«Kamolot»ning kamoloti
“Tayanch va suyanch, ertangi kunning hal qiluvchi kuchi” – deya e’tirof etilayotgan yoshlarga yurtimizning, yurtboshimizning ishonchi va e’tiborlari katta. Har qanday davlatning, jamiyatning kelajagi, shubhasizki, yoshlar bilan bog‘liq. Aniqrog‘i, ularning ertaga kim bo‘lib voyaga etishi bugun berilayotgan ta’lim va tarbiyaning sifati, salmog‘i va samarasi bilandir. YOshlarning ongu shuuri, saviyasi, dunyoqarashi, bilim darajasining yuqori bo‘lishi mustaqil davlatimizning istiqboli va xalqimiz iqbolining porloqligidan dalolat beradi. SHuning uchun ham, yuksak bilimli, intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti ekani davlatimizning ustuvor siyosatiga aylangani bejiz emas. YOshlikka xos jasorat va jur’at, g‘ayrat va matonat, qalb qaynoqligi etuk bilim...
Continue reading