9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

FAOL VA FIDOYI RAHBAR

notiq.uz > Yangiliklar  > FAOL VA FIDOYI RAHBAR

FAOL VA FIDOYI RAHBAR

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti rektoriga baho bering.
Yaxshi mutaxassis va yaxshi rahbar bo‘lish odatda, bir insonning tabiati va tiynatida mujassam bo‘lishi mushkul hodisa, lekin agar shunday bo‘lsa, bu avvalombor yurt iqboli, qolaversa, o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoaning baxti va sharafidir. Ilm va amali, so‘zi va ishi, qalb-u qiyofati uyg‘un bo‘lgani holda, ta’lim rivoji uchun, talaba va pedagoglarning saviyasi va intellektual darajasi uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib, astoydil ishlaydigan, ish ko‘zini biladigan rahbar hammamizning, mamlakatimiz va ilmiy jamoatchilikning toleidir. Ana shu nisbat va fidoyilik fazilatlari haqida gap ketadigan bo‘lsa, TIQXMMI rektori, professor Umurzakov O’ktam Pardayevich ta’lim ahlining ko‘z oldida birinchi bo‘lib gavdalanishiga hech qanday shubha yo‘q. Zeroki, o‘zlari rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasining dunyo universitetlari reytingida yuqori ko‘rsatkich va natijalarga erishgani birinchidan, ilmiy-pedagogik jamoaning yagona maqsad yo‘lida jipslashtira olgani, ikkinchidan, kelajak bunyodkori bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlagani, uchinchidan, ilm-fan, ta’lim, amaliyot, tajriba va ishlab chiqarishni uzviy bog‘liq holda olib borishi, to‘rtinchidan, eng muhimi, yuksak qobiliyat va yetuk rahbarlik pozitsiyasiga ega bo‘lishi bilandir. Ta’limning sifati va samarasini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarning faol va yetakchisi bo‘lgan Umurzakov O’ktam Pardayevichga yuqori baho berish o‘rinlidir. Bu sizning xolislik va odilligingizning nishonasidir.

❗️Eslatma: Ushbu so’rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz. Nufuziga qarab emas, mehnatiga qarab baho bering. Natijalari rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.