9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Author: kabus

notiq.uz > Articles posted by kabus

BAHODIR O’ZI – BEBAHODIR SO’ZI

Mikrofon va videokamera bilan tillashish va dillashishning ham o‘ziga yarasha sir-asrori, tilsimi bo‘ladi. Aniqrog‘i, mikrofonni «aka», videokamerani «uka» singari o‘ziga yaqin tutish u orqali so‘z ayta olish zavq -shavqi bor bo‘lgan insonlar bu ilmni, bu tilsimni teranroq his etishadi. Ular shunchaki texnik vosita emas, xalqning ko‘zi bilan qulog‘ini boshqacha aytganda, tinglovchining o‘ziga qarata oladigan iste’dod sohiblaridir. Videokameraga hamma ham qarashi, mikrofonga hamma ham so‘zlashi mumkin, lekin gap unga qarab jo‘yali so‘zlay olish, fikr etkazishdadir. Bunday iste’dodlar qatoriga Bahodir Mag‘dievni qo‘shish mumkin. “Oriyat dono” (FM 106.5) radiosining “Xalfana”, “G‘alvir” kabi eshittirishlarning mohir boshlovchisi, zukko muallifi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Sahna nutqi”...

Continue reading

YETUK SIYOSATSHUNOS OLIM – NARZULLA JO‘RAYEV

NITSЕ Nitshe g‘oyalari serqirra, o‘ta isyonkor, o‘ta haroratli, o‘ta jozibador. U har qanday inson qalbini junbishga keltiradi. Shu bilan birga favqulodda katta va qudratli ta’sir kuchiga ega. Uning o‘zining so‘zi bilan aytganda “dinamit” g‘oyalar. Darhaqiqat, Nitshe g‘oyalari taxayyuldagi dinamit, tasavvurdagi dinamit, tafakkurdagi dinamit. N.Jo‘rayev...

Continue reading

JURNALISTIKAGA QUDRATXO‘JAYEVDЕK YO‘LBARSLAR YETISHMAYAPTI…

Men Xalqaro press-klub raisi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosatshunoslik fanlari nomzodi, yaqinda 45 bahorni qarshilagan Sherzodxon Qudratxo‘jayevni qariyb 20 yildan buyon qaysidir ma’noda bilaman. Kasb bayrami munosabati bilan «Mehnat shuhrati» ordenini olganini eshitib, chin childan xursand bo‘ldim, sal avvalroq «Oltin qalam» mukofotiga loyiq ko‘rilgani ham munosib bir ish bo‘lgan edi....

Continue reading

OMONULLA MUALLIMNI XOTIRLAB

Odatda, ta’lim va tarbiya haqida so‘z ketsa, bevosita uning sifati va samarasi haqida bahs boshlanadi. Bu tabiiy hol. Chunki ta’limning mohiyati barkamol avlodni, ertangi kunning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlarni vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz manfaati yo‘lida kengqamrovli bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lishini ta’minlashdir. Tarbiyalangan inson tarbiyalaydi, ta’lim olgangina ta’lim bera oladi. Bu ham ayni haqiqat. O‘quvchi, talabalar bilimga qiziqmaydi,...

Continue reading

Notiqlar taqdirlandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va jadal bunyodkorlik ishlari, ma’naviy va ma’rifiy sohadagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga aniq, ravon va ta’sirchan usullarda yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu tarixiy jarayonlarni ta’lim va tarbiya, kasbiy mahorat uyg‘unligini ta’minlab, aholi qatlamlariga va xalqaro hamjamiyatga faol targ‘ib etib kelayotgan, xalq bilan muloqot jarayonlarida notiqlik san’ati usullaridan mahorat bilan foydalanayotgan jonkuyar, fidoyi va iste’dodli ijodkorlar doimiy ravishda rag‘batlantirib borilmoqda.  Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va “Notiqlik san’ati akademiyasi” ta’lim markazi bilan hamkorlikda turli vazirlik va idoralar, madaniyat va ma’naviyat tizimlarida, jurnalistika sohasida samarali mehnat qilayotgan va nutqiy faoliyati bilan ibrat-namuna bo‘layotgan bir...

Continue reading

Notiqlar taqdirlandi (foto)

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi va «Notiqlik san’ati akademiyasi» ta’lim markazi hamkorligida turli vazirlik va idoralar, madaniyat va ma’naviyat tizimlarida, jurnalistika sohasida samarali mehnat qilayotgan va nutqiy faoliyati bilan ibrat-namuna bo‘layotgan bir guruh kasb egalarini turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. «Ijtimoiy-ma’rifiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda og‘zaki va yozma nutqni yaxshi o‘zlashtirishni rag‘batlantirish, bunday ma’rifiy maqsadga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash ushbu marosimning muhim shartidir», — deydi ta’lim markazi rahbari, professor Rahimboy Jumaniyozov. «Notiqlik san’ati akademiyasi» ta’lim markazi mutaxassislari tomonidan bir yil davomida olib borgan turli tadqiqotlar va o‘rganishlar tahlillari orqali ona tilimizning betakror nafosati va boy imkoniyatlarini kreativ muloqot usullaridan unumli foydalangan...

Continue reading

NOTIQLIK SAN’ATI AKADEMIYASI bilimdon munosib notiqlarni taqdirladi

So'z sehrini qalb mehri bilan anglagan, o'zining nutqiy faoliyati bilan yurt ishiga, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo'shib kelayotgan notiqlar munosib taqdirlandi. Oddiy to’y davralarini, yubiley tantanalarini o’tkazadigan o’rtakashdan tortib yuksak minbarlardan yangraydigan nutqlargacha barchasi jonli va ta’sirchan bo’lishi bilan tinglovchini befarq qoldirmaydi. Bu notiqlik san’atining o’rni bilan chambarchas bog’liq. Urush va tinchlik sharoitida ham Nutqning ta’sirchan qudrati bilan murakkab masalalar hal etilganiga tarix shohid. So’z va nutqning qudrati notiqning nutqida alohida ahamiyat kasb etadi . Shuning uchun ham notiqlikni dudama - ikki tomonlama tig’li, ya’ni ikki damli hanjarga qiyos qilishadi. Uning bir yonida adolat tursa, ikkinchi yonida adovat. Uni qilich va nayza...

Continue reading

FAOL VA FIDOYI RAHBAR

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektoriga baho bering. Yaxshi mutaxassis va yaxshi rahbar bo‘lish odatda, bir insonning tabiati va tiynatida mujassam bo‘lishi mushkul hodisa, lekin agar shunday bo‘lsa, bu avvalombor yurt iqboli, qolaversa, o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoaning baxti va sharafidir. Ilm va amali, so‘zi va ishi, qalb-u qiyofati uyg‘un bo‘lgani holda, ta'lim rivoji uchun, talaba va pedagoglarning saviyasi va intellektual darajasi uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib, astoydil ishlaydigan, ish ko‘zini biladigan rahbar hammamizning, mamlakatimiz va ilmiy jamoatchilikning toleidir. Ana shu nisbat va fidoyilik fazilatlari haqida gap ketadigan bo‘lsa, TIQXMMI rektori, professor Umurzakov O'ktam Pardayevich ta'lim ahlining...

Continue reading

SO‘Z SAN’ATKORI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Shukurki, xalqimiz ist'dodlarga, ijodkorlarga nihoyatda boy. Shunday so‘z san‘atkorlaridan biri - Said Ahmad hisoblanadi. Adibning o‘zbek ma'naviyati, xususan, milliy tilimiz xazinasini boyitishdagi xizmatlariga qiyos yo‘q. Uning yozuvchilik mahorati haqida ko‘p va xo‘p gapirilgan, ta‘rif va tavsif qilingan, ammo tildan foiydalanish mahorati haqida kam aytiladi. Shu sababli adibning tilga, undagi so‘zlarga munosabati to‘g‘risida fikrlashsak. Agar Said Ahmad xalq tilidan shu qadar ustalik bilan foydalanmaganda, bugun "Kelinlar qo‘zg'aloni" spektakli, yoki filmi bu qadar sevimli bo‘lmasdi, undagi jumlalar xalqning tiliga ko‘chib qolmasdi. Bu o‘rinda Said Ahmad o‘zlashma so‘zlardan ham juda o‘rinli va maromida foydalanganiga guvoh bo‘lish mumkin. Farmonbibi, Ikrom ota kabi adabiy...

Continue reading