Yulduzli tongni qarshilab
Matbuot, nashriyot va maktabning hamkorlik rishtasi mustahkam bo‘lmas ekan, ko‘p narsaga erishish mushkul. CHunki ta’lim yo‘nalishidagi vaqtli nashrlarning aksariyatida pedagogning mahorati, bilimni o‘quvchi ongu shuuriga jo etish sir sinoatlari borasida turfa xil maqola va bahslar chop etib boriladi.
Jamiyatning buguni va ertasi uchun qayg‘urgan har bir inson pedagogning dunyoqarashi, ongu tafakkuri masalasiga befarq qaramaydi. Buning zamirida yoshlarga beriladigan ta’lim va tarbiyaning ta’siri, samarasi va ko‘lami masalasi mavjud. Muhtaram Prezidentimiz haqli e’tirof etib o‘tganlaridek, “shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”. Demak, nima eksak, shuni o‘ramiz. Bugungi o‘quvchining ongu dunyoqarashi etuk. U ko‘proq ma’lumotlarni olishni istaydi. Unga mos va xos bilim bermasak, uning intellektual salohiyatini qondirolmaymiz. Buning uchun pedagogning o‘zi zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi ayni damda, axborot kompyuter texnologiyalarini egallagan, tajribali, moderatorlik mahoratini yaxshi bilgan bo‘lishi talab etiladi.
Ta’limiy va tarbiyaviy yo‘nalishdagi matbuot nashrlarini muntazam ravishda kuzatib borishi, o‘z tajribalarini ommalashtiriga intilishi kerak. tahlikali, globallashuv zamoni shuni taqozo etmoqda. Xuddi shu maqsadda joriy yilning 19 yanvar kuni Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi tashabbusi bilan “Ta’limning sifat va samaradorligini oshirishda pedagog va matbuot hamkorligi” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institutning “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasining dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi Rahimboy Jumaniyozov boshqarib bordi. U tadbirning dolzarbligi va ahamiyati haqida so‘zlab institut rektori nomidan mehmonlarga va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi. So‘ngra TVXTQTMOI ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Muhabbat Musaevaga so‘z berdi.
So‘ngra “Boshlang‘ich ta’limda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzuida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim” kafedrasi mudiri SH.Mirzaxmatova o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
“Bola tarbiyasida matbuotning ahamiyati” borasida “Tong yulduzi” gazetasi katta muxbirlari Dilorom Hotamova va Jamoliddin Abdullaevlar so‘zga chiqishdi.
Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi markaziy kengashi huzuridagi faxriylar va yoshlar bilan ishlash guruhi a’zosi Gulchehra Karimova matbuot nashrlarining o‘rni oshsa oshadiki, aslo kamaymasligini e’tirof eta turib, yoshlarga mutolaa masalasida imkoniyatlar yaratish kerakligini aytib o‘tdilar.
So‘ngra “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari Gulmira Komilova hamkorlikning samarasi pedagog faoliyatida matbuotning o‘rni zarurligini qayd etdilar.
Bo‘lim muharrirlari SHahnoza Vosiqova hamda Dilshod Ro‘ziqulovlar bolalar kitobxonligini o‘stirish bugungi kunning muhim muammolaridan ekanligini ta’kidlashdi.
Tadbir nihoyasida tinglovchilar bilan o‘tgan qizg‘in savol-javob va bahs-munozara har uchala tomon uchun ham manfaatli bo‘lgani sir emas.
Gazeta va jurnal tahririyatining faollari o‘zlari bilan keltirgan taqvim va boshqa o‘quv-yozuv anjomlarini tinglovchi pedagoglarga taqdim etishdi. Boshlovchi barcha ishtirokchilarni hamkorlikka chorlay turib, ushbu tadbirni tashkillashtirishdagi jonkuyarliklari uchun YUnusobod tumanidagi 272-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari opa-singillar Nilufar Pirimqulova hamda Dilorom Mo‘minovalarga o‘zining samimiy minnatdorchiligini izhor qildi.
Hayotimizning tinch, xalqimizning osoyishtaligi osmonimizning musaffoligiga bog‘liq. Demak, tinchliksevar xalqimizning niyati dunyo xalqlariga ham tinchlik tilashdir. Jaholatga qarshi ma’rifat quroli matbuot ekanligini yaxshi idrok etishimiz kerak. Buning uchun esa vaqtli nashrlarga e’tiborimiz kuchli bo‘lishi lozim. Ezgulik tong yulduziga monanddir. Uni ko‘rmoqchi bo‘lganlar tongda uyg‘oq bo‘lishi zarur. G‘ofil kimsa esa ko‘zi ochiq holda hech narsani idrok eta olmaydi. G‘aflatdan qochish, jaholatdan qochish ma’rifatga yuz tutishdir. Ma’naviyatli va ma’rifatli insonlar hamisha umid yulduzini, yulduzli tongni albatta, qarshilaydilar. CHunki, xalqimiz ongi, jahonga soladigan bongi, qozonadigan dongi ma’rifat tongi bilan.