9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MENGA SO‘Z BERING

notiq.uz > Arxiv  > MENGA SO‘Z BERING

MENGA SO‘Z BERING

“Ma’rifat fidoyilari” rukni ostidagi navbatdagi tadbirimizga xush kelibsiz, aziz ustozlar, hurmatli mehmonlar,qadrdon kasbdoshlar!

Yilga shunday nisbat, shior berilganligini bilasiz. “YAgonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” bu shior shunchaki aytilmaydi, g‘urur bilan, dilingizdagi iftixor tuyg‘usi bilan aytasiz. O‘z vatanini sevgan, qadrlagan inson bu shiorga befarq emas.

Bir o‘zakdan yasalgan to‘rtta so‘z borki, biri biridan hosil bo‘ladi. O‘zaro esh bo‘lib ketadi. Bular SHoir, she’r, shuur, shior! CHinakam shoirning shuuri bois yaralgan she’r shiorga aylanib tildan tilga, dildan dilga ko‘chadi, san’atkorlar, hofizlarning ijodiy barnomasidan o‘rin oladi. U, albatta, yurtparvar, elparvar bo‘lsa. SHoirlar shuuri bois she’rni yaratadi, hofizlar taratadi, voizlar og‘ziga qaratadi.

Bugun sizning talabingiz, xohish istagingiz va ma’naviy ehtiyojingizning ijobati, ijrosi o‘rnida tashkil etilayotgan shoir, jurnalist, noshir, ”Ijodiy parvoz” gazetasining bosh muharriri, muhimi, samimiy do‘st, kamtarin inson Muhammad Ismoil bilan o‘tkaziladigan “SHoir ijodida vatanparvarlik” mavzuidagi ijodiy kecha, tadbirimiz samimiy, do‘stona, o‘zaro fikr almashuv tarzida o‘tishiga ishonchim komil.

Buyuk ma’rifatparvar, hassos shoir CHo‘lpon: «Adabiyot yashasa — millat yashar!» deya nido qilgani bejiz emas. YOxud davlatimiz rahbarining “SHaxsan men shoir va adiblarni doimo jamiyatning oldingi saflarida yuradigan, hayotni kuzatib, odamlarning yuragida, dunyoqarashida bo‘layotgan o‘zgarishlarni hammadan avval sezib, ularni ta’sirchan obrazlar, yorqin badiiy bo‘yoqlar orqali mahorat bilan yoritib bera oladigan, el-yurt uchun kuyinib yashaydigan fidoyi insonlar, deb bilaman” deyishlari bejiz emas. Bu fikrlar “Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” nomli risolasidan keltirildi. SHubhasizki, muhtaram prezidentimiz aytgan sifatu nisbatlarga mosu xos shoirlarimizdan biri Muhammad Ismoildir.

Adabiyotga e’tibor — ta’limga, tarbiyaga, ma’naviyatga, istiqbolga e’tibor ekan, bugun tadbir o‘tayotgan TVPKQTMOI da ham shoiru san’atkorlar, olimu fuzalolar bilan muntazam ravishda ijodiy muloqotlar o‘tkazilib kelinayotgani ham xuddi shu e’tiborning hosilasidir.

Dunyoga kelganman so‘zlamoq uchun  Qalbimning qa’rida hali so‘zlarim.
Qoshingizda ta’zim qilaman bu kun, Mening feysbukdosh aziz do‘stlarim!
Olam yaralgandi asli so‘z bilan Ming yillar so‘z asl shifo bo‘lgandir.
Erki yo‘q, so‘zi yo‘q, tili kesilgan Mahbus bilan qancha zindon to‘lgandir.
Siz so‘zlang mayliga ular uchun ham. Hayoti abgoru ham talxlar uchun.
Siz so‘zlang so‘z bilmas qullar uchun ham,      Qul millatlar uchun, qul xalqlar uchun.

Qayda bo‘lmang haq so‘z sizga bo‘lsin yor,            Doim bo‘lsin oltin boshingiz omon!

Sizni ulg‘aytirgan O‘zbekiston bor,                Suyanch tog‘ingizdir shu ota makon!

“SHoir ijodida yurt vasfi”. SHu haqda so‘zlash uchun pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev mikrofon qarshisiga chorlandi.

So‘ng shoirning o‘zi chiqish qildi va ijodidan namunalar o‘qidi.

Moddiy boylik ma’naviy kuchga aylanishi kerak.

Erksiz shoirning ustidan hamma kuladi, hatto, nomussiz qiz ham.

Qancha chuqur fikrlasang, shunchalik yuqori ko‘tarilasan.

Quyoshning rasmi qog‘ozni isitmaydi.

 Darvozangizni yashilga bo‘yaganingiz bilan bahor kelmaganiday, do‘ppini bostirib kiygan bilan miya milliylashib qolmaydi.

Hayotda o‘zini biror marta sevdirolmagan odam biror marta g‘alaba qozonmagan qo‘mondonga o‘xshaydi.

Qo‘g‘irchoqlargagina hasad qilishmaydi.

Ayollarni ayblay olmagan odam yo ahmoq, yo shoirdir.

 Xotining odamzotni hech qachon bilib bo‘lmasligining birinchi dalilidir.

Sevaman deyish cho‘kayotgan odamning hayqirig‘iday gap, eng yomoni seni qutqarishga kelmasliklaridadir.

Muhabbat biz istagan paytda kelsa pari qizga, biz istamagan paytda kelsa qari qizga o‘xshaydi.

Inson irodasi samolyot parrakiga o‘xshaydi, agar u sinmasa o‘zidan ming karra og‘irroq yukni ko‘tarib ketaveradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Ijodkor «Ey odamzod, ko‘zingni och, sen nima uchun yashayapsan, inson degan yuksak nomga munosib bo‘lish uchun nima qilyapsan?» degan savollarni kitobxon oldida, jamiyat oldida qat’iy qilib qo‘ya olsagina, o‘ylaymanki, o‘zining insoniy va ijodiy burchini bajargan bo‘ladi” degan prezidentimiz fikrlariga munosabat yo‘sinida shoir yozadi.

Gar baxtli bo‘lmasa yashashdan ne naf,
Ne uchun dunyoga keladi inson?!
Qay yurtda, qay elda, yursada yashab,
Avvalo insonga bo‘lsin sharaf shon!

Inson sharaflaydigan, taraflaydigan bir tushuncha, bir tuyg‘u bor. Bu Ona yurtga bo‘lgan mehru muhabbatimizdir. Hammamizning dilimizda barqaror bo‘lsin, omon bo‘linglar!

O‘zbek xalqi mentalitetida ma’naviyatning o‘q ildizi bo‘lib hisoblangan adabiyot esa hamisha mangu qadriyat sanalgandir. O‘tgan yigirmanchi asrning boshlarida buyuk ma’rifatparvar,  hassos shoir CHo‘lpon: «Adabiyot yashasa — millat yashar!» deya nido qilgan edi. Ushbu millat, el-yurt istiqboli uchun aytilgan so‘z zamiridagi haqiqat bugun ham o‘z dolzarbligini, rost­lik ko‘lamini yo‘qotmay turibdi. O‘z o‘rnida YUrtboshimizning «Adabiyotga e’tibor — ma’naviyatga, kelajakka e’tibor» nomli risolasi esa XXI asrda o‘zbek adabiyotining ravnaqi, kelajagi, pirovardida, millat ma’naviyatining istiqboli xususidagi nihoyatda muhim bo‘lgan jiddiy hujjatdir, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

SHaxsan men shoir va adiblarni doimo jamiyatning oldingi saflarida yuradigan, hayotni kuzatib, odamlarning yuragida, dunyoqarashida bo‘layotgan o‘zgarishlarni hammadan avval sezib, ularni ta’sirchan obrazlar, yorqin badiiy bo‘yoqlar orqali mahorat bilan yoritib bera oladigan, el-yurt uchun kuyinib yashaydigan fidoyi insonlar, deb bilaman.

YA’ni, yozuvchi «Ey odamzod, ko‘zingni och, sen nima uchun yashayapsan, inson degan yuksak nomga munosib bo‘lish uchun nima qilyapsan?» degan savollarni kitobxon oldida, jamiyat oldida qat’iy qilib qo‘ya olsagina, o‘ylaymanki, o‘zining insoniy va ijodiy burchini bajargan bo‘ladi.

Bugungi murakkab va tahlikali zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o‘ylab, odamlarni ezgulikka, insof-diyonat, mehr-oqibat va bag‘rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so‘zi har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mening fikrimcha, yozuvchilik — bu oddiy kasb emas, xudo bergan iste’doddir. Bu — qismat, peshonaga yozilgan taqdir. Bu kasbga hech qaerda o‘qitib, o‘rgatib bo‘lmaydi. YOzuvchilikning maktabi ham, dorilfununi ham bitta. U ham bo‘lsa, bir umr hayotning ichida bo‘lish, o‘z xalqi bilan hamdardu hamnafas bo‘lib yashash, haqiqat va adolatga sadoqat bilan xizmat qilishdir.

MENGA SO‘Z BERING
Dunyoga kelganman so‘zlamoq uchun
Qalbimning qa’rida hali so‘zlarim.
Qoshingizda ta’zim qilaman bu kun,
Mening feysbukdosh aziz do‘stlarim!

Har biringiz so‘zu hikmat makoni,
Har biringiz nurli bitta olamsiz.
Jaholat va g‘aflat bosgan dunyoni
O‘zgartmoqqa tayyor turgan odamsiz.

Elning dardi bilan ko‘ksingiz to‘lgan
Haq so‘zni so‘zlaysiz erkin va o‘ktam.
Bu imkon yo‘q edi qadimda bo‘lgan
Hatto Kapitoliy maydonida ham.

Olam yaralgandi asli so‘z bilan
Ming yillar so‘z asl shifo bo‘lgandir.
Erki yo‘q, so‘zi yo‘q, tili kesilgan
Mahbus bilan qancha zindon to‘lgandir.

Siz so‘zlang mayliga ular uchun ham.
Hayoti abgoru ham talxlar uchun.
Siz so‘zlang so‘z bilmas qullar uchun ham,
Qul millatlar uchun, qul xalqlar uchun.

Gar baxtli bo‘lmasa yashashdan ne naf,
Ne uchun dunyoga keladi inson?!
Qay yurtda, qay elda, yursada yashab,
Avvalo insonga bo‘lsin sharaf shon!

Mazlum bitta, zolim o‘ntadir doim
Bir qonxo‘r, goh mingning eydi boshini
Bir taxtga o‘tirsa gar bitta zolim,
To‘kar millionlarning ko‘zin yoshini!

Hurriyatning askarlarisiz,
Butun olam uzra erk deb jar solgan.
Millat yuragining gavharlarisiz,
Millatni yurakda ko‘tarib olgan.

Sizki joningizni xatarga qo‘yib
O‘limga tik boqib aytgan so‘z uchun,
Qabohat panada turibdi cho‘chib,
Razolat yutmagan dunyoni bugun.

Qayda bo‘lmang haq so‘z sizga bo‘lsin yor,
Doim bo‘lsin oltin boshingiz omon!
Sizni ulg‘aytirgan O‘zbekiston bor,
Suyanch tog‘ingizdir shu ota makon!

Biringiz menga do‘st, biringiz ustoz
Qon bir, jon bir qalban qarindoshimsiz!
Egik boshim, bukik qaddim qilib rost
Qaro kunda quyosh, qiblagohimsiz

Tarqalib ketgansiz, Er yuzi bo‘ylab
Hurlik mash’alidan olov yoqqansiz
Butun insoniyat taqdirin o‘ylab
Sardor yoki darg‘a bo‘lib qolgansiz.

Bu kun siz mag‘lubsiz, balki g‘olibsiz
Zulmu- zo‘ravonlik bitmas hech qachon
Ammo haq yo‘lida doim qolingiz,
O‘zbekka keltiring buyuk sharaf -shon!

Tinmas g‘avg‘o uchun ortiq emang g‘am
Qismat xatin bitgan buyuk Olloh bor.
Tilagim, qo‘llasin muzaffar hakam,
Qodir Parvardigor sizga bo‘lsin yor!

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.