Konstitutsiya — qomus va nomus demakdir
Har bir inson, muayyan jamiyatda yashaydigan fuqaro, avvalo, o‘z huquqlarini tanishi va amal qilishi bu burch, boshqacha aytganda farzu qarz. Ayrim davlatlardagi shariat qonunlariga rioya qilish qay darajada muqaddas bo‘lsa, huquq va burchlarimizning ko‘zgusi bo‘lgan konstitutsiyani muqaddas bilish va itoat etish ham shu darajada ahamiyatlidir. 6 ta bo‘lim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi o‘zining adolatparvarligi va xalqparvarligi bilan dunyo qomuslaridan ajralib turishi tayin. Uning targ‘iboti va tashviqoti o‘zlikni anglatish, ilm olish, mehnat qilish va dam olish kabi huquqiy me’yorlarni o‘zida ifoda etishi bilan xarakterlidir. Xuddi shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Ma’naviyat...
Continue reading