9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Arxiv

notiq.uz > Arxiv

Yangi jurnal: «Bolalar adabiyoti»

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Kitobxonlik, kitobsevarlik tushunchalari yaqin bo‘lgan qalbda, ilmu ziyoga, ma’rifatga, kitobga, ta’limga tashnalik va oshnalikni his etish qiyin emas. Ommaviy axborot vositalari, internet va kino qanchalik ommaviylashmasin, lekin kitobning rolini inkor etish mushkul, uning o‘rnini bosolmaydi ham. Deni Didroning “Kimki kitob o‘qishdan to‘xtasa, bilingki, u fikrlashdan ham to‘xtabdi” - degan mulohazalari bejiz emas. Qadim zamonlardan beri o‘z isbotini topib kelayotgan haqiqat shuki, kitob insonning aql ko‘zini ochib, uni nurli manzillar sari eltadi. Istiqbolning mayog‘i, to‘g‘ri yo‘lning chirog‘idir u. Maksim Gorkiyning “O‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman, bilim manbai kitobni seving” – degan chorlovlarida, hatto Fir’avn hukmdorlaridan Ramzes-2 kitoblar xazinasini,...

Continue reading

Eski arobaning yangi xizmati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday jamiyatda va tabiatda ham amal qiladigan falsafaning o‘z qonun va tushunchalari bor bo‘lgan. Bulardan biri inkorni inkor qonunidir. 1000 yildan ziyod muddat mobaynida o‘z vazifasini o‘tab kelgan hozirda ham qisman o‘rniga ega bo‘lgan she’riy o‘lchov aruz haqida gap ketsa, shu fikr xayolimdan kechadi. SHe’riy vaznlardan sanalgan aruz vazni imkoniyatlari  borasida turli qarama-qarshi fikrlar oldin ham mavjud bo‘lgan. Emishki, aruz eski vazn, u o‘z vazifasini ado etib bo‘lgan, shoirlar unda o‘z g‘oyaviy niyatlarini aks ettirishi qiyin, ifoda imkoniyatlari cheklangan she’riy o‘lchov u va hokazo. Bunday fikr bilan yurganlar so‘ziga quloq tutsangiz, tabiyki, CHustiy, Habibiylar ham, bugungi kunda ayrim...

Continue reading

El erki e’tiqodda

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ulug‘ yurtning qutlug‘ niyatli xalqi yurt tinchligi va osoyishtaligini muqaddas biladi, shukronalik va qanoat hissi bilan yashaydi. Jannatmakon yurtimizning kundan-kunga, yildan-yilga ravnaq topa borishining mohiyati ham aslida shunda. Alloh nazar qilgan ulug‘ allomalari, ilmi nujum va fiqh ilmining yirik mutafakkirlarining kindik  qoni to‘kilgan ona diyorimiz bilan har qanchalik faxrlansak arziydi. O‘zbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan qorilar ko‘rik – tanlovi milliy va diniy qadriyatlarimiz e’zozlanishining yorqin namunasidir. Ona yurtimizda Islom olamining ko‘zgusi, madaniyat va axloqiy fazilatlar timsoli bo‘lgan Qur’oni karimni yodlash, o‘qish, tinglash va anglash maqsadi ham ma’rifiy, ruhiy ehtiyojdir. Ertaga  20 aprel kuni soat...

Continue reading

El va til mudofaasi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ona vatan va ona til himoyasi yo‘lida kurashish bu qo‘lga qurol olib chiqish degani emas. Oila, mahalla, jamoat joyida, ishxona yoki o‘quv muassassasida tilning sofligi, to‘g‘riligi uchun kurashish va adabiy til me’yoriga rioya etgan holda so‘zlashish chinakam himoya, chin ma’nodagi mudofaadir. CHunki tilning o‘zi qurol. Undan to‘g‘ri va oqilona foydalanishning o‘zi el-yurtga munosabat ramzi hamdir. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari davlat muzeyida ona vatanimizning himoyasi uchun kamarbasta zobit va kursantlar hamda 171 - sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir ham O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining  26 yilligiga bag‘ishlandi. Tadbir oldidan muzey direktori Mahmudaxon Ishxodjaeva...

Continue reading

Egizak polvonlar

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Qo‘shko‘pir tumanida “Oxdarband” degan qishloq borligini bolaligimdan eshitaman. O‘zim qo‘shni qishloqda Xosiyonda tug‘ilganman. Oxdarband (hozirgi “Ittifoq”jamoa xo‘jaligi)da yashovchi keksa avlod vakillari yaqin yillargacha fors tilida gaplashishgan. CHunki, ular asli eroniylar bo‘lib taqdir va tarix taqozosi bilan shu erga kelib qolishgan. YOshlar esa deyarlik fors tilini unutishgan. Feruz shoh va general gubernator hisoblanmish Kaufman bilan qullarni ozod etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan keyin eroniy, rus, uyg‘ur va turkman qullari o‘z yurtlariga qayta boshlashgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zFA SHarqshunoslik institutining qo‘lyozmalar xazinasida saqlanayotgan Xorazm tarixiga doir manbalardan birida o‘qigandim. Undagi ma’lumotga ko‘ra, eroniylarning aksariyati o‘z yurtiga qaytayotganda, yo‘llari turkman qishloqlari orqali...

Continue reading

Shoir haqida so‘z

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]2014 yil 6 mart soat 13.00. Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bog‘i. Bog‘ tinglovchi pedagoglar va institut jamoasi bilan gavjum. SHoir Muhammad Ismoilning yarim asrlik yubileyi munosabati bilan “Ko‘ngil mulkiga safar” nomli ma’rifiy-ma’naviy tadbirga hamma jamuljam bo‘lishgan. Dasturni kamina Rahimboy Jumaniyozov olib borarkan, so‘zga, she’rga, shoirga hurmat qadimiy qadriyatlardan ekanini yana bir bor his etdi. Tadbirni ochib berish uchun TVPKQTMOI rektori, pedagogika fanlari nomzodi Ro‘zimurod Qo‘ng‘irotovich CHorievga so‘z berildi. Rektor kirish so‘zida shoirning adabiy jarayondagi o‘rni haqida so‘zlab uning she’rlari taniqli san’atkorlar orqali ham xalqqa etib borganini ta’kidlab o‘tdi. O‘z nutqida “Bugungi tadbir kitobsevarlar bayrami...

Continue reading

Harbiy qismda teleko‘prik yoxud videomuloqot  

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har bir xalqning jahon miqyosidagi o‘rnini, rutbasini bilish uchun faqat buguniga emas, balki uning tarixiga nazar tashlash orqali ham anglash mumkin. Ilm-fan va madaniyat bobida ulug‘ allomalarni etkazib bergan va nazarkarda sarkardalari, sohibqironlari bilan dong qozongan yurt jahon minbaridan turib bong urishga qodir. Jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini, mavqei va shuhratini endilikda jahon tan olgan yurt bu bizning O‘zbekistonimiz, turon zaminimizdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 9 dekabrdagi “14 yanvar - Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-4576-sonli Farmoyishi  talablari bo‘yicha joylarda turli ma’rifiy tadbirlar davom ettirilmoqda. Ana shulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunakatsiyalarini rivojlantirish ...

Continue reading

Hakim va hakam

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Surxondaryoga ko‘p borgan bo‘lsamda, Termiz shahriga o‘tmagan ekanman. Il 114 samolyotdan tushiboq atrof go‘zalligiga boqib issiq havo haroratining balandligini ham unutarkansiz, kishi. Bunyodkorlik ishlarini, muhtasham imorat va inshootlarni ko‘rib ko‘zim quvondi, dilim yayradi. Insonlarning samimiyligi, qaynoq qalbligi, mehnatkashligi qalbimda ayricha mehr uyg‘otdi. Dastavval, do‘stim SHerali bilan  Hakim Termiziy ziyoratiga yo‘l oldik. Prezidentimiz tashabbusi bilan obod qilingan ziyoratgoh chinakam ma’noda turfa rang gullar bilan bezangan saylgohga aylantirilgan ekan. Fariduddin Attorning “Tazkirat ul avliyo” kitobidan o‘rin olgan ushbu valiy ko‘p ibratli ishlari bilan xalq mehrini qozongan ekan. Hakim Termiziyning ruhini shod etish uchun  ziyoratgohga kirib qur’on tilovati qilib dilimiz taskin topdi. So‘ngra...

Continue reading

AKADEMIK AHMADALI ASQAROV OLTIN MEDAL SOHIBI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]23-24 may kunlari Astana shahrida Xalqaro Turk Akademiyasining “Velikaya stepь” nomi ostida birinchi gumanitar forumi bo’lib o’tdi. Uning ishida dunyoning 20 davlatidan kelgan 200 ga yaqin olimlar, xorijiy diplomatiya vakillari, turkiy davlat va jamoat arboblari, shuningdek, Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH, Janubiy Koreya, Pokiston, Yaponiya, Mongoliyadan kelgan turkshunos mutaxassislar qatnashdilar. Ushbu xalqaro anjuman turkiy tilli davlatlarda hozirgi kunda turkologiyaning ahvoli, muammolari, istiqboldagi rejalar, hamkorlikda qilinadigan ilmiy tadqiqot yo’nalishlari, shuningdek, jahon tsivilizatsiyasi olamida turkiy dunyoning tutgan o’rni va roli masalalariga bag’ishlandi. Forum Prezidentning “Dvorets Mira i Soglasiya” markazida bo’lib o’tdi. Prezident davlat sekretari Gulshara Abdukalikova forum ishini ochib, Qozog’iston Respublikasi...

Continue reading

Xorijiy til ona tilga mehr bilan

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Xorijiy tillarni o‘rganish ona tilga mehr bilan. Abdulla Qahhor sobiq chet tillar instituti talabalari bilan ijodiy uchrashuvda “siz joylarda,  o‘quv muassasalarda chet tillardan dars berasiz, lekin shu narsani unutmangki, siz xorijiy tillarni o‘rgatish bilan birga ularning o‘z ona tiliga bo‘lgan mehrni ham ular qalbiga joylang” degan mazmundagi hikmatlari bejiz emas. Demak, har qanday tilga mehr, avvalo, ona tiliga bo‘lgan munosabatdan, muhabbatdan boshlanadi.  Nechunkim, Vatan ostonadan boshlanadi, degan naql bejiz emas. O‘z uyini asragan, o‘z uyi qadriga etgan boshqalarning boshpanasini ham his etadi, qadrlaydi. Bir haftalik 36 soatlik o‘quv dasturi yakuni munosabati bilan sertifikat topshirish marosimi o‘zgacha tusda tashkil etildi. Tadbir...

Continue reading