9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Arxiv

notiq.uz > Arxiv (Page 4)

Mumtoz merosga ixlos

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Sessiya boshlanishi bilan talabalarning aksariyati diliga g‘ulg‘ula tusha boshlaydi. O‘ziga va bilimiga ishonchi borlari uchun bu holat chekora. Talabalik davri o‘rganish, o‘zlashtirish davri. YOshi bir joyga borgandan keyin miya qabul qilmasligidan nolib yuradiganlar ham ko‘p. SHuning uchun ham har bir narsaning o‘z payti bo‘ladi. Navoiy hazratlari bejiz yozmaganlar, “yigitlikda yig‘ ilmning maxzanin, qarilik chog‘ida xarj qilg‘il ani” - deb. Talabalik fanga, sohaga, mutaxassislikka mas’uliyatli davr ekanligi ma’lum. Bu majburiyatni chuqur idrok etganlar uchun keyinchalik ham muammo bo‘lmaydi. Nazariyot va amaliyotni baravar olib borish orqali fanni o‘zlashtirishning xosiyati katta. Ana shu talab va jarayonni his qilgan talabalar joriy, oraliq va...

Continue reading

Navoiy navosi – boyligimiz, borlig‘imiz boisi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Navoiyni tinglovchilar ko‘p, lekin anglovchilar kam. Uning ijodiyotini tushunish uchun so‘z, ibora ma’nolarini yaxshi bilish kerak. Arabiy va forsiy tildan ham boxabarlik shoir merosini asl mazmun va mohiyatini tushunishga imkon beradi. Navoiyni o‘rganib, uning ijodidan bahramand bo‘lish faqat til adabiyot mutaxassislariga emas, balki tabiiy fanlar mutaxassislariga ham birdek zarur. Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Ma’naviyat sarchashmalari” nomli Alisher Navoiyning 577 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut talabalari hamda professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Navoiy adabiy merosining ahamiyati bugungi kundagi o‘rni hamda ahamiyati haqida mulohazalar bildirildi. Institut dotsenti Komila Raximova tomonidan tayyorlangan ssenariy asosida talabalar...

Continue reading

Navoiy dahosiga ta’zim

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Dori-darmon davolaydi, so‘z ham davolaydi. Ayrim dorilarning foydalanish muddati tugaydi. So‘z bilan bog‘liq shifo quvvati esa abadiydir. Muddati chegaralanmagan, to‘g‘ri anglab, to‘g‘ri qabul qilinsa u shifobaxsh. Dori-darmon tanani davolasa, so‘z ruhiyatning shifokoridir. SHuning uchun ham Ibn Sino shifo quroli sifatida uchta narsani ifoda etgan: til, dori va tig‘dir. Bularning birinchisi aynan ruhiyatni davolaydi, qolgan ikkitasi esa tanani. SHunday ekan, har qanday kasallik ruhiyatdan tanaga ko‘chadi. Ruhiyat injenerlari sifatida adiblar, allomalar bir so‘z bilan aytganda ijod ahli, san’at ahli tushuniladi. Toshkent davlat farmatsevtika institutida o‘tkazilgan, hazrat Navoiyning 575 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirda ham xuddi shu masalalarga e’tibor qaratildi. Unda filologiya fanlari...

Continue reading

Navoiy abadiyati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ulug‘ va qutlug‘ niyatli avlod azaldan o‘tmish ajdodlari bilan g‘ururlanadi, faxrlanadi. Navoiy va Bobur o‘z xalqi uchun buyuklik va suyuklik nisbatlariga egaligi, manzur va maqbulligi bilan ajralib turadi. Ularning ruhini shod etish, so‘zlarini yod etishdek xayrli ma’rifiy maqsad bilan barcha ta’lim muassasalarida va jamoat korxonalarida, harbiy qismlarda navoiyxonlik va boburxonlik kechalari tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Toshkent viloyati hokimligining tashabbusi bilan “Do‘rmon” madaniyat uyida tashkil etildi. Turli kasbdagi, turli yoshdagi kattayu kichik ziyolilar qatnashgan ushbu davra chinakam nazm va navo kechasiga aylanib ketdi. Unda Navoiy dahosi va zakosiga ehtiromning yorqin navosini ko‘rish mumkin. Tadbirni Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari Sayyora Mavlonovna...

Continue reading

Murabbiy ma’naviyati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Vatan tuyg‘usi va oila qayg‘usini his etmagan inson chin vatanparvar ham bo‘lolmaydi. Mardlar qo‘riqlaydi vatanni degan chaqiriq insonni chinakam jasoratga chorlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasining ofitserlari bilan ustoz va murabbiylar bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbirda ma’ruza qilarkanman, yoshligimda tomosha qilgan bir film yodimga keldi. Uning nomi “Ofitserlar” deb nomlanardi. Uch avlod ofitserlarining jasorati va matonati borasida edi film. Bobo, o‘g‘il va nevara. Unda film nihoyasida bobo ofitser nevarasiga qarata shunday deydi: Dunyoda shunday bir kasb borki, u vatanni himoya qilishdir!  Bu bilan faxrlangan, bu ishni o‘ziga sharaf deb bilgan insonning dil rozi edi bu. Harbiy akademiya rahbari polkovnik Ilyosov...

Continue reading

Multimedia xizmati

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Bugungi kunda, turli axborotlar quyundek yopirilib kelayotgan ayni damda o‘quvchi yoshlarning ongu shuuriga asl ma’lumot va sog‘lom fikrni etkazish uchun ta’lim-tarbiyaga mutasaddi muassasalarning hali amalga oshiradigan ishlari ko‘p. Ta’limu tarbiyaning, targ‘ibotu tashviqotning ta’sirchanligiga taalluqli talablar, tegishli tavsiyanomalar taraqqiyotimiz tarziyu tarhi, tinchligimizning tayanchi ekanligini bilish zarur. SHunday ekan, aksariyat o‘qituvchilarning bilimi kuchli, lekin uni etkazishda san’atkorlik mahoratiga unchalik ega emas. Ayrimlari esa fanni o‘qitishda AKTdan foydalanish malakasini to‘la egallamagan. O‘quvchilar internet orqali etarli ma’lumotlarni olib biladi, o‘qituvchi esa yo‘q. Dars mashg‘ulotlarini ta’sirchan etkazish uchun o‘z fanining bilimdoni bo‘lgan, aktyorlik mahoratiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni saralab, ularning o‘z fanlari yuzasidan, turli mavzular...

Continue reading

MILLAT KAMOLOTI – OLIY MAQSAD

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va instituti rektori R.K.Choriyev bilan “Moziydan sado” jurnali Bosh muharrir o‘rinbosari SHh.Bo‘tayev suhbati   – Hurmatli Ro‘zimurod Qo‘ng‘irotovich, 2016 - yilning “Sog‘lom ona va bola” deb nomlanishi ta’lim tizimi oldiga, xususan Siz rahbarlik qilayotgan institut oldiga ham mas’uliyatli vazifalar qo‘yadi. SHunday emasmi? R.CH: Albatta. Barkamol avlod asosan, uchta kuchga tayanadi. Bu aqlan, ruhan va jismonan sog‘lomlik. Ta’lim va tarbiyaga mas’ullik berilayotgan bilimning sifati va darajasi bilan bog‘liq ekan, biz pedagoglar oldida ham katta majburiyat yuki bor. Bugun yosh avlodga qanday bilim bersak, ertaga shuning natijasini ko‘ramiz. O‘zingiz o‘ylang, “nima eksang, shuni o‘rasan” degan maqol...

Continue reading

MENGA SO‘Z BERING

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]“Ma’rifat fidoyilari” rukni ostidagi navbatdagi tadbirimizga xush kelibsiz, aziz ustozlar, hurmatli mehmonlar,qadrdon kasbdoshlar! Yilga shunday nisbat, shior berilganligini bilasiz. “YAgonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” bu shior shunchaki aytilmaydi, g‘urur bilan, dilingizdagi iftixor tuyg‘usi bilan aytasiz. O‘z vatanini sevgan, qadrlagan inson bu shiorga befarq emas. Bir o‘zakdan yasalgan to‘rtta so‘z borki, biri biridan hosil bo‘ladi. O‘zaro esh bo‘lib ketadi. Bular SHoir, she’r, shuur, shior! CHinakam shoirning shuuri bois yaralgan she’r shiorga aylanib tildan tilga, dildan dilga ko‘chadi, san’atkorlar, hofizlarning ijodiy barnomasidan o‘rin oladi. U, albatta, yurtparvar, elparvar bo‘lsa. SHoirlar shuuri bois she’rni yaratadi, hofizlar taratadi, voizlar og‘ziga...

Continue reading

Ma’rifat saboqlari

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har dushanba kuni ertalab ko‘plab idora va muassasalarda ma’rifat darslari o‘tkaziladi. Bu ayni muddao. Hafta mobaynidagi yangiliklar bilan oshno bo‘lish, o‘zimizda va jahon mamlakatlarida ro‘y berayotgan hodisa hamda ma’lumotlardan xabardor bo‘lish ma’nosida bunday tadbirlarning ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasi IIV PPCH va JTSBBga bevosita bo‘ysunuvchi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida militsiya bataloni shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan ma’naviy -ma’rifiy tadbir ham e’tiborga molikdir. Bu erda o‘z kasbiga sadoqatli, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini qo‘riqlashdek ishga kamarbasta, etuk dunyoqarashli ichki xizmat xodimlari faoliyat yuritishadi. Tadbirni batalon komandirining o‘rinbosari mayor YOrlakabov Bahodir Egamberdievich olib bordi va ma’ruzachilar bilan tanishtirdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi...

Continue reading

Ma’naviyatni sovuq urmasin

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasida turli kasb va soha vakillari  dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglashadi. Taniqli san’atkor va adiblar bilan ijodiy muloqotlar ham uyushtirib turiladi. Kuni kecha O‘zbekiston qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov ishtirokida o‘tkazilgan galdagi ijodiy muloqot ham ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Matbuot va nashriyotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan noshirlar, muharrirlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. “Insonning kimligi uning ma’naviyati bilan belgilanadi, - deydi shoir - Bilimli odam ma’naviyatsiz bo‘lmaydi. Qur’oni karimda 50 ta joyda “ilm” so‘zi ishlatilgani bejiz emas. Illat va fazilatlarni ifoda etuvchi so‘zlarni yig‘ib chiqsam, salbiy tushunchalar ko‘p ekan. Vatanni himoya qilish pul evaziga, moddiy...

Continue reading