9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Maslahatchilar maslahati

notiq.uz > Arxiv  > Maslahatchilar maslahati

Maslahatchilar maslahati

Mana, bir necha yildirki, keng sur’atda, muntazam ravishda mahalla o‘quvi tashkil etilgan. Fuqarolar yig‘ini raislari, diniy ma’rifat va axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchilar, posbonlar hamda kotiblar uchun, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bugungi davr talab etayotgan masalalarga o‘zlarining oqilona va odilona munosabatlarini bildira oladigan, keng dunyoqarash egasi bo‘lib shakllanishlari uchun turli mavzularda taniqli, tajribali professor o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar berib borilmoqda. Mahallaning yuzi ko‘zi, qulog‘i, yuragi bo‘lish ularning yakdil maqsadidir. Ayni damda bu holat tinchligimiz kafolatidir. Oilaning tinchligi mahalla va davlatimizning osoyishta hayotiga mezondir. O‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lgan mahalla noyob institut sifatida yashab keladi. O‘zining an’analari va milliy qadriyatlari bilan sinashta bo‘lgan mahalla tarixi uzoq asrlarga borib bog‘lanadi. Mahalla birlik va yakdillik, ahillik va do‘stlik uchun muhim omildir. SHunday ekan, mamlakatimiz mustahkamligining poydevori ham mahalladir. Respublikamiz bo‘ylab keng ravishda yo‘lga qo‘yilgan amaliy va nazariy bilimlar berish endilikda o‘zining ijobiy natijalarini va samaralarini bermoqda.

Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kursi”da ham ta’limiy jarayon o‘z sohasining etuk bilimdoni, amaliyotchi va nazariyotchi olimlar ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, kuni kecha “Diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar”ga saboq berildi. Mavzu bo‘yicha savol berish ularning fikrlash va ish yuritish malakalari sinovdan o‘tkazildi. Berilgan savollarga tezkorligi va topqirligi bilan ajralib turgan ayrim maslahatchilarni rag‘batlantirish yo‘sinida olib borilgan dars mashg‘ulotlari ularning faolligini oshiribgina qolmay, ta’limning samarasiga ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazishi sir emasligi ayon bo‘ldi. Bu borada o‘z mulohazalari bilan e’tiborga molik bo‘lgan YAngiyo‘l tumani U. Musaev qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli CHang-tepa MFY maslahatchisi Miraxmedova Maxmuda Ahmadjonovna ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi. Bilmaslik ayb emas, bilishga intilmaslik ayb deyishadi. SHunday ekan, bilmaganlarimizni so‘rab o‘rganishdan or qilmaslik haqidagi Navoiy hikmatlari beixtiyor yodga keladi. Mahalla faollari bugungi kunda chinakam targ‘ibotchi va tashviqotchidir. Barcha muammolarga  bilim va aql ko‘zi bilan qarashlari, ziyraklik va ogohlik nazari bilan boqishlari zarur. Maslahatchilarning maslahati bilim, tafakkur, axloqiy va huquqiy me’yorlarni talab etishi haq. Buni anglash, his etish va amalda qo‘llay olish uquvi esa davr talabi, zamon taqozosidir.

Ularning bilimlarini sinash uchun beriladigan savol va javoblardan ayrimlarini keltirish maqsadga muvofiqdir.

Savol: Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 12 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan  “Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010 y., 39-son, 341-modda)ning asosiy maqsadi nimadan iborat?

Javob: Ushbu Qonunning maqsadi voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Savol: YAkka tartibdagi profilaktika ishi nima demakdir?

Javob: ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlar va oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga etmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyat;

Savol: Ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan oila nimalar bilan xarakterlanadi?

Javob: Ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar voyaga etmaganlarni ta’minlash, tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan yoxud ularning xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yoki ular bilan shafqatsiz muomalada bo‘layotgan oila;

Savol: Voyaga etmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?

Javob: Ular quyidagilardir: qonuniylik; insonparvarlik; tizimlilik; oilani qo‘llab-quvvatlash va u bilan o‘zaro hamkorlik qilish; ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga etmaganlarning tarbiyasiga yakka tartibda yondashish.

Savol: «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilingan?

Javob: 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan.

Savol: «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar  to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 99-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 y., 52-son, 513-modda)gi ushbu Qonunning maqsadi nima?

Javob: Ushbu Qonunning maqsadi har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat.

Savol: Vijdon erkinligi huquqi bu nima demakdir?

Javob: Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir. Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Voyaga etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga e’tiqodlar erkinligi milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini, boshqa fuqarolarning hayoti, salomatligi, axloqi, huquqi va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin.CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.

Savol: Ta’lim tizimi va din qanday yo‘sinda amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar ta’min etiladi.

Savol:  Diniy tashkilotlarning xayriya faoliyati nima?

Javob: Diniy tashkilotlar xayriya va mehr-muruvvat faoliyatini amalga oshirishga haqlidir.

Savol: “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi qonuni qachon qabul qilingan?

Javob: 2008 yil 17 apreldaqabul qilingan.

Savol: O‘zbekiston Respublikasining «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Respublika Idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Javob: odam savdosiga qarshi kurashish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish; odam savdosiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish; odam savdosi ko‘lami, holati va tendensiyalari to‘g‘risida axborot to‘plash va tahlil etish; hududiy idoralararo komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish; odam savdosi jabrdiydalariga yordam ko‘rsatish va himoya qilish ishlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash; odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; odam savdosiga qarshi kurashish masalalari to‘g‘risida aholini xabardor qilish tadbirlarini tashkil etish.

Savol: Terrorizmga qarshi kurashning asosiy prinsiplari nimalar?

Javob: qonuniylik; shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi; jazoning muqarrarligi; terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg‘unligi; jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o‘tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik.

Savol: Terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha davlat organlari qaysilar?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Savol: Narkotiklarga qarshi kurash mexanizmlari qaysilar?

Javob: huquq-tartibot organlari faoliyatini takomillashtirish; aholi orasida  giyohvandlik va narkojinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha uzluksiz tushuntirish ishlari olib borish; bu sohada jamoatchilikning rolini oshirish.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.