9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Arxiv

notiq.uz > Arxiv (Page 6)

Uni kuchliroq sev

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aslida, ochiq dars. Boshqacha aytganda, noan’anaviy dars. Ularning samarasi va ta’sir kuchi o‘zgacha bo‘ladi. Har kuni bir xil taom eyaversangiz, me’dangizga tegadi, tab’ingizni tirriq qiladi, zada bo‘lib ketasiz. SHuning uchun ham xilma-xil taom iste’mol qilish odamzodning tabiatiga xos. SHuni his etgan holda, TVXTXQTMOIda har oyda taniqli shoir va yozuvchilar, mashhur san’atkorlar ishtirokida tadbir o‘tkazilishi odat tusiga kirgan. Muhammad Ismoil institutimizning xos shoirlaridan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Pedagoglarning xohish istagi va talabi o‘laroq bu gal ham uning ishtirogida o‘tkazilgan adabiy-musiqiy kecha ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. SHoirning yangi chop etilgan kitobi yuzasidan savol-javoblar bilan o‘tgan kechaning fayziga fayz qo‘shishda xushovoz...

Continue reading

Unvon

Odamzot tabiatida e’tiborga moyillik bo‘ladi. E’tiborga e’tibor nechun – e’tiborsiz qolganim uchun, - deb yuradi. Ko‘pchilikning nigohida, e’tiborida bo‘lishni orzu qiladi. Odatda, u qilgan ishlari, ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofotlanadi, rag‘batlantiriladi yoki martabasi oshiriladi. Bu jarayon ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida, fanda ham, ishlab chiqarishda ham, harbiy sohada ham, qo‘yingki, barcha jarayonlarda o‘z ro‘yobini ko‘rsatadi. Bu ham e’tiboru ehtiromning bir belgisi. Ba’zilar uchun bunday rag‘batlarning qizig‘i yo‘q. Ular o‘z kasbini sevadi, shu bilan ovunadi, tinmay ishlayveradi. Uning umr mazmuni kasbi, mehnat jamoasi, oila a’zolari, zahmatkash xalqi va vatani bilan. Do‘stlarimdan biri “YOzgan kitoblaringizni, ilmiy tadqiqotlaringizni menga bering”, - deb qoldi. “Nega”? - desam,...

Continue reading

Ibrat va iftixor maktabi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_single_image image="4839" img_size="full"][vc_empty_space][vc_column_text]Shunday insonlar bo‘ladiki, ularning hayoti ibrat, o‘zlari ham, so‘zlari ham o‘rnak bo‘ladi. Ulardagi ilohiydan berilgan yuksak boshqarish madaniyatiga havas qilasan kishi. Ularning tiynatida olimlik va odamiylik fazilatlari o‘zaro uyg‘un bo‘ladi. Ta’limni ham, tarbiyani ham, muomala va muloqotni ham o‘z joyiga qo‘ya oladi. Hayot yo‘li butun bir jamiyatimizning qalbu qiyofatini o‘zida aks ettira oladi. SHu haqda so‘z ochsam, beixtiyor ko‘p yillar mobaynida ta’lim va tarbiya tushunchalarini taqdiriga aylantirgan, ta’lim tizimida uzoq yillar rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan Risboy Haydarovich Jo‘raevni eng avvalo, tilga olaman. E’zozli ustozimiz qutlug‘ yoshlarga etgan bo‘lsalar-da, ular hamon ilk safda, shogirdlariga o‘rnak va saboq maktabi...

Continue reading

Maslahatchilar maslahati

Mana, bir necha yildirki, keng sur’atda, muntazam ravishda mahalla o‘quvi tashkil etilgan. Fuqarolar yig‘ini raislari, diniy ma’rifat va axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchilar, posbonlar hamda kotiblar uchun, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bugungi davr talab etayotgan masalalarga o‘zlarining oqilona va odilona munosabatlarini bildira oladigan, keng dunyoqarash egasi bo‘lib shakllanishlari uchun turli mavzularda taniqli, tajribali professor o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar berib borilmoqda. Mahallaning yuzi ko‘zi, qulog‘i, yuragi bo‘lish ularning yakdil maqsadidir. Ayni damda bu holat tinchligimiz kafolatidir. Oilaning tinchligi mahalla va davlatimizning osoyishta hayotiga mezondir. O‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lgan mahalla noyob institut sifatida yashab keladi. O‘zining an’analari va milliy qadriyatlari bilan sinashta...

Continue reading

Malaka oshirish – bilim orttirish

Mashriqzaminda mulk sohibiga molik, mulk sohibasiga malika deyilgan. SHunday ekan, mulk, molik, malika, malaka so‘zlari o‘zakdosh arabiy so‘zlardir. Malaka oshirish ham xuddi shu ma’noda olingan, oshirilgan bilimga egalik mazmunini ifodalaydi. Davrimiz axborot asri, texnika asri bo‘lgani bois har kungi yangi axborot va bilimlardan xabardor bo‘linmasa, zamondan orqada qolish hech gap emas. Axborot xurujlari kuchaygan, ayni tahlikali, globallashuv zamonida o‘z bilimimizni oshirmasak, ma’lum bir malakaga ega bo‘lmasak, biz o‘z sohamizning chin bilimdoni hisoblanmaymiz. SHuning uchun ham Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” nodavlat ta’lim muassasasida har hafta turli vazirlik, qo‘mita va idora muassasalari xodimlari davriy va dolzarb mavzularda bilim olib,...

Continue reading

Maktabdagi muloqot

Kimningdir tashabbusi va kimningdir tashkilotchiligi bilan tadbirlar tashkil etiladi, ko‘ngildagidek o‘tkaziladi. Tadbir mehmonlari va ishtirokchilarning fikr almashuvlari va o‘zaro muloqoti esa ma’naviy ma’rifiy tadbirga jon kirgizadi. Qarsak ikki qo‘ldan chiqqani singari uchrashuvga taklif etilgan mehmonlar va o‘quvchilarning iliq kutib olishlari davraga fayz kiritishiga yana bir bor ishonch hosil qildik. TVPKQTMOI da o‘z malakasini oshirib qaytgan Lobarxon o‘zining tashkilotchilik qobiliyati bilan pedagoglar jamoasining e’tibori va ishonchini qozongandi. U o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan Olmaliqdagi 11 sonli maktabga o‘quvchilar bilan muloqot maqsadida “Iqtidor-ma’rifat” intellektual ijodiy jamoasini, ya’ni sayyor truppani taklif etdi. Ijodiy guruh maktabga kirib borgani zahoti o‘z o‘quvchilari bilan maktab direktori Gildanova Raliya...

Continue reading

Qo‘sh qutlov

«O‘zbekiston» nashriyotiga kirib borganimizda, hamma o‘z ishi bilan band edi. Muharrirlar matnlarning tahriri bilan, musahhihlar kitoblarning korrekturasini sinchiklab ko‘rish bilan, musavvirlar muqova va  kitoblar muqovasi bezaklari bilan ovvora edi. Bosh muharrir Ashurali Jo‘raev va muharrir o‘rinbosari Azimboy Boboniyozov bilan bir piyola ustida qizg‘in  suhbatimiz boshlandi. Navbatdagi nashrga tayyorlanayotgan O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Qodir Maqsumovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Toshkentdan gapiramiz!” nomli kitob xususida suhbatlashib o‘tirdik. SHu payt xursand va mamnun kayfiyatda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, yirik tarixshunos olim Ahmadali Asqarov kirib keldilar. Ushbu nashriyotda yaqindagina chop etilgan   “O‘zbek xalqining kelib chiqish tarixi” nomli yirik kitobi bilan domlani qutlagan bo‘ldim....

Continue reading

Kundin kun yaxshi

(Botirjon Ergashev bilan muloqot) Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ichki bog‘iga kirsangiz, go‘zal, ajib bir manzaraning guvohi bo‘lasiz. YAm-yashil gilam tortilgandek bog‘ning o‘rtasida ikkita laylak biri zaminga, ikkinchisi samoga tikilgancha turibdi. Uning timsoliy ma’nosi shuki, odamzot samo bilan sirlasha oladi, lekin ona zamindan quvvat oladi. Ikkinchi bir ma’nosi shulki, ustozlar ilm nurini sochadi, o‘quvchilar undan bahra olib ezgulik, bunyodkorlik ishlarini amalga oshiradilar. YA’ni, samodan quyosh nuri va yomg‘ir suvi erga taralib, erdan quyosh ungani singari. Institut jamoasi turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shoiru san’atkorlar bilan muloqotlar o‘tkaziladigan ushbu maskanni “amfiteatr” deb atashlar ham bejiz emas. “Ma’rifat fidoyilari” rukni...

Continue reading

Odamzot hamisha quyoshga talpinib yashaydi

Oftob esa o‘zining beminnat nuri va harorati bilan minglab dardlarga davo. Endilikda elektr manbai ham u bilan, ya’ni quyosh energiyasi bilan. Oqtosh tomonlarga, Soyliq qishlog‘i tomonga hech yo‘lingiz tushganmi? Nevaramning tobi yo‘qligini aytganimda, Soyliq qishlog‘i tomonda quyoshning chiqishini kutib olish manzilgohiga, aniqrog‘i ko‘ngilgohiga borishimni maslahat berishdi. Sobiq ichki xizmat xodimi hozirda mahalla posboni Ma’murjon degan birodarimizning xizmati bilan Abduxoliq ismlik Soylik qishlog‘ida yashovchi insonning uyida bir hafta istiqomat qildik. Bu erda havo tozaligi, elu yurtga ovozaligi borasida gapirishdi. Toza havodan bahramandlik, quyoshning chiqishini kutish uchun tog‘ tepasiga chiqish shavqi, muzdek suvga cho‘milish zavqi meni chetlamadi. Respublikamizning turli viloyatlaridan, Qoraqalpog‘iston respublikasidan...

Continue reading

Qumovulda madaniyat maskani

Tadbirlar ma’lum bir niyat, muayyan maqsad, zarurat nuqtai nazaridan tashkil etiladi. Ularning o‘tkazilish joyi har tomonlama qulay bo‘lsa nur ustiga nur. Go‘zallik va ma’naviyat dunyoni qutqarishini hammamiz yaxshi bilamiz. Inson, makon, zamon go‘zalligi azaliy orzu. Imorat uchun qo‘yilgan har bir g‘ishtning o‘z o‘rni bo‘lgani kabi tadbirlarning ham o‘z maqsadi, muhimi, ta’sir kuchi bo‘lgani maqbul. SHu ma’noda, ko‘plab ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinadigan, Toshkent viloyatidagi Qumovulda joylashgan madaniyat markazi nihoyatda did bilan qurilgan, ichki hamda tashqi bezaklar bilan muzayyan etilgan. Ko‘rib ko‘zingiz quvnaydi. Oldin go‘zal edi, yanada go‘zal bo‘lsin,- deya yashil tusdagi yumshoq o‘rindiqlar va gilamlar bilan ziynatlandi, almashtirildi. Endilikda esa,...

Continue reading