9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 13)

TELEFON ORQALI MULOQOT

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]“Yaqindagi jon qo’shning turganda uzoqdagi qarindoshdan ne foyda”. Atoqli shoir Maxtumquli yondosh insonning qon-qarindoshdan ham, muhimligi borasida so‘z ochgani haq. Chunki issiq sovug‘ingizdan ham birinchi bo‘lib xabar topadigan yon qo‘shni jon qo‘shni bo‘ladi. Shunday ekan, ular bilan bordi-keldi munosabatlari xolislik va odillik zamiriga qurilsa, har tomonlama o‘zaro manfaatli siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar istiqbolga keng yo’llar ochadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar. O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlarining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yaqindan...

Continue reading

SAXOVATPESHALAR SARDOBA SARI SAFARBARLIKDA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘zaro yordam, muruvvat, yiqilganni suyash, beminnat va beg‘araz ko‘mak berish singari qadrulabad fazilatlar xalqimizning jon tomiri va qon tomiriga singishib ketgan. Hayotning og‘ir sinovlarida zilzila, suv toshqinlari singari tabiiy ofatlarni, ikkinchi jahon urushi iztiroblarini boshdan kechirgan mardonavor turib bergan fidoyi, bag‘rikeng va mehridaryo xalqning farzandlarimiz biz. Bir oyog‘imiz lat esa, ikkinchisi ham, bir ko‘zimiz yosharsa ikkinchi ko‘zimiz ham yoshlanadigan jon-u tani bir bo‘lgan xalqmiz biz. [/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="5513" img_size="full"][vc_empty_space][vc_column_text]Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv toshishi natijasida Sardoba tumani aholisi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingani haqidagi xabar qondosh-qarindoshlik tuyg‘usini his etgan har bir vatandoshimizni chuqur qayg‘u va tashvishga...

Continue reading

ZARAR ETILSA BARTARAF — YURT UCHUN OLIY SHARAF

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Balolarga qarshi birdamlik bardamlik belgisi. Ahillik, mehr-oqibat, totuvlik tushunchalarining qiymati el boshiga ish tutganda yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi. Ongli yondashuv va maslahat bitkarar kori dunyoni deyishadi. Yetkazilgan zararni qoplashda xalqning yuksak irodasi va ma’naviyati, olijanob fazilatlari zarur ekani tobora oydinlashmoqda. Mahalla nomlarida ham ana shu ezgu niyatni his etmaslik mumkin emas, ahillik va shodlik kabi Prezident Shavkat Mirziyoyev Oqoltin tumanida ham bo‘ldi. Mutasaddi xodimlar favqulodda hodisa yetkazgan zarar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida axborot berdi. Suv toshqini tumanning Shodlik va Ahillik mahallalari hududini ham bosgan edi. Ularda yashayotgan 11 mingdan ziyod aholi Guliston shahri hamda Jizzax viloyatining Mirzacho‘l...

Continue reading

SUVLAR TOSHQIN — HAYOT JO‘SHQIN

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Sinovlarga sabr qilish, mashaqqatga bardoshli bo‘lish, qiyinchiliklarni yenga olish xalqimiz uchun sinashta holat. U buning uddasidan ham chiqa oladigan metin irodaga ega. Davlat rahbari ko‘rsatmalari va g‘oyalari atrofida jipslashgan holda qanchadan - qancha bunyodkorliklarga qobilligi sir emas. Suv toshqini jilovlandi, undan aziyat chekkanlarga ma’naviy – moddiy yordam, beg‘araz ko‘maklar berila boshlandi. Davlatimiz rahbari kecha suv toshqiniga duch kelgan qishloqlarda bo‘lib, hududni tozalash, infratuzilma ob’ektlarini tiklash, aholi uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Suv xo‘jaligi vazirliklari, huquq-tartibot idoralari, qurilish-ta’mirlash tashkilotlari va mahalliy hokimliklarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari natijasida bu yo‘nalishda jadal ishlar olib borilmoqda. Toshqin tufayli hosil bo‘lgan...

Continue reading

DILLARDAGI DALDA VA DADILLIK

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Dualistik ta’limotda har bir narsa-hodisaning ikki tomoni borligi e’tirof etiladi. Ezgulik va yovuzlik, urush va tinchlik, to’qlik va ochlik, mehr va qahr va hokazo. Qizig’i shundaki biron narsa yo’qotilgandan keyin uning qadriga yetiladi. Demak, xalqimizning “oyning o‘n beshi qorong‘u bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘ bo’ladi” degan purhikmat maqoli ham bejiz emas. Muhimi, umidsizlanmaslik, qalbda ishonch tuyg’usining ustunligidur. Oddiy hayot haqiqati bor. Bu dunyoda xursandchilik va tashvish, yutuq va qiyinchiliklar hamisha yonma-yon yuradi. Yurtimizning qadim tarixida bunday voqealar ko‘p bo‘lgan. Lekin ko‘pni ko‘rgan, azmu shijoatli xalqimiz bunday vaziyatlarni hamisha aql-idrok, sabr-toqat va jasorat bilan yengib o‘tgan. Kuni kecha Sirdaryo viloyatida yuz bergan...

Continue reading

ZARARLAR ZAFARLAR BILAN QOPLANAJAK

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Vaziyatni o‘z ko’zlari bilan ko‘rib ishonch hosil qilish asnosida tegishli tadbir va keskin choralar ko‘rish davlatimiz rahbariga xos. Chunki ishonch sa’yi harakatga, g‘ayrat va shijoatga undaydi. Ushbu sinovlar qaysidir ma’noda xalqimizning Prezidentga va ayni paytda Yurtboshimizning o‘z xalqiga mehri va ishonchini namoyon etish uchun mezon ham bo‘ldi desak, mubolag‘a emas. Kimning kimligi boshga og‘ir tashvish tushganda bilinadi. Jonini jabborga berib, kechani kecha, kunduzni kunduz demay, el-yurt g‘amida kuyib yonish matonatli insonlarga xos. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omborida yuz bergan favqulodda vaziyat sababli Sirdaryo viloyatida bo‘ldi. Davlatimiz rahbari suv toshqiniga birinchi bo‘lib duch kelgan Sardoba tumanidagi Navoiy mahallasini...

Continue reading

CHUQUR TAHLILDAN CHORA-TADBIRGA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mahalliy aholining ruhiyatini tushirmaslik uchun vaziyat atroflicha o‘rganilib, manfaatli chora-tadbirlarni amalga oshirish eng to‘g‘ri va maqbul yo‘ldir. Tahlillar harakatning ibtidosi, faoliyatning va muammolarning kalitidir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida yuz bergan favqulodda hodisa sababli ushbu hududda bo‘lib turibdi. Davlatimiz rahbari raisligida Guliston shahrida mutasaddi rahbarlar, huquq-tartibot idoralari mas’ullari, jamoatchilik vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Sardoba suv ombori to‘g‘onining kutilmaganda ochilishi va uning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi, tegishli xulosalar chiqarildi. Aholi salomatligini saqlash, talafot ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy ob’ektlar va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tezroq tiklash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilandi. Bugun butun mamlakatimiz e’tibori Sardoba...

Continue reading

HAMDARDLIK KO’NGIL SO’RASHDAN BOSHLANADI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Tabiat ofatlari oldindan rejalashtirilmaydi. Unda tasodifiylik ustun. Garchi shunday bo‘lsada, ehtiyotkorlik, vaziyatni chuqur o‘rganish kabi ehtimollik nazariyasi ham bor. Har biringizning sog‘ligingiz men uchun zarur deya chora­ - tadbirlar ko‘rayotgan davlatimiz rahbarining joni omon bo‘lsin. Ular Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko‘ngil so‘radi. Hech kim e’tibordan chetda qolmasligi, hammaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini ta’kidladi. Hukumat komissiyasiga berilgan ko‘rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta’mirlash, turmush maromini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uzluksiz ish davom etmoqda. Shunisi ayonki, xalqparvar inson haqparvardir. Haq roziligini xalq roziligidan deb bilishdir.   Manba: https://president.uz/uz/lists/view/3536 asosida tayyorlandi [/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="5558" img_size="full"][/vc_column][/vc_row]...

Continue reading

VAZIYATGA JAVOBAN TEZKOR HARAKAT

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Yurtimiz boshiga ish tushsa hamma tashvishga tushishi aniq. Lekin davlat rahbarining tashvishi barchanikidan ziyoda bo‘ladi. Koronavirus pandemiyasidan to‘la qutulmasimizdan Buxorodagi bo‘ron talofatlari va Sirdaryodagi suv toshqini yana barchamizning halovatimizni buzdi. Navbatdagi sinovlarga duchor bo’ldik. 1 - may kuni erta tongdanoq davlatimiz rahbari Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqqani bois xalq holidan xabar olish uchun Sirdaryoga yetib keldi. Hozirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan tezkor chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi qishloqlar aholisi evakuatsiya qilinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev zudlik bilan Sirdaryo viloyati Sardoba tumaniga yetib keldi. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yo‘qligini e'tirof etishimiz...

Continue reading

ILM — MA’RIFAT VA TA’LIM TALABIDA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Dehqon bahor-u yoz bo‘yi chekkan mehnat-u zahmatining natijasi bo‘lgan hosili bilan kuzakda qiziqishi va uni sarhisob qilishi tabiiy holat. Ta’lim tizimida o‘quv yilining sarhisobi, natija va samarasi ham muhim. Ta’limga, uning sifati va samarasiga e’tibori doimo yuksak bo‘lgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Pandemiya sababli tizimga masofaviy texnologiyalar joriy qilinib, 10 mingdan ziyod ta’lim muassasasidagi 7 million o‘quvchi va 500 ming talabaga onlayn dars berish yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi mexanizm karantin sharoitida fanlar o‘z vaqtida o‘zlashtirilishini ta’minlab bermoqda. Endi joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash...

Continue reading