydonni egallagan ushbu yirik majmuada 53 ming kvadrat metrdan ziyod savdo va tijorat maydonlari tashkil etilgan. 14 million dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga qator xorijiy brendlar o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Umuman olganda, majmuada 100 dan ortiq savdo nuqtalari ochilib, 500 ga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan. Markazga yiliga 2,5 million nafargacha tashrif buyuruvchi kelishi kutilmoqda. Loyiha qiymati 43 million dollar bo‘lgan ushbu majmuaning arxitektura-dizayn yechimi joriy yil MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro me’morchilik tanlovida birinchi o‘rinni egallagan. Prezident shu yerda ochilgan kitob do‘konida nashriyotlar vakillari hamda kitobxon...
Continue reading