9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MILLAT KAMOLOTI – OLIY MAQSAD

notiq.uz > Arxiv  > MILLAT KAMOLOTI – OLIY MAQSAD

MILLAT KAMOLOTI – OLIY MAQSAD

Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va instituti rektori R.K.Choriyev bilan “Moziydan sado” jurnali Bosh muharrir o‘rinbosari SHh.Bo‘tayev suhbati

 

– Hurmatli Ro‘zimurod Qo‘ng‘irotovich, 2016 yilning “Sog‘lom ona va bola” deb nomlanishi ta’lim tizimi oldiga, xususan Siz rahbarlik qilayotgan institut oldiga ham mas’uliyatli vazifalar qo‘yadi. SHunday emasmi?

R.CH: Albatta. Barkamol avlod asosan, uchta kuchga tayanadi. Bu aqlan, ruhan va jismonan sog‘lomlik. Ta’lim va tarbiyaga mas’ullik berilayotgan bilimning sifati va darajasi bilan bog‘liq ekan, biz pedagoglar oldida ham katta majburiyat yuki bor. Bugun yosh avlodga qanday bilim bersak, ertaga shuning natijasini ko‘ramiz. O‘zingiz o‘ylang, “nima eksang, shuni o‘rasan” degan maqol bejiz aytilmaganda. Mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi bilan bog‘liq muammo bu ta’lim va tarbiya ekan, har bir pedagog bunga befarq qarashi mumkin emas. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan, global axborot tarmog‘i – internet orqali turlicha informatsiyalar oqimi avj olgan bir davrda o‘qituvchi intellektual salohiyati, bilim darajasi dolzarbdir. To‘g‘ri, hukumatimiz tomonidan yoshlarning to‘laqonli ilm olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buni inkor etish qiyin. Lekin bugungi tahlikali, globallashuv davrida hali bu etarli emas. Axborot xurujlariga qarshi kurasha olish, “jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishish va olishish” uchun yanada ko‘proq ter to‘kishimizga to‘g‘ri keladi. Institutimiz miqyosida oladigan bo‘lsak, 2016 yilda Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash, “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni bajarish, malaka oshirish ta’limi tizimi sifat va samaradorligini yanada oshirish, o‘z faoliyatini samarali tashkil etish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, bajarish maqsadida quyidagi vazifalarni bajarish rejalashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 avgustdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 234-sonli qarori, “Xalq ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari” ijrosini ta’minlash masalasiga katta e’tibor bilan qaralmoqda. Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlar malakasini oshirish kurslari mazmunini davr talablari darajasida bo‘lishi zarur buning uchun esa o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlarini takomillashtirish, malaka oshirish kurslari uchun fanlar kesimida o‘quv-metodik majmualarni qayta ko‘rib chiqib, yangilash vazifasi ko‘ndalang turadi. Busiz maqsadni amlga oshirishga erishish mushkul. SHuningdek, kafedra va bo‘limlar hamda professor-o‘qituvchilar faoliyatida ijodiy raqobatni, tashabbuskorlikni, innovatsiyalarni, kreaktivlikni, ilg‘or g‘oyalarni qo‘llab-quvatlash va rag‘batlantirish ruhi to‘la joriy etilgan.

Bu ilmiy o‘quv jarayonining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishili oqibatida biz endilikda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida qator o‘quv-metodik, ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni uyushtirish, mazmundor o‘tkazish masalalarini ham ko‘rib chiqdik. Bu masalani amalga oshirilishi tabiiyki, hamkorlik rishtalarining mustahkam bo‘lishiga daxldordir. Ana shu maqsadda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi samaradorligini oshirishni nazarda tutgan holda, xalqaro tashkilotlar, ta’limga ko‘maklashuvchi nodavlat institutlar, fondlar hamda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya targ‘iboti ilmiy-amaliy markazi, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.

O‘qituvchining salohiyati va mahorati ta’limning ta’sirchanligi va samarasiga bog‘liq. Bu borada “Mahorat maktabi” faoliyatini belgilangan reja asosida tizimli amalga oshirib borish kerak. Bundan tashqari “Metodist maktabi” faoliyatini  rivojlantirish, tuman(shahar)lar kesimida doimiy harakatdagi amaliy o‘quvlarni tashkil qilish, “Zahira kadrlar” o‘quvini reja asosida tashkil qilish zarurligini to‘la anglagan holda kengqamrovli faoliyat olib borilmoqda.

Dunyo bilan har tomonlama aloqa shubhasizki, jahoniy tillarni to‘liq bilish, chuqur o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Xorijiy tillarni o‘rganish, AKT hamda metodika sohalarida tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayonining dolzarb muammolarini hal etishga yordam beruvchi yuqori saviyadagi monografiya, ilmiy-uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar tayyorlash kundalik vazifaga aylandi.

Har qanday sohaning rivojini ta’minlovchi mezon bu o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishdir. SHu niyatda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va turli vazirliklar tassarufidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, boshqa ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ommalashtirish, ular bilan hamkorlikni kengaytirishdir. Bu borada ham bizda ijobiy natijalarga erishilmoqda.

Ayni kunlarda ta’lim moduli, masofaviy ta’lim masalalari kundalik planga chiqib qolgani ahamiyatlidir. CHunki, buning imkoniyatlaridan foydalanish ijobiy natijalar beradi. Masofaviy o‘qitishning hududiy muvofiqlashtirish markazi va Axborot-resurs markazining moddiy-texnik tayyorgarligini hamda xodimlar salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarish, masofaviy ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha A.Avloniy nomidagi XTXQTMOMI qoshidagi Masofaviy o‘qitishni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikni kuchaytirish ana shu masalalarning ijobiy hal etilishiga zamin hozirlaydi. Buning uchun institutda sog‘lom ma’naviy muhitni yuzaga keltirish, ijodiy salohiyat, ijobiy motivatsiya, ijtimoiy intellektni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, amaliy seminar-treninglar tashkil qilish va o‘tkazish muhimdir. Har qanday sohada ishning unumi va mazmuni sog‘lom muhitga bog‘liq. Jamoa o‘rtasida professional etikaga rioya qilishni,  siyosiy, huquqiy ongni, estetik-etik madaniyatni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hissi har bir pedagogning ilmu amalida bo‘lishi tayin. Buning uchun esa t’limning talabi nutqiy madaniyat, tarbiyaning talabi xulqiy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lishini idrok etgan holda, muomala madaniyati, kitob mutolaasi, muloqot usullarini hamda inson hayotidagi ma’naviy qadriyatlarning o‘rni, ma’naviy-axloqiy fazilatlarning targ‘ibotiga  bag‘ishlangan ilmiy maqolalar, ko‘rgazmali taqdimotlar yaratish ham foydadan xoli emas.

O‘quv jarayonida pedagogik texnika imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ta’lim-tarbiyaga oid innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, professional kompetentlik va pedagogik mahoratni oshirish maqsadida etuk mutaxassislar, olimlar, darslik mualliflari, ijodkor va tajribali  o‘qituvchilarni jalb etgan holda davra suhbatlari hamda ijodiy uchrashuvlarni tashkil qilib borishimiz ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

 

–  Institut ilmiy salohiyati mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda?

R.CH: Bu haqda gapirish xuddi minnatdek bo‘lib tuyulsa ham shuni e’tirof etish kerakki, ta’lim tizimiga munosabat uni isloh qilish pedagoglarimizning ilmiy salohiyati ta’limiy, amaliy, nazariy va o‘quv jarayonidagi yutuqlari bilan ham belgilanadi. Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan fan, ta’lim va metodikaning dolzarb masala hamda muammolari echimiga qaratilgan 320 dan ziyod o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik mavzudagi ishlar nashr qilingani, jumladan: 6 ta darslik, 3 ta monografiya, 27 ta uslubiy qo‘llanma, 63 ta ilmiy, ilmiy-uslubiy maqola va 222 ta konferensiya ma’ruza va tezislari, shuningdek, respublika matbuot nashrlarida 80 dan ziyod, elektron ommaviy axborot vositalaridagi 70 dan ortiq chiqishlar qilingani ham e’tiborga molik.

2015 yil  5 mart kuni   Respublika ta’lim markazi, Nizomiy  nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida “Ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda “Mahorat maktablari”ning  o‘rni” mavzusidagi  o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Ushbu seminarda “Fanlarni o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari”  mavzusidagi  19 ta fan kesimidagi sho‘‘balarda  hamkorlikda faoliyat olib borayotgan trenerlar va institut professor-o‘qituvchilari tomonidan  viloyat tuman (shahar)lari  umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi  “Mahorat maktablari” trenerlari uchun amaliy mashg‘ulotlar, ochiq darslar, murakkab mavzular yuzasidan  trening-darslar  o‘tkazildi.

2015 yil 29 aprel kuni Piskent tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti, Respublika ta’lim markazi, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida “O‘qituvchi kasbiy kompetentligini rivojlantirishda “Mahorat maktablari”ning o‘rni”   mavzusidagi Respublika o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi. Mazkur seminarda respublikamiz hududidagi barcha “Mahorat maktablari” trenerlari  ishtirok etishdi. Seminarda “Mahorat maktablari” ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish namunasi sifatida  institutimiz professor-o‘qituvchilari va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tajribali o‘qituvchilarning namunali dars ishlanmalari jamlangan  “Pedagogik mahorat: tajriba, amaliyot”  nomli metodik qo‘llanma seminar ishtirokchilariga taqdim qilindi.

Institutda o‘tkazilgan ikkita 2015 yil 10 fevralda -“Bolalarni maktabga tayyorlashning pedagogik-psixologik va tashkiliy-metodik omillari”,  2015 yil 18 noyabrda — “Zamonaviy o‘qituvchi kasbiy kompetensiyasining pedagogik-psixologik muammolari” Respublika miqyosidagi konferensiyalar ham mohiyat e’tibori bilan ta’lim tizimidagi islohot masalalariga ko‘maklashgani aniq.

Redagogika.uz rasmiy saytimizda institut ijtimoiy-madaniy hayoti va faoliyatiga doir barcha ma’lumot va axborotlar, yangiliklar, amalga oshirilgan ishlar muntazam aks ettirib kelinishi bilan birgalikda  notiq.uz  saytida pedagogning nutq madaniyati va notiqlik mahorati borasida qimmatli mulohazalar va tegishli tavsiyanomalar berib borilmoqda.

Umumiy o‘rta ta’lim va maktabgacha ta’lim bosqichlaridagi sifat va samaradorlikni oshirish, o‘qitishning zamonaviy vositalaridan samarali foydalanish hamda dars mashg‘ulotlarini interfaol usullarda tashkil etishni ta’minlash va o‘qituvchi-murabbiylarning metodik manbalarga bo‘lgan ehtiyojini tezkor sur’atlarda qondirishga xizmat qilish maqsadida institutning malaka.uz sayti ham tashkil qilindi. Bu saytda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan, ishlab chiqilgan o‘quv-uslubiy materiallar bilan birga ta’lim jarayoniga taalluqli boshqa turdagi o‘quv-uslubiy materiallar ham joylashtirilgan.

Institut nashri bo‘lgan “Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy ommabop jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015 yil 20 martdagi 214/2-sonli qarori bilan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi. (13.00.00-Pedagogika fanlari va 19.00.00-Psixologiya fanlari bo‘yicha).

SHuningdek, ilmiy ishlar bo‘yicha N.Norqulova tomonidan 19.00.05-Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Asreriliatsiya motivi-talabalar ma’naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil” mavzusidagi dissertatsiya ishi OAKga topshirildi.

Institutning ilmiy salohiyati ta’lim tizimidagi islohotlarga o‘zining sezilarli ravishdagi ijobiy ta’siri ularning amaliy va nazariy jihatdan puxta bilim, tajriba va malakaga ega ekanliklari bilan izohlanadi.

– Albatta, xalqimiz o‘tmishi, buyuk bobolarimizning sharafli yo‘llari yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlashda bu masalalarga qanday e’tibor berilmoqda?

R.CH: Mashriqzaminda tug‘ilib voyaga etgan, ilmu fan, madaniyat kabi sohalarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan bobokalonlarimiz jahon sivilizatsiyasida alohida rutbaga ega ekanliklarini butun dunyo tan olgani rost. Ular bilan faxrlanish, ularning ezgu xizmatlarini yoshlar ongiga singdirishdek sharafli ishlar pedagog faoliyatining bir qirrasidir. Bu jarayonda ularning roli katta.

Pedagog asl nomi bilan “bola etaklovchi” mazmunini beradi. SHunday ekan, o‘qituvchilar dars jarayonida yosh avlodga ona yurti bilan, buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish hissini ular qalbiga joylashi zarur. Buyukligini bilmagan millat buyuk bo‘la olmaydi degan fikrga monand o‘quvchilar fan va madaniyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha jahonga dovrug‘ solgan tarixiy siymolarni yaqindan bilishi, ularni o‘rganishi shu asnoda vatan tuyg‘usini idrok etishlari borasida pedagoglarimiz izlanishda, bu ma’rifiy maqsadni amalga oshirish turli shakllarda olib borilishini ular yaxshi tushunishadi. Tarixchi olimlar, siyosat, san’at va fan arboblari bilan uchrashuvlar tashkil etish, noan’anaviy darslarni yo‘lga qo‘yish buyuk ajdodlarimizning qadamjolarini ziyorat qilish muzeylarga borish kabi ta’limiy shakllar o‘quvchilarda o‘z vataniga bo‘lgan mehr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otishi tabiiy. Buyuk ajdodlarning sharafli yo‘li markazlashgan davlat tuzishga intilgan sohibqiron Amir Temurning jasoratini, mo‘g‘ullarga qarshi kurashdagi Jaloliddin Manguberdining matonatini, shayx va yirik mutasavvuf Najmiddin Kubroning tug‘ni mahkam ushlagancha jon berganini, arablarga arab tili grammatikasini ishlab bergan Mahmud Zamahshariyning ilmiy salohiyatini o‘quvchilar bilishlari shart. Har qanday millatning nomi ana shunday buyuk siymolar bilan tilga olinishini bilishlari zarur. Qalbida yurt taqdiriga daxldorlik hissi bor bo‘lmagan insonda oila qayg‘usi, vatan tuyg‘usi ham bo‘lmaydi. Zamonaviy bilim, axborot kommunikativ texnologiyalari bilan qurollangan pedagoglarimiz masala mohiyatini chuqur tushungan holda turli metodlardan unumli foydalanishlari asnosida buyuk ajdodlarimiz bosib o‘tgan yo‘lni o‘quvchilarga to‘g‘ri talqin qilishlari davr talabidir. O‘tmish kelajakning ustozidir, o‘tmishini unutganing kelajagi ham bo‘lmaydi mazmunidagi o‘gitlarga monand holda davlatimiz rahbari tarixiy xotirasiz ma’naviyat ham kelajak ham yo‘q deya ta’kidlashlari bejiz emas. O‘z o‘tmishini, milliy qadriyat va an’analarini qadriga etmagan xalqni tangri ham yorlaqamasligi tayin. O‘tmish ajdodlari bosib o‘tgan yo‘lni, ular qoldirgan bebaho merosni mayoq qilish bugunning qadriga etish va istiqbol rejalarini to‘g‘ri belgilash bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Har bir o‘quvchi ongida buyuk ajdodlar yo‘liga nazar tashlash va uni aqlan, ruhan his etish bo‘lsagina kelajakka dadil qadam tashlanadi va odimimiz ham shaxdam, qat’iy va ishonchli bo‘ladi. Tarbiyalangan odam tarbiya beradi, o‘qigan odamgina o‘qita oladi. Bu oddiy haqiqatni pedagoglarimiz yaxshi idrok etishadi va uni targ‘ibotida faollikka intilishadi.

 

– Siz rahbarlik qilayotgan institut tahsilini olib yana o‘z joyiga qaytayotganlarning ish faoliyatida, ongida malaka oshirishdan so‘ng paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar nimalarda ko‘rinadi?

R.CH: Juda o‘rinli savol berdingiz. CHunki, barcha harakatlarimizning samarasi ana shu natija bilan bog‘liq. Institutda har oyda 500 nafar tinglovchi turli fanlar yo‘nalishida malaka oshirib ketadilar. Malaka oshirish jarayonidan so‘ng tinglovchilarning ish faoliyatidagi o‘zgarishlarni kuzatish, tahlil qilish uchun  institut professor-o‘qituvchilarining pedyuklamalarida mavjud bo‘lgan kursdan keyingi faoliyatlarini kuzatish maqsadida reja asosida  joylarda  “Ochiq darslar”  tashkil etiladi va  kuzatilib tahlil qilinadi.

Besh yillik “Istiqbol reja” asosida amalga oshirilgan ishlari, ma’naviy-ma’rifiy  yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazgan tadbirlarining  mazmun mohiyati  kuzatiladi va o‘rganiladi. Institut professor-o‘qituvchilari viloyat tuman(shahar)larining umumiy o‘rta ta’lim maktablarida   faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyatini o‘rganish maqsadida rejadan tashqari  seminar-o‘quvlarni tashkil qilib, quyidagi vazifalarni  amalga oshiradilar: malaka oshirishdan keyingi faoliyat samaradorligini o‘rganish, tabiiy (fizika, kimyo, biologiya) fanlariga oid laboratoriya jihozlarining ishlatilishi va saqlanish holatini o‘rganish hamda metodik yordam berish, amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot va  albom tayyorlash, ma’lumotlarni institutning rasmiy saytiga joylashtirish, tuman (shahar)da  tashkil etilgan  “Mahorat maktablari”, “Metodist  maktablari”ning faoliyatini o‘rganish, kamchiliklar yuzasidan metodik yordam  berish kabilarni hal etadilar.

Bir paytlari rasm bo‘lgan “Bizdan ketguncha, egasiga etguncha” qabilida ish tutish bizga yot. Ayniqsa, ta’lim masalasida bu aslo, mumkin emas. U jamiyatga pand beradi. Malaka oshirib ketganlaridan so‘ng ham tajriba almashish, hamkorlik masalalari bizda planli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

 

— Tarixiy xotira va uning madaniyati, ma’naviyat va ma’rifat millatni hamisha oldinga etaklovchi kuchli stimuldir. Malaka oshirish doirasida bu masalalarga qanday e’tibor berilmoqda?

R.CH: Tarixning shonli va qonli sahifalari bo‘lishi aniq. U ibrat va saboqdir, bugunimiz uchun va ertamiz uchun to‘g‘ri xulosa chiqazish va to‘g‘ri yo‘lni belgilash uchun manbadir. Biz nimaga erishdik, istiqbol va istiqlolning mazmun-mohiyati tarixiy xotira bilan chambarchas bog‘langan. Institutda ko‘p yillar mobaynida ta’lim tizimiga rahbarlik qilgan J. Yo‘ldoshev, S. G‘ulomov kabi tajribali pedagoglar ta’lim jarayonidagi bugungi holat, istiqbolli rejalarning ahamiyatini muntazam tushuntirib borishadi. O‘tmish ta’limi bilan bugungi ta’lim orasida osmon bilan ercha farq borligini anglashning o‘zi kishi diliga shukronalik baxsh etadi. “Kim edigu kim bo‘ldik” savolini ko‘ndalang qo‘yilishining o‘ziyoq, beixtiyor kishi qalbida qanoat va shukronalik tuyg‘usini jumbushga keltiradi. Milliy va ma’naviy qadriyatlarni saqlash, aslida, millatni saqlashdir. Har oyda ma’rifiy tadbirlar, siyosiy o‘qish va kitobxonlik soatlarini muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilgani ham ana shu boradagi xayrli, ma’rifiy maqsadga xizmat qilayotgani rost.

Prezidentimiz Islom Karimov ma’naviyatning insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singishini, ma’naviyatsiz ma’rifat, ma’rifatsiz kelajak yo‘qligini alohida qayd etishlari bejiz emas. Ma’naviy hayoti yuksak bo‘lgan xalqning dunyoqarashi ham, turmush tarzi ham istiqbollidir. Ma’naviyat ma’rifatdan oziq oladi, etuk bilim va dunyoqarashga ega bo‘lish, ma’rifatlilik komil inson qalbu qiyofatini namoyon etuvchi mezondir. SHunday ekan, mustaqilРеспубликамиРеспу Respublikamizning kelajagi har tomonlama kamol topgan yoshlarning bilim darajasi va saviyasining yuksakligi bilan bog‘liqdir. Milliy g‘oyamiz va mustaqillik mafkurasining asoslarini yoshlar ongiga singdirish, ular ongu qalbining har tomonlama tashokuli va takomilida ma’rifat va ma’naviyatning o‘z o‘rni borligini inkor etib bo‘lmaydi.

Milliy g‘oyamizning asosiy tamoyillari, nazariy asoslari va mustaqillik mafkurasining mohiyatini talaba-yoshlar ongiga singdirish orqali etuk ma’naviyatli, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash masalasiga amaliy hissa qo‘shish, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan yosh avlod qalbi va ongida ona-yurtga muhabbat, istiqlolimizga sadoqat tuyg‘ularini yanada shakllantirish, turli xil ma’naviy tahdidlar, g‘oyaviy va axborot xurujlari zamiridagi g‘arazli niyatlardan ogoh etish, yurt tinchligi va osoyishtaligi kabi ustuvor maqsadlarimizni amalga oshirishning asosiy mezoni ekanligini uqtirish orqali ularda yurtsevarlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish muhim masaladir. Dadil va ilk qadam ham aslida, shundan boshlanadi. SHuningdek, milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan targ‘ibot ishlarini muntazam ravishda olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  I. A. Karimovning “YUksak ma’naviyat — engilmas kuch”, “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”  asarlari yuzasidan savol — javoblar  bo‘yicha audio va video vositalardan foydalanilgan holda o‘quvchi va talaba — yoshlarning bilimlarini sinash, g‘oliblarni saralash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, aholining keng qatlamlari, avvalambor, yoshlar o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo‘naltirilgan suhbat va uchrashuvlar, ma’rifiy tadbirlar va intellektual musobaqaviy dasturlar tizimini takomillashtirish masalalari oldimizda ko‘ndalang turgan vazifalardandir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida” PQ 451 — son Qarori va shu asosdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 28 fevraldagi 07/2-80 — sonli “Ta’lim muassasalarida diniy ekstremizm va missionerlikning oldini olish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni  yanada sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 3 — qism, 16 — bandiga muvofiq Milliy g‘oya va mafkurani talaba-yoshlar ongiga yanada singdirishning samarali texnologiyalarini joriy etish, maqsadida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazi, O‘zbekiston “Kamolot” YOIH, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, “Iqtidor-ma’rifat” intellektual ijodiy jamoasi hamkorlikda o‘tkazib kelayotgan qator tadbir va uchrashuvlar ana shu xayrli va ma’rifiy maqsadni ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2013 yil 15 noyabrdagi 339-sonli bayonnomasining 43-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “G‘oyamiz-himoyamiz” mavzuida o‘tkazib kelinayotgan ijtimoiy-ma’rifiy loyihaning o‘rni o‘zgacha bo‘lmoqda deyish mumkin. Ma’lumki, qayd etilgan bayonnomaning to‘rtinchi, ya’ni “Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining ish faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar” ruknidagi  “Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi talabalar o‘rtasida “Madaniyat va ma’rifat” telekanali bilan hamkorlikda “G‘oyamiz himoyamiz” mavzusida ijodiy uchrashuvlarni tashkil qilish” deya e’tirof etilgani ham ahamiyatlidir.

Institutimizda xuddi shunga monand tadbirlar, teatr va kino xodimlari bilan uchrashuvlar doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilganki, bu ham pedagoglar ma’naviyatini, intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi muhim omillardandir.

 

—  Sizni va siz rahbarlik qilayotgan institutni Navro‘z bayrami bilan tabriklagan holda “Moziydan sado” jurnali mushtariylariga tilaklaringizni bilmoqchimiz.

R.CH: Abdulla Qodiriy “Moziyga qaytib ish ko‘rishni xayrlikdir” deya e’tirof etganlar. Moziyning ma’no va mazmunini bildirishdek xayrli va istiqbolli maqsad yo‘lida xizmat qilayotgan jurnal tahririyati va mushtariylariga kuch-quvvat, mustahkam sog‘lik tilayman. Umrlari ulug‘ ayyomimiz Navro‘z umridek uzun va nafosatli bo‘lsin! Bayram barchamizga muborak!

 

— Qiziqarli suhbatingiz uchun rahmat.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.