9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Arxiv

notiq.uz > Arxiv (Page 9)

Defektolog talabalar bilan muloqot

Antik dunyoda Shoh Fillip saroyida ikki uch yashar bolalarga, jumladan dunyoga dong‘i ketgan jahongir shoh Adeksandr Makedonskiyga ham bolaligida talaffuz, nutq bo‘yicha saboq bergan Aristotel haqida eshitganmiz, o‘qiganmiz.  Demak, bolalarning nutqiy rivojlanishiga e’tibor juda yoshligidan boshlansa, kelajakda u logopedga ehtiyoj sezmaydi. Har bir tovushni va so‘zlarni aniq talaffuz qiladigan bo‘ladi. Hatto, oltmish yoshni qoralagan ayrim kishilarning ham “R” titroq tovushini talaffuz qilolmasligini bilasiz. Yoshlikdan qilingan e’tiborsizlik, ularning chuchuk tilli bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan. YUnon, Eron, Turonda ham nutqi ravon, chiroyli talaffuzi va mazmunli nutqi bilan ommaning hayratiga sabab bo‘lgan buyuk voizlar etishib chiqqan. Sitseron, Demosfen, Aristotel g‘arbda qanchalik mashhur bo‘lgan...

Continue reading

Daraxt bir joyda ildiz otadi

Daraxt bir joyda ildiz otadi, deyishadi. Darhaqiqat, uning joyini almashtirsangiz oldingiday meva ham bermaydi, soya ham.  Daraxt baxtning ham, odamzot sulolasining ham timsoli. Odatda, daraxtning tomiri boboga, tanasi ota-onaga, shoxlari farzandlarga, novda-yu butoqlari nevara-yu chevaralarga qiyoslanadi.  Arabchadan o‘girilganda, “shajara” daraxt demakdir. SHuning uchun ham u sulolaning ma’nodoshi. 80 yoshni qoralagan, aniqrog‘i, oqlagan va haqlagan inson 45 yil bir maktabda direktorlik qilish, jamoaning ishonchini qozonish, hurmatiga sazovor bo‘lish fidoyi pedagoglarga xos. “Xalq maorifi a’lochisi”, “Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni sohibi Mazbut aka Mahkamov ana shunday halol, pok, ta’lim va tarbiyaga sadoqatli va mas’uliyatli inson. “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan “Diydor shirin” deb...

Continue reading

DAVRA BOSHQARISH MADANIYATI

Diktor – so‘z ustalari borligini inkor etmoqchi emasmiz. Diktorlarning suxandonlik mahoratini egallashga bo‘lgan harakatlari ibratlidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, «matn quli bo‘lgan diktor misli bog‘lab qo‘yilgan quyondir». Hatto, matn o‘qiyotgan paytda, yanglishib ketib, o‘zini o‘nglab olishning uddasidan chiqolmaydigan diktorlar ham yo‘q emas. Matn mazmunini to‘la anglab ololmagan diktor yo‘l tadorikini ko‘rmasdan safarga chiqqan musofirdir. SHunisi achinarliki, ba’zilari diktorlikning oddiy talablariga xam rioya etishmaydi. Bu haqda E.Emelyanovaning mulohazalari e’tiborlidir. “Tinglovchi yoki tomoshabin bilan munosabatda soddalik va tabiiylik bo‘lishi lozim. O‘qiyotganda so‘zlayotgandek taassurot uyg‘ota olish maqsadga muvofiqdir.” Matnni to‘la o‘zlashtirish, boshqacha aytganda, «o‘ziga ko‘chirish», matn mazmunini, muallif maqsadini anglab etish asnosida ish tutish lozim....

Continue reading

Davr da’vati

Har bir davr, har bir davlatning ham o‘ziga yarasha muammolari va talablari bo‘lishi muqarrar.  Xalqaro munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar uchun jahoniy tillarni o‘rganish va o‘rgatish muhim masalalardandir. Busiz taraqqiyotni tasavvur etish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875 – sonli qarori xuddi shu mazmundagi bo‘shliqni to‘ldirishga asos bo‘lgani sir emas. Ana shu qarorning ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi maktablarda ham jadal sur’atlarda ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...

Continue reading

Go‘zallik haqida talabalar

Har kimning o‘z qarashi, o‘z mulohazasi bor. Bu did bilan, estetik va etik me’yorlar bilan bog‘liq. Did bilan dillashish, aslo mumkin emas. Narsa-hodisani baholash aslida, o‘zingni baholashdir. Xo‘sh, go‘zallik deganda siz nimani tushunasiz? - degan savolga O‘zDSMI “Xalq ijodiyoti” fakultetining Folklor-etnografik jamoalariga rahbarlik yo‘nalishi 2 - bosqich talabalari har xil javob qaytarishdi.  Masalaga qaysi tomondan qanday fikriy rakurs bilan yondashish har kimning o‘ziga bog‘ilqligi ayon. “Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan quriladi” - degan fikrni hammamiz bilamiz. Demak, go‘zallik ma’naviyat u dunyoni qutqaruvchi engilmas kuch. Insonning o‘zi va so‘zi, ko‘rinishi va kiyinishi, yurish-turishi, nutqi va xulqi go‘zal bo‘lsa, u albatta ibrat namunasidir....

Continue reading

Go‘zal gurunglar

Tarix ilmiga qalb qo‘rini baxsh etib qator kitoblari bilan e’tiborga va ehtiromga sazovor bo‘lib kelayotgan Anbara opa Otamurodova va Ollanazar akamlar menga qo‘ng‘iroq qilib uylariga taklif etdilar. Sozu so‘zu suhbatdan fikr rang oladi, insonning bilim doirasi kengayadi degan mazmunda gurunglashadigan do‘stlar taklif etilgandi. Do‘stlar diydori aziz  diltortar suhbat qalbga huzur baxsh etadi. Bu an’ana o‘tmishda muhim rol o‘ynagan. Alisher Navoiy o‘zining “Majolis un nafois” tazkirasida ahli san’at, ahli ilm va ahli hunarlar haqida ma’lumot berarkan, ular ishtirokida o‘tkaziladigan nafis majlislar borasida so‘z boradi. Ollanazar akamlarning fayzli va muborak xonadonlariga kirib borganimda, mustaqil O‘zbekistonimizda o‘z o‘rniga, obro‘ va hurmatiga ega bo‘lgan shoiru fuzalo,...

Continue reading

Go‘zal gurunglar shuuri

Go‘zal gurunglar shuuri Maqbul mashvaratlar, bir piyola choy atrofidagi samimiy suhbatlar nimanidir o‘rganish, eshitish zavq-shavqini beradi kishiga. Ayniqsa, ma’naviyat sarchashmasining darg‘alari bor bo‘lgan davrada ko‘p narsalarni bilasiz, o‘rganasiz, bilganlaringizni mustahkamlaysiz. Qadrdon do‘stlarimizdan Safarboy YAngiobod choyxonasiga bir guruh do‘stlarni taklif etdilar. Iste’dodli shoirlarimizdan Erkin Samandarov, ko‘p yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida ishlagan, shoir O‘tkir Jo‘raev, fotograf va san’atkor Erkaboy Jumagaldiev, travmatolog, tibbiyot fanlari nomzodi Ro‘zimboy va boshqa bir qancha do‘stlar jamuljam bo‘lishgandi. Erkin aka “Hazorasp” atamasining asl kelib chiqishi “ming ot” bilan bog‘liq emas, balki qadimgi ajdodlarimiz hazar va os qabila nomlari bilan bog‘liq ekanliklarini aytib o‘tdilar. SHuning uchun ham xalq...

Continue reading

G’oyaviy omil

G‘oyaviy omil Turli davrlarda, turli makonlarda xalqi qudrati va ulug‘vorligini o‘zida mujassam etadigan buyuk siymolari bo‘ladi. Ular o‘zi mansub bo‘lgan xalqning ramziga, davlatning timsoliga aylanishi muqarrar. “Bizning kuch qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, biz qurdirgan imoratlarga nazar soling” degan mazmunidagi bitiklari, markazlashgan davlat barpo etishdek buyuk xizmatlari bilan dong qozongan sohibqiron Amir Temur ana shunday shaxslardandir. Uning o‘z xalqi orzu-maqsadlari, ulug‘ va qutlug‘ g‘oyalar yo‘lidagi sobitqadamligi va kamarbastaligiga tarix shohid. TVXTXQTMO institutida 2016 yil 4 aprel kuni Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlangan “Milliy g‘oya targ‘ibotida...

Continue reading

“Yоt g‘oya – yov g‘oya”

“Yоt g‘oya – yov g‘oya” Xuddi shu nom bilan O‘zMUning madaniyat saroyida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir yig‘ilganlarning ongli va faol ishtiroki bilan ajralib turdi. Unda O‘zMU qoshidagi 2 – sonli akademik litseyning o‘quvchi yoshlari qatnashishdi. Tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining rektori Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzo Azizov va iqtidorli aktrisa. O‘zDSMI “Sahna nutqi” kafedrasining o‘qituvchisi Rayhona Ulasenovalar ishtirok etishdi. Millat tanlamas illatlardan hisoblangan har xil g‘ayri oqimlarning ta’siri va tahdidi insoniyat hayotiga qutqu solayotgani, shulardan biri ISHID ekani borasida H. Yo‘ldoshxo‘jaev o‘z mulohazalarini bildirdi. “Iroq SHom islom davlati” nomi bilan ish tutishning zararli oqibatlari, unga qarshi turish va...

Continue reading

Jim o‘tirgan bilimsizmi?

Jim o‘tirgan bilimsizmi? Biron narsani bilgan bilan bilimdon, bilmagan bilan bilimsiz bo‘lib qolmaydi kishi. Bilim boshqa ishonch boshqa, sevgi boshqa unga sadoqat boshqa. Insonning bilganidan bilmagani ko‘p. Suqrot huda-behuda “Ko‘p narsalarning bilmasligimning bilimdoniman”, - demagan. SHunday insonlar bo‘ladiki, ular ko‘p narsani biladiyu, aytishga jur’at qilmaydi andisha qiladi yoxud istihola qilib indamaslikni odobning ulug‘i sanaydi. Ko‘pchilik o‘z fikrini bemalol aytishga iymanadi. Go‘yoki, noto‘g‘ri aytsa xijolat chekib qoladigandek. Bu esa insonni fikrsizlikka etaklaydi. Nemis klassigi Lessingning bir fikriga e’tiboringizni qaratmoqchiman: “Mayli adashing, mayli fikringiz noto‘g‘ri, asossiz bo‘lsin, mayli xato qiling, eng muhimi o‘z fikringiz bo‘lsin.”  Fikrni emas, fikrlashni o‘rganish va o‘rgatish muhim muammo....

Continue reading