9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Kundin kun yaxshi

notiq.uz > Arxiv  > Kundin kun yaxshi

Kundin kun yaxshi

(Botirjon Ergashev bilan muloqot)

Toshkent viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining ichki bog‘iga kirsangiz, go‘zal, ajib bir manzaraning guvohi bo‘lasiz. YAm-yashil gilam tortilgandek bog‘ning o‘rtasida ikkita laylak biri zaminga, ikkinchisi samoga tikilgancha turibdi. Uning timsoliy ma’nosi shuki, odamzot samo bilan sirlasha oladi, lekin ona zamindan quvvat oladi. Ikkinchi bir ma’nosi shulki, ustozlar ilm nurini sochadi, o‘quvchilar undan bahra olib ezgulik, bunyodkorlik ishlarini amalga oshiradilar. YA’ni, samodan quyosh nuri va yomg‘ir suvi erga taralib, erdan quyosh ungani singari. Institut jamoasi turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, shoiru san’atkorlar bilan muloqotlar o‘tkaziladigan ushbu maskanni “amfiteatr” deb atashlar ham bejiz emas.

“Ma’rifat fidoyilari” rukni ostida Toshkent viloyati YOzuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, shoir Botir Ergashevning ijodiy kechasi xuddi shu amfiteatrda institutda ta’lim olayotgan qayta tayyorlash kursining 350 ta tinglovchilar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

“Adabiyot yashasa millat yashar. Adabiyotga e’tibor-kelajakka e’tibor“ deyilishi bejiz emas. Adabiyotning qo‘rg‘oni adiblardir. So‘zga kuch va qudrat baxsh etish uni o‘z o‘rnida qo‘llash bilan bog‘liqdir. SHunday ekan, istifoda etilmagan so‘z ham, iste’molda bo‘lmagan til ham o‘likdir. Unga ruh va mazmun baxsh etadigan, boshqacha aytganda, uni tiriltiradiganlar yozuvchi va shoirlardir. So‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llab uning ma’no tarovatini yoyadigan, unga ruh va mazmun baxsh etadigan, tartibga keltiradigan intizom ya’ni nazm teruvchisidir.  SHoirning “Kundan kun yaxshi” nomli majmuasiga so‘z boshi yozgan ardoqli shoira Farida Afro‘z Botirbek ijodiyotiga xos chizgilarni qayd qiladi. SHoirga xos she’riy topilmalar va uning nozik kuzatishlarni alohida qayd qiladi. SHoirning 70 ga yaqin she’rlari taniqli san’atkorlar tomonidan qo‘shiq qilib aytilgani ham shoirning xalq diliga va didiga yaqin ekanligini anglatadi. Jumladan, Ozodbek Nazarbekov repertuaridagi ko‘plab qo‘shiqlar uning qalamiga mansubligi ham xuddi shu fikrni tasdiqlaydi.

Institut rektori Ro‘zimurod CHoriev ijodiy kechani ocharkan, shoirning ijodiy faoliyati haqida muxtasar ma’lumot berib o‘tdi va shoirga ilhombaxsh ijod zavqi tiladi. SHoir o‘z she’rlaridan ayrim namunalarni o‘qib berarkan, ayni paytda muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi. Taniqli san’atkorlardan “Nihol” mukofotining sovrindori Xurshida Jo‘raeva, Jonli ijro bo‘yicha yoshlar orasida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning mutloq g‘oliblaridan biri Rashodbek A’zamov ijrosidagi qo‘shiqlar davraga fayz kiritdi. SHoirning shuuri she’rda ifodalanadi. Bu uning borligi, boyligi va butun borlig‘iga boisdir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.