9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Arxiv

notiq.uz > Arxiv (Page 2)

Ulug‘larni ulug‘lab

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]2013 yilning 14 – sentyabr kuni. Huvaydo marosimlar koshonasi. O‘zbekiston qahramoni, sobiq ittifoq xalq artisti, atoqli san’atkorimiz Zikir Muhammadjonovni xotirlab farzandlari  tomonidan xayru ehson oshidamiz. Kuni kecha o‘g‘illari tadqiqotchi olim, huquqshunos Omonulla aka qo‘ng‘iroq qilib xabar berganlarida, qaysidir ma’noda, Zikir akaga ma’lum muddat shogird bo‘lgan paytlarim yodimga keldi. Hamon yodimda… 1979-1980 yilda o‘zbek filologiyasi fakultetida o‘qiyapmiz. Universitet qoshidagi drama to‘garagiga rahbarlik qilish uchun ardoqli san’atkor Zikir Muhammadjonov taklif etilgan edi. Universitetda ta’lim olayotgan turli fakultetlardan qiziquvchi talabalar kelishgan edi. Buxorolik qadrdon do‘stlarim Qahramon va Rahmatjon (ular Roman-german fakultetida o‘qishardi) bilan ustoz e’tiborini qozongandik. Turli viloyatlardan kelgan talabalar iymanibgina, istihola...

Continue reading

O‘quv uquvdir

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘qish uqishdan boshlanishini, unda muayyan maqsad borligini bilish zarur. Maqsad aniq bo‘lishi kerak. Gyote ta’biri bilan aytganda, “qayoqqa ketayotganingni bilmasang, uzoqqa borolmaysan.” SHunday ekan, mahalla o‘quvining tashkil etilishi, fuqarolar yig‘inlari raislari, diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar, mahalla posbonlari va kotiblarining malakasini oshirishning yo‘lga qo‘yilishi ayni muddao bo‘ldi. CHunki, eng katta asosiy maqsad bu yurtimizning tinchligi, xalqimizning osoyishtaligi, mahalla va oilalardagi xotirjamlikdir. Tinchlik bo‘lmasa, to‘y ham, bayram ham tatimaydi. SHuning uchun ham “bir kun janjal bo‘lgan joyda qirq kun baraka uchadi, - deydi dono xalqimiz. Prezidentimizning “oila tinch demak, mahalla tinch, mahalla tinch demak, yurtimizda tinchlik, osoyishtalik hukmron bo‘ladi”...

Continue reading

Turindagi ta’limiy tadbir

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Yаngi yil munosabati bilan talabalar qishki ta’tilda bo‘lsa ham oliy o‘quv yurtlarida ish qizg‘in. Professor-o‘qituvchilarning ayrimlari seminar mashg‘ulotlari bilan, ba’zilari esa ta’lim moduliga fanlar yuzasidan ma’ruzalar matnlarini joylashtirish yoki malaka oshirish kurslarida ta’lim olish bilan band. Vaqtdan unumli foydalanish o‘quv tizimining sifatiga manfaatli bir ish bilan shug‘ullanish xayrlikdir. Xuddi shu maqsadda, “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasi tomonidan tashkil qilingan Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti professor-o‘qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha o‘quv-seminari alohida mohiyatga ega bo‘lgani sir emas. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti ma’muriy binosining 105-xonasi 2016 yilning 5 – 7 yanvar kunlari o‘z sohasining yirik bilimdonlari bo‘lgan olim va jurnalistlar ishtirokida o‘quv seminari...

Continue reading

Yulduzli tongni qarshilab

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Matbuot, nashriyot va maktabning hamkorlik rishtasi mustahkam bo‘lmas ekan, ko‘p narsaga erishish mushkul. CHunki ta’lim yo‘nalishidagi vaqtli nashrlarning aksariyatida pedagogning mahorati, bilimni o‘quvchi ongu shuuriga jo etish sir sinoatlari borasida turfa xil maqola va bahslar chop etib boriladi. Jamiyatning buguni va ertasi uchun qayg‘urgan har bir inson pedagogning dunyoqarashi, ongu tafakkuri masalasiga befarq qaramaydi. Buning zamirida yoshlarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning ta’siri, samarasi va ko‘lami masalasi mavjud. Muhtaram Prezidentimiz haqli e’tirof etib o‘tganlaridek, “shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz  poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,  boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”. Demak, nima eksak, shuni...

Continue reading

Til – ma’naviy ehtiyoj, tarixiy zarurat

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Usiz anglash ham, tinglash va so‘zlash ham mumkin emas. Tasavvur va tafakkurning ro‘yobi ham u bilandir. Bu ijtimoiy vosita tildir. TVXTXQTMOIda o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunining 26 yilligi munosabati bilan  tashkil etildi. Institutning ichki hovlisi -amfiteatr 600 dan ziyod pedagoglar bilan gavjum. Tadbirga ziynat baxsh etgan olim va san’atkorlarning tashrif alohida e’tiborga molik bo‘ldi. Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Saodatxon Boymirzaeva, O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov, iste’dodli nozikta’b shoiramiz Farida Afro‘z, iqtidorli shoir, yozuvchi, noshir va jurnalist Muhammad Ismoillar ishtirok etishdi. Davrani institutning o‘quv bo‘limi boshlig‘i Toshmurod Bo‘riev o‘z nutqini nazmiy...

Continue reading

Tilim – elim, demak, dilim

Erkin Vohidov Ilza Sirtautasga bag‘ishlangan she’rini o‘qib biling: Termulaman Ilza xonimga, Ko‘zlarimga ishonmay hayron. Amriqolik xushro‘y olima So‘zlar edi o‘zbekcha ravon… Keling, sizni ona yurt uchun, Fidolar bir tinglab quvonsin. Bu quvonchdan lekin bir umr Judolar ham quvonsin, yonsin… O‘z elati mehridan dilin, YOt tutganlar sizni eshitsin. O‘z yurtida o‘z ona tilin, Unutganlar sizni eshitsin. “So‘z durlarin termoqdir ishim” — shoirning qutlug‘ maqsadi, estetik kredosi, butun ijodi — buning isboti. SHe’riyatida bevosita tilga, so‘zga bag‘ishlangan tizmalari (masalan, “Ona tilim o‘lmaydi” (1976), “Ilzaxonim” va hokazolardan tashqari, ularga bilvosita daxldor, aloqador satrlari anchagina “O‘zbek bo‘lish oson emasdir” she’rida xalqimizga xos ko‘plab fazilatlar ichida birini alohida ta’kidlaydi: Necha bo‘lib yo‘qlikka mahkum, Tildan, dindan bo‘lmagan mahrum. Sinib, singib ketmagan mardum — O‘zbek...

Continue reading

Til himoyachisi – el himoyachisi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Til – millat ko‘zgusi, millatning ruhi. Bu haqiqatni hech kim inkor etmaydi.  Kurrai zaminimizdagi xalqlar turli tillarda gaplashishadi. O‘z tilini muqaddas bilgan el-yurtini ham muqaddas tutadi. SHu ma’noda, ona tilini, elini e’zozlagan xalqning istiqboli porloq, tolei yuksak bo‘ladi.  O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi  Qonunining qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi xorijiy davlatlar va diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida militsiya batalonida “Til – millat ko‘zgusi” mavzuida ma’rifat-ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirning nihoyatda samimiy va qiziqarli tarzda, savol-javoblar yo‘sinida tashkil etilganligi ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Ular ona tilimiz rutbasi, dunyo...

Continue reading

 Til — millat ruhi va ko‘zgusi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har qanday xalqning, millatning borligi, borlig‘i va boyligiga mezon aslida, uning tiliga bo‘lgan munosabatida ko‘rinadi.  SHuning uchun ham hali Respublikamiz mustaqilligi e’lon qilinmasdan oldinoq, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berish borasida dadil qadam tashlandi. Bu esa oqilona va odilona harakatning samarasi bo‘ldi. Bugungi kunda Er yuzida yashovchi 4 mingga yaqin xalq vakillaridan iborat 7 milliardga yaqin aholi taxminan uch mingta, shevalar bilan hisoblaganda, 5621 ta til va shevada so‘zlashadilar. Hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan, xolos. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir. Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki...

Continue reading

Teatrda bir kun

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘quv yilining yakunini o‘qituvchiyu o‘quvchilar,  ustozu shogirdlarning ta’lim oldidagi hisobot kuni deyish mumkin. Hisobot qilingan ishlar va qilinadigan ishlarning orasidagi mas’uliyat va majburiyat hamdir. Ruhiyatshunoslarning fikricha, ish unumi va samaradorlikning mezoni ko‘tarinki kayfiyat va tetik ruhiyat bilan. Bu esa jamoaning madaniy hordik chiqarishiga bog‘liqdir. SHuni inobatga olgan holda, TVPKQTMOI jamoasi har oyda bir marotaba teatrda bir kun degan ma’naviyat tadbirini uyushtirishadi.144 soatdan iborat bir oylik o‘quv dasturi bo‘yicha ta’lim olgan pedagog tinglovchilar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi ma’naviy tadbir Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatri zalida bo‘lib o‘tdi. Zal 2012 yil 12 dekabrda qabul qilingan “CHet tillarni o‘rganish tizimini yanada...

Continue reading

Tarix qalbda yashaydi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Moziy muzeylarda emas, tuproqqa ko‘milgan qal’alarda ham emas, yoxud er ostida qolib ketgan o‘tmish obidalaridagina emas, yoki ko‘kka bo‘y cho‘zgan me’moriy yodgorliklarda, minoralardagina emas, balki qadimiy manbalarda, qo‘lyozma kitoblarda, muarrixlarning fikru zikrida, tarixshunos olimlarning ruhiyati va qalbida yashaydi. Qo‘lyozma kitoblar bebaho meros, Ajdodlar qismati unda ro‘yi rost Ular so‘zlayajak orzu armondin, Bobolarimga xos vijdon, iymondin. Tarixga munosabat o‘tmishda turlicha bo‘lgan, o‘zga xalqning zulmi va bosqinchilar zug‘umi hukmron bo‘lgan jamiyatda tarix ham noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, buzib talqin qilinishi aniq. Fan asl haqiqatlarni, aniq faktlarni, tiniq fikr va xulosalarni xush ko‘radi. Tarixshunoslik ham muhim fanlardan, u asliyatni va mohiyatning aniqligini yoqtiradi. Tibbiyotning qasami bor. Gippokrat qasamyodiga sodiqlik....

Continue reading