9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yоtoqxonadagi talabalar bilan uchrashuv

notiq.uz > Arxiv  > Yоtoqxonadagi talabalar bilan uchrashuv

Yоtoqxonadagi talabalar bilan uchrashuv

Ta’lim talabi nutq bilan, tarbiya talabi xulq bilan. Inson kamolot pog‘onalarini ana shu ikki asos bilan zabt eta oladi. Bu nutqiy va xulqiy madaniyatdir. Talabalarning qiziqishi, dunyoqarashi, o‘zini tutishi, kiyinishi va ko‘rinishi, nutqi va xulqi doimo diqqat markazimizda bo‘lishini inobatga olgan holda, yotoqxonada turuvchi talabalar bilan erkin suhbat o‘tkazildi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Sahna nutqi” kafedrasining professor o‘qituvchilari Maxsuma Xodjimatova, Isoqtoy Jumanov, Ramziddin Qodirov, SHokir YUsupov, Rahimboy Jumaniyozov, Anvar Qurbonov, Bahodir Mardievlar ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbirda shaxs ma’naviy kamolotida mutolaaning o‘rni borasida so‘z ketdi. Kitob mutolaasi nutq va fikr manbai ekanini unutmaslik kerakligi ta’kidlandi. SHunchaki kitobxon emas, balki chin  kitobsevar bo‘lish foydalik ekani uqtirildi.

Ramziddin Qodirov va Isoqtoy Jumanovlar o‘z chiqishlarida talabaning ma’naviyati yotoqxonada turishdan tortib, o‘quv muassasasida o‘zining tutishi va kiyinishigacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olishi, talabalik libosi hamma uchun  bir xil talab ekani, o‘qish joyida allambalo kiyimlar kiyib, turli taqinchoqlar taqish qattiq taqiqlanishini e’tirof etib o‘tdilar. Bu holat talabaning ma’naviyatsizligidan dalolat beribgina qolmasdan, balki uning ta’lim talablariga mas’uliyatsizligini ham anglatadi. So‘ngra kitob o‘qishning sir-sinoati, undan nimanidir anglash va uqish ehtiyoji bo‘lmasa, harakat besamar va puch bo‘lishi xususida kafedra dotsenti Rahimboy Jumaniyozov so‘zga chiqdi. “Bir paytlari men 300 sahifalik kitobni uch kunda o‘qir edim, endilikda 3 betlik maqolani uch kunda o‘qiyman. Sababi ayon. Oldin men shunchaki ko‘z yugurtirib, kitob muallifining maqsadini to‘la his etmasdan, tezroq o‘qib chiqish qayg‘usida bo‘lganman. Hozirda esa har bir so‘z, har bir jumla zamiridagi ma’no va mazmunni uqib, tahliliy nazardan o‘tkazib o‘qish zaruratini sezganman. O‘zimni muallif bilan go‘yoki suhbatlashganday tutib o‘qiyman. Fikr va mulohazalariga qo‘shilishim yoki inkor etishim alomatlarini qalam bilan kitob hoshiyasiga yozib boraman. Ovoz chiqarib o‘qishning ham xosiyati kuchli. Avram Linkolndan “nega shunday usulni qo‘llaysiz?” deganlarida, “chunki men matnni ikki a’zo bilan quloq va ko‘z, ya’ni eshitish va ko‘rish organi orqali qabul qilaman. Bu esa o‘qigan narsalarimni uzoq vaqt yodda saqlashimga imkon tug‘diradi,” deb javob bergan.

Bundan anglashiladiki, ovoz chiqarib o‘qish nutqning ravon va talaffuzning aniq bo‘lishi uchun ham ahamiyatlidir. Bu holatni men hanuzgacha takrorlayman. Imkon bo‘lsa, ovozni yozib eshitaman, noto‘g‘ri o‘qilgan so‘z va iboralarni, qayta o‘qib tuzatishga intilaman.

So‘ngra u talabalarning bilim darajasini sinovdan o‘tkazish ilinjida o‘zining yaqinda chop etilgan kitoblarini sovg‘a qilishini aytdi. Tezkor, topqir talabalar tanlovini o‘tkazish asosida g‘oliblarga o‘z kitobini taqdim etish niyatida ikkita savol berdi.

1 – savol: Fir’avn hukmdorlaridan Ramzes 2 tomonidan “ruhiy darmon” deb atalgan manzilgoh, ya’ni ijtimoiy tuzilmaning nomi nima?

Bu savolga talabalar o‘z taxminlarini aytishdi. Uzoq vaqt javob izlashganlaridan so‘ng Isfandiyor ismli musiqa yo‘nalishida tahsil oluvchi talaba to‘g‘ri javob topib, muallifning “Ta’lim, tarbiya, tafakkur, taraqqiyot” nomli kitobini qo‘lga kiritdi. Javob “Kutubxona” edi.

2 – savol: YUnus Emraning “Meni menda demang menda emasman, bir men bordir menda mendan ichkari” degan hikmatida “men ichra men” sifatida nimani nazarda tutgan? Talabalar bu savolga ham o‘z taxminlarini aytishdi va nihoyat Nurali ismli talaba to‘g‘ri javob “Nafs” ekanligini aytib, muallifning ikkinchi kitobi “Muomala madaniyati”ni yutib olishga muvaffaq bo‘ldi.

SHundan so‘ngra talabalar bilan prorektor va fakultet dekanlarining o‘zaro suhbati boshlandi. Talaba o‘z nomi bilan ilm talab etuvchidir. SHunday ekan, ularning asosiy maqsadi ilm yo‘lida izlanish ekanligini aslo unutmasliklari zarur. Mutafakkir Alisher Navoiy hazratlarining “Yigitlikda yig‘ ilmning maxzanin, qarilik chog‘ida xarj qilg‘il ani” degan hikmati zamiridagi ma’noni uqishning o‘zi kifoyadir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.