URBANIZATSIYA VA UY-JOY BOZORINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MILLIY QO’MITASI TASHKIL ETILADI
Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi qarori bilan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi faoliyati tashkil etilmoqda. Hujjatga ko‘ra, urbanizatsiya va uy-joy sohasida davlat boshqaruvi samaradorligi oshiriladi hamda mazkur sohada davlat organlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani tashkil etgan holda hamkorlik yanada rivojlantiriladi. Shuningdek, urbanizatsiya va uy-joy sohasida yetakchi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Qarorga muvofiq, endilikda quyidagi masalalarni o‘z ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Milliy qo‘mita bilan majburiy kelishilishi shart: uy-joylar qurilishida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari; Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar markazlari va boshqa aglomeratsiyalarda uy-joy hamda noturar joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish; «Yangi O‘zbekiston» massivlarida va boshqa massivlarda ko‘p kvartirali uylar qurilishi bo‘yicha...
Continue reading