AFORIZMLARIM
Olam va odam muammosi zaminu makon tanlamaydi. U haqda bahslar tugamagan, tugamaydi ham. Har kimning oʼz qalb qarichi, dunyoqarashi, baholash mezoni bor. Yashash qarash va kurashlar birligidan iborat ekan, insoniyatning tafakkur tarzi ham oʼziga xos boʼlishi – tabiiy.Аlloma Аbdurahmon Jomiyning:“Hayot saboqlarin etolmasa yod,Unga oʼrgatolmas hech qanday ustod”, – degan hikmatida teran hayotiy haqiqat mujassam.Darhaqiqat, koʼrgan-kuzatgan, eshitgan-bilganlaringizdan hikmat izlaysiz. Nimanidir uqasiz, anglaysiz. “Niyat – amalga yarasha”, - degan gap bor, niyat xayrli boʼlsa, oqibat ham xayrli boʼladi.“Gʼurbat izlaganga–gʼurbat bu dunyo,Illat izlaganga–illat bu dunyo,Kim neni izlasa, topar begumon,Hikmat izlaganga–hikmat bu dunyo” – deb yozadi marhum Sadriddin Salim Buxoriy. Shoir–haq.Аgar oʼz misolimda aytadigan...
Continue reading