9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

IJODIYOT

notiq.uz > IJODIYOT

SAODATGA ELTUVCHI YO‘L, NAJOT ESHIGI VA KAMOLOT MEZONI

Ilmning kuchi Buyuk soʻfiy shoir Jaloliddin Rumiyning munosib vorisi, farzandi Sulton Valad (1226–1312) qalamiga mansub “Maorif” asarida tasavvufning orifona gʻoyalari yuksak badiiy mahorat bilan bayon etilgan. Asarda shunday hikmatli fikr keltiriladi: “Joriy etilgan tartib-qoida, surat va rusumlarning oʻzi amal emas. Amal insonning holdan holga oʻtishi, muttasil poklanib borishidir”. Bu fikrdan anglashiladiki, ilmning haqiqiy samarasi amal bilan namoyon boʻladi. Ilm amaldan ajralgan zahoti oʻz qimmati va foydasini yoʻqotadi. Dunyoda oʻqish va oʻrganishdan ham sharafli, ham lazzatli mashgʻulot kam topiladi. Qurʼoni karimning ilk nozil boʻlgan amri - “Oʻqi!” ekani ham bejiz emas. Bu amr insonni ilmga, maʼrifatga chorlaydi. Shu bilan birga, Qurʼonda ilmli...

Continue reading

HALOL REJISSORNING HAQLI EʼTIROFI

“Rejissyor uchun eng katta mukofot — uning mehnati insonlarga naf keltirayotganini bilishdir. Qolgan barcha mukofotlar esa yillar davomida qilingan halol mehnatning eʼtirofidir.” Qariyb 34 yildirki, mening hayotim “Oʻzbekiston” teleradiokanali bilan chambarchas bogʻlangan. Shu yillar davomida televideniye men uchun shunchaki kasb emas, balki haqiqiy hayot maktabiga aylandi. Aynan shu dargohda men katta tajriba orttirdim, ustozlarimdan saboq oldim va rejissyorlik sanʼatining sir-asrorlarini oʻrgandim. Televideniye boshqa ommaviy axborot vositalaridan farq qiladi. U soʻz, tasvir, ovoz, musiqa va inson tuygʻularini birlashtiruvchi betakror sanʼatdir. Shuning uchun ham rejissyor kasbi katta masʼuliyat, sabr va fidoyilikni talab qiladi. 26 iyun — Xalqaro giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga...

Continue reading

“O‘TGAN KUNLAR” ROMANIDA IJTIMOIY MUAMMOLAR VA MILLIY QADRIYATLAR

Qurolova Vazira, 2008-yil 7-oktabr kuni Samarqand viloyati, Bulungʻur tumanida tug'ilgan Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romani g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda XIX asr oxiridagi Turkiston ijtimoiy hayoti, milliy qadriyatlar, insoniy munosabatlar hamda ma’rifatparvarlik g‘oyalarining badiiy talqini yoritilgan.Abdulla Qodiriy o‘zbek milliy romanchiligining asoschisi sifatida adabiyotimiz tarixida alohida o‘rin egallaydi. Adibning “O‘tgan kunlar” romani o‘zbek nasrining yuksak namunasi bo‘lib, unda Turkiston xalqining ijtimoiy-siyosiy hayoti, ma’naviy dunyosi va davrning dolzarb muammolari badiiy aks ettirilgan. Asar nafaqat muhabbat qissasi, balki xalq taqdiri, millat ravnaqi va jamiyat taraqqiyoti masalalarini yorituvchi muhim ijtimoiy romandir.Roman markazida Otabek va Kumush obrazlari turadi. Otabek ilmli, tadbirkor va ma’rifatparvar inson...

Continue reading

ТОҲИР ХАЙДАРОВ — ГИЛДА ЖОН УФУРИШИНИ БИЛГАН УСТА КУЛОЛ

Тоҳир Хайдаров - гилни тинч ётган қалбига қулоқ сола оладиган, унинг сир-саноатини, тилини англайдиган, қўллари билан лойга ҳаёт бағишлайдиган уста ҳунарманд бўлибгина қолмай, балки юксак тафаккур соҳиби ҳамдир.Унинг қўлига тушган гил ўз йўлини топади, ўз тақдирини англайди ва ўз муҳитини яратади…Чунки ҳар бир ҳаракат - нафақат ҳунар, балки ҳаёт фалсафасининг идрокидир… Гил унинг қўлида аввал сукутга чўмади, сўнг ечими топилмаган саволга айланади, кейин эса инсон қалбидаги қувонч, оғриқлар, яширин сирли ҳотиралар шакллана бошлайди.Шу боис Тоҳир Хайдаров яратган ҳар бир кўзасида- бир ҳаёт қиссаси, ҳар бир косасида- қалбнинг доно ҳикмати, ҳар бир лалисида- миллий қадрятнинг муҳим хотираси гавдаланади… Уста учун кулоллик - нафақат...

Continue reading

O‘ZBEK BADIIY NUTQIDA TASVIRIY IFODALARNING SEMANTIK-STILISTIK VA LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI

Mashhura Xamitova, O‘zJOKU unversitetining magistri.      O‘zbek badiiy nutqida tasviriy ifodalar — obyekt va hodisalarni bevosita emas, balki ularning xarakterli belgilarini ko‘chma ma’noda, obrazli nomlash orqali ifodalovchi lisoniy hodisadir. Ularning tarkibiga perifrazalar, metaforik birikmalar, frazeologizmlar va aforistik birliklar kiradi. Tilshunoslikda mazkur birliklar nutqning badiiy-estetik qimmatini oshiruvchi, unga emotsionallik va ekspressivlik baxsh etuvchi asosiy vositalar sifatida o‘rganiladi. Xususan, perifraza (yunoncha peri – atrofida, phrasis – ifoda) hodisasi antik davr ritorika nazariyotchilari Aristotel va Kvintilian asarlaridan buyon nutqning obrazlilik manbai sifatida e’tirof etib kelinadi (Gasparov,1997).  Bugungi zamonaviy o‘zbek nasrida muallif individual uslubini shakllantirishda tasviriy ifodalarning o‘rni beqiyos. M.Hakimov (2001), G‘.Yo‘ldoshev (2007) va N.Ahmadova (2021) kabi tadqiqotchilar ushbu birliklarning semantik va stilistik imkoniyatlarini turli jihatdan yoritgan bo‘lsalar-da, tasviriy ifodalarni yagona lisoniy tizim sifatida, ayniqsa, lisoniy tejamkorlik va milliy-madaniy konseptlarni ifodalash prizmasi orqali tadqiq etish ehtiyoji saqlanib qolmoqda. Bu o‘zbek tili stilistikasining nazariy bazasini boyitish va badiiy matn tahlili metodologiyasini takomillashtirish nuqtayi nazaridan g‘oyat dolzarbdir.  Mazkur ishning asosiy maqsadi o‘zbek badiiy nutqidagi tasviriy ifodalarning semantik-uslubiy va lingvopoetik tabiatini kompleks tahlil qilish, ularning muallif estetik niyatini amalga oshirishdagi funksional vazifalarini aniqlashdan iborat.  Tadqiqot davomida tasviriy ifodalarning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi:  Tasviriy ifodalarning semantik turlari va ularning ko‘chma ma’no hosil qilish mexanizmlari;  Badiiy matnda uslubiy bo‘yoqdorlikni yuzaga keltiruvchi lisoniy omillar;  Tasviriy ifodalarning kontekstual ma’no qirralari va individual-muallif perifrazalarining klassifikasiyasi.  Ushbu maqolada ilk bor tasviriy ifodalar nafaqat stilistik figura, balki lisoniy tejamkorlik (economical use of language) va milliy kognitiv model sifatida tadqiq etiladi. Shuningdek, zamonaviy o‘zbek nasridagi yangi perifrastik birliklarning konseptual tahlili amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, tadqiqot oldiga quyidagi ilmiy savollar qo‘yildi:  O‘zbek badiiy nutqidagi tasviriy ifodalarning o‘ziga xos semantik-uslubiy va lingvopoetik tabiati nimalardan iborat?  Ushbu tasviriy vositalar muallif nutqining ta’sirchanligi va badiiy-estetik jozibasini oshirishda qanday vazifalarni bajaradi?  Mazkur savollarga javob topish orqali badiiy matnning lisoniy va estetik butunligini ta’minlovchi mexanizmlar dalillanadi.  Adabiyotlar sharhi  Tasviriy ifodalar va perifrazalarning lingvistik tabiati jahon tilshunosligida XX asrning o‘rtalaridan boshlab tizimli o‘rganila boshlandi. Dastlabki tadqiqotlarda I.Z.Ilina (1954) va V.P. Utkina (1959) ushbu birliklarni metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi an’anaviy trop turlari bilan o‘zaro aloqadorlikda tahlil qilganlar. Mazkur yondashuvlar perifrazalarning nutqda obrazlilik yaratishdagi birlamchi lisoniy mexanizmlarini ochib berishga xizmat qildi (Gasparov, 1997).  O‘zbek filologiyasida tasviriy ifodalarning semantik va pragmatik xususiyatlari bir qator olimlar tomonidan tahlil etilgan. Xususan, M. Hakimov (2001) tasviriy ifodalarni matnning pragmatik mazmuni va nutqiy vaziyatdagi ta’sirchanligini ta’minlovchi vosita sifatida baholaydi. N. Ahmadova (2021) esa perifrastik birliklarning nomlash (nominativ) funksiyasi va ularning terminologik xususiyatlarini yoritgan. Shuningdek, S. O‘ralova va A. Boymatovlar (2021) lingvopoetik tahlil jarayonida badiiy matnning estetik yaxlitligini ta’minlashda ushbu birliklarning ahamiyati yuqori ekanligini alohida ta’kidlaganlar.  Shunga qaramay, zamonaviy o‘zbek nasrida, xususan, psixologik-falsafiy romanlar poetikasida tasviriy ifodalarning individual-muallif uslubini shakllantirishdagi o‘rni hamda qahramon ruhiy holatini dinamik aks ettirishdagi semantik-stilistik imkoniyatlari yaxlit tizim sifatida yetarlicha tadqiq etilmagan.  Ushbu ilmiy bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida tadqiqot obyekti sifatida Ulug‘bek Hamdamning ”Muvozanat“ romani tanlandi. Mazkur asarning tanlanishi undagi til vositalarining kuchli psixologizmga tayanganligi va muallifning o‘ziga xos lingvopoetik mahorati bilan izohlanadi. Romandagi tasviriy ifodalar nafaqat badiiy boylik, balki personajlar ichki dunyosini ochib beruvchi kognitiv-semantik vosita sifatida ham xizmat qiladi.  Tadqiqot metodologiyasi  Mazkur tadqiqotda sifatli tadqiqot yondashuvi va kontseptual tahlil metodologiyasidan foydalanildi. Tadqiqot strategiyasi badiiy matnning lingvistik manzarasini semantik va lingvopoetik jihatdan chuqur o‘rganishga yo‘naltirilgan.  Tadqiqot obyekti sifatida zamonaviy o‘zbek nasrining vakili Ulug‘bek Hamdamning ”Muvozanat“ romani tanlab olindi. Materiallar tanlanmasida asardagi perifrazalar, frazeologizmlar va individual-muallif metaforalarining qo‘llanilish chastotasi hamda ularning psixologik tahlildagi o‘rni asosiy mezon qilib olindi.  Tadqiqot savollariga javob topish uchun quyidagi ilmiy metodlar majmuasidan foydalanildi. Deskriptiv (tavsifiy) tahlildan, tasviriy ifodalarning lisoniy shakli va matndagi ko‘rinishlarini tizimlashtirish uchun qo‘llanildi. Semantik-stilistik tahlildan, perifrastik birliklarning denotativ va konnotativ ma’no qatlamlarini hamda ularning nutqiy vaziyatdagi emotsional-ekspressiv bo‘yog‘ini aniqlashda foydalanildi. Komponent tahlildan, tasviriy ifodalarning semantik strukturasidagi asosiy va qo‘shimcha ma’no (sema)larni ajratish orqali ularning obrazli-ta’sirchanlik tabiati o‘rganildi. Lingvopoetik interpretatsiyadan, muallifning individual uslubini belgilovchi vositalarning badiiy-estetik vazifalarini va yozuvchi mahoratini ochib berish uchun xizmat qildi. Kognitiv-pragmatik yondashuvdan esa  tasviriy ifodaning tanlanish sabablari (kognitiv asoslari) va uning kitobxon idrokiga ta’siri o‘zaro uyg‘unlikda tahlil qilindi.  Natija va muhokamalar  Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, Ulug‘bek Hamdamning ”Muvozanat“ romani leksik-semantik jihatdan tasviriy ifodalarga g‘oyat boy bo‘lib, ular asarning badiiy-psixologik qatlamini shakllantirishda markaziy o‘rin tutadi. Matniy tahlillar jarayonida 50 dan ortiq faol perifrastik birliklar va obrazli ifodalar aniqlanib, ularning 75% qismi muallifning individual uslubiga xos bo‘lgan yangi birikmalar ekanligi ma’lum bo‘ldi.  To‘plangan materiallar semantik tabiatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratildi:  Psixologik holatni ifodalovchi tasviriy vositalar: bunga qahramonning ichki kechinmalarini vizuallashtiruvchi ifodalar kiradi. Masalan, ”ruhning yalang‘ochlanishi“, ”ichki muvozanatning sinishi“. Ijtimoiy-maishiy voqelikni obrazli nomlovchi vositalarga, davr va muhit manzarasini chizuvchi perifrazalar: ”shisha idishdagi hayot“, ”bozor iqtisodiyotining tishlari“. Antropotsentrik tasviriy vositalarga, inson a’zolari va harakatlarini qayta nomlash: ”nur qochgan ko‘zlar“, ”mum tishlagan lablar“. Asardagi tasviriy ifodalarning qo‘llanilish chastotasi va ularning lingvopoetik samaradorligi quyidagi kengaytirilgan jadvalda aks etadi:  Tasviriy ifoda (Birlik) Lisoniy mexanizm Kontekstual ma’nosi Pragmatik ma’nosi „Olma terib yurgan ko‘zlar“ Individual metafora Diqqatning bo‘linishi,maqsadsizlik Personajning beqaror ruhiyatini chizadi „Mum tishlagandek turmoq“ Frazeologik perifraza Kuchli hayrat va ichki tushkunlik Matndagi ekspressivlikni 40% ga oshiradi „Latif olam“ Epitet-metafora Insonning botiniy, ilohiy dunyosi Kitobxonda estetik-falsafiy mushohada uyg‘otadi „Bo‘rikalla“ Metaftonimiya Jismoniy quvvat va o‘simlik ramzi Milliy kolorit va kognitiv obraz yaratadi „Ruhning qafasi“ Konseptual metafora Jismoniy tananing cheklanganligi Falsafiy umumlashma yasaydi       Tadqiqot natijalarining chuqur tahlili shuni ko‘rsatadiki, tasviriy ifodalar badiiy matnda faqat bezak bo‘lib emas, balki yozuvchining fikrini aniq va tez yetkazish vazifasini bajaradi. Masalan, ”mum tishlagandek“ iborasining qo‘llanilishi an’anaviy o‘zbek tilidagi ,”jim turmoq“ fe’lining barcha sinonimlaridan ko‘ra kuchliroq emotsional yukka ega. Bu yerda ,”mum“ komponenti tildagi sustlikni, ”tishlash“ komponenti esa irodaviy zo‘riqishni anglatadi. Bu kabi birikmalar matnda lisoniy tejamkorlik tamoyilini yuzaga chiqaradi, natijada birgina birikma orqali butun bir psixologik holat tasvirlanadi.  Lingvopoetika nuqtayi nazaridan Ulug‘bek Hamdam uslubida tasviriy ifodalar asar g‘oyasi — inson va jamiyat o‘rtasidagi ”muvozanat“ ni qidirishga xizmat qiladi.   ”Latif olam“ perifrazasi orqali yozuvchi insonning moddiy dunyodan baland turuvchi ma’naviy qatlamini alohida konsept sifatida ajratib ko‘rsatadi. Bu esa tilshunos olim G‘. Yo‘ldoshev (2007) tomonidan ilgari surilgan ”badiiy matnning konseptual manzarasi“ nazariyasini amaliy jihatdan boyitadi.  N. Ahmadova (2021) ta’kidlaganidek, perifrazalar obyektni qayta nomlash orqali unga yangi xususiyat baxsh etadi. ”Muvozanat“ romanida bu xususiyat qahramonlarning ijtimoiy statusini va ruhiy dinamikasini ko‘rsatishda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Masalan, asardagi intellektual qatlam tili ko‘proq mavhum-estetik tasviriy ifodalarga tayanadi.  Kognitiv tilshunoslik prizmasidan qaraganda, ”bo‘rikalla“ yoki ”ruhning yalang‘ochlanishi“ kabi ifodalar kitobxon ongida tayyor ssenariylarni ishga tushiradi. Kitobxon ushbu ifodalarni o‘qiganda, shunchaki so‘zni emas, balki muayyan bir madaniy va ruhiy obrazni qabul qiladi.  Pragmatik jihatdan, tasviriy ifodalar muallifning so‘z orqali ta’sir o‘tkazish samaradorligini ta’minlaydi. Ya’ni, yozuvchi oddiy ma’lumot berishdan qochib, kitobxonni hamkorlikda mushohada yuritishga majbur qiladi. Bu esa matnning o‘qishli bo‘lishini va badiiy estetikasini ta’minlaydi.  Ushbu ishning ilmiy yangiligi shundaki, unda tasviriy ifodalar ilk bor zamonaviy o‘zbek nasridagi psixologik tahlil quroli sifatida tadqiq etildi. Avvalgi tadqiqotlarda ushbu birliklar ko‘proq she’riyat yoki publisistika doirasida o‘rganilgan edi. Tadqiqotning cheklovi — tahlilning faqat bir muallif uslubi bilan chegaralanganligidir. Biroq bu metodologiya keyinchalik Nazar Eshonqul, Isajon Sulton kabi boshqa zamonaviy adiblar ijodini kognitiv-stilistik jihatdan tahlil qilishda namuna bo‘lib xizmat qilishi mumkin.  Xulosa  O‘tkazilgan tahlillar o‘zbek badiiy nutqida tasviriy ifodalarning o‘rni va ahamiyati bo‘yicha quyidagi xulosalarni chiqarishga asos bo‘ladi. Metafora, metonimiya va perifrazalar badiiy tilda ortiqcha so‘z sarfining oldini oladi. Ular uzun jumlalar bilan tushuntiriladigan murakkab psixologik holatlarni qisqa va lo‘nda obrazlar orqali ifodalashga xizmat qiladi. Oddiy nutqiy shakllardan ko‘ra, kitobxondan ma’lum bir bilim va mushohada talab qiladigan tasviriy vositalar ancha kuchliroq emotsional ta’sirga ega. Yashirin ma’noli turg‘un birikmalar o‘quvchi ongida asar qahramoni bilan bog‘liq bo‘lgan yangi tushunchalar qatlamini faollashtiradi.  Zamonaviy o‘zbek nasrida yozuvchilar an’anaviy tasvirlardan ko‘ra, o‘z dunyoqarashini aks ettiruvchi shaxsiy perifrazalarni ko‘proq qo‘llamoqda. Bu esa milliy adabiyotimizning intellektual salmog‘ini oshirib, tilimizning uslubiy imkoniyatlarini kengaytirmoqda.  Tadqiqot davomida aniqlangan masalalardan kelib chiqib, quyidagilar takliflar ishlab chiqildi, badiiy asarlarda uchraydigan individual-mualliflik perifrazalari va yangi obrazli ifodalarning maxsus lug‘atlarini (masalan, ”Ulug‘bek Hamdam asarlari tilining tasviriy ifodalari lug‘ati֧“) tuzish filologik tahlillar uchun muhim manba bo‘ladi. Oliy ta’lim muassasalarining filologiya yo‘nalishlarida ”Badiiy matn tahlili“ fanida tasviriy ifodalarning nafaqat stilistik, balki kognitiv (ongdagi aks etishi) xususiy Tadqiqot davomida olingan natijalar va aniqlangan qonuniyatlar asosida kelajakdagi tadqiqotchilar uchun quyidagi ilmiy yo‘nalishlar tavsiya etiladi:  Tasviriy ifodalarni (perifraza, metafora) faqat bitta adib ijodi doirasida emas, balki korpus lingvistikasi metodlari yordamida o‘zbek nasrining turli tarixiy davrlariga xos bo‘lgan dinamikasini qiyosiy-statistik metodlar asosida tadqiq etish tavsiya etiladi. Badiiy matndagi individual-mualliflik perifrazalarini nafaqat uslubiy vosita, balki inson tafakkurida yangi obrazlar hosil bo‘lish jarayoni sifatida, ya’ni kognitiv tilshunoslik prizmasi orqali chuqurroq o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy ifodalarning o‘quvchi idrokiga ta’sirini aniqlash uchun psixolingvistik tajribalar o‘tkazish hamda zamonaviy matnlarning intellektual salmog‘ini oshirishda ushbu vositalarning pragmatik imkoniyatlarini kengroq tahlil qilish tavsiya etiladi.  Kelgusida zamonaviy o‘zbek yozuvchilari asarlari tilining tasviriy ifodalarini jamlagan maxsus mualliflik lug‘atlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish filologik tahlillar sifati oshishiga xizmat qiladi.   Foydalanilgan adabiyotlar  Ahmadova, U. Sh. (2021). ’’Perifraza“ atamasi va uning nomlashdagi o‘rni.              Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 1(8), 431–442. https://doi.org/10.24412/2181-1784-2021-8-431-442  Gasparov, M. L. (1997). Antichnaya ritorika kak sistema. Izbrannie trudi. T.I. O poetax. Yaziki slavyanskix kultur.  Hakimov, M. (2001). O‘zbek tilshunosligida matnning pragmatik talqini [Filologiya fanlari doktori dissertatsiyasi]. O‘zbekiston Milliy universiteti.  Hamdam, U. (2024). Muvozanat: Roman (Qayta to‘ldirilgan 6-nashri). Yangi asr avlodi.  Ilina, I. Z. (1954). Perifraz i ego stilisticheskie funktsii v proizvedeniyax angliyskoy xudojestvennoy literaturi [Filologiya fanlari nomzodi dissertatsiyasi avtoreferati]. Moskva davlat universiteti.  O‘ralova, Ch. B., & Boymatov, S. Ch. (2021). Zamonaviy tilshunoslikda lingvopoetika tadqiqi. Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences, 1(3), 462–469. https://cyberleninka.ru/article/n/zamonaviy-tilshunoslikda-lingvopoetika-tadqiqi  Utkina, V. P. (1959). Perifrasticheskiy oborot v russkoy xudojestvennoy literature. Izvestiya Krimskogo pedagogicheskogo instituta im. M.V. Frunze, 33(1), 87–109. Yo‘ldoshev, M. (2007). Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. Fan. http://library.ziyonet.uz/uz/book/download/42079 ...

Continue reading

MUALLIMLIK — VIJDON AMRI

Azimjonova Xurshidabonu Xolmamat qizi. 2006-yil 2-noyabrda Namangan viloyati Namangan tumanida tug'ilgan. Hozirda O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar unversiteti "Xxalqaro munosabatlar va ijtimoiy gumanitar fanlar" fakulteti filologiya va tillarni o'qitish ingliz tili 3-bosqich talabasi. Bugungi kunda hayotda o‘z o‘rnini topish, ilm cho‘qqilarini zabt etish har bir yoshning ezgu maqsadlaridan biridir. Ayniqsa, xorijiy tillarni o‘rganish va dunyo eshiklarini ochishda bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadigan ustozlarning o‘rni beqiyosdir. Men, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi sifatida, hayot yo‘limda ana shunday fidoyi, ilmga butun borlig‘ini baxsh etgan insonni uchratganimdan faxrlanaman. Bu inson men uchun doimo eng yuksak o‘rnak...

Continue reading

«MEN» — ENG KATTA SINOV

Turk adabiyotining iste’dodli vakillaridan biri bo‘lgan Fotih Dumanning “Men” asari insonning ichki olami, nafs bilan kurashi va ma’naviy kamolot yo‘li haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan asarlardan biridir. Asarda insonni umr bo‘yi tark etmaydigan, uni turli yo‘llarga boshlaydigan ichki ovoz — “men”, ya’ni nafs masalasi chuqur falsafiy va tasavvufiy talqin etiladi.Odamzod yaralganidan buyon uning qalbida bir ovoz yashaydi. Bu ovoz ba’zan ezgulikka, ba’zan esa yomonlikka chorlaydi. To‘g‘ri yo‘ldan ozdiradigan ham, adashgan insonni yana hidoyat sari yetaklaydigan ham aynan insonning o‘zidir. Fotih Duman asarda shu haqiqatni hayotiy voqealar va ta’sirchan obrazlar orqali ochib beradi.Asarning markaziy qahramoni Mahmud afandi...

Continue reading

MEHR VA MUHR MURUVVATI

  Eʼtibor - ehtiromga eshik, eʼzozga beshikdir. Davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan siyosat va islohotlarning bosh manbai ham inson manfaatlariga eʼtibor va xalqni rozi qilish hamda uni baxtli koʻrish bilan chambarchas bogʻliq.Ayniqsa, ijtimoiy hayotda xotin - qizlarning rolini oshirish borasidagi saʼyi harakatlari tahsinga loyiq. Keyingi yillarda gender tengligi borasida mamlakatimizda barcha jabhalarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, tadbirkorlik va boshqa tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, bir soʻz bilan aytganda, ayolning chinakam baxtli yashashi, intellektual va maʼnaviy yuksalishi, kasbiy, oilaviy va jamiyat hayotidagi majburiyatlarini hamohang tarzda bajarish yoʻlida keng qamrovli davlat siyosatining amalga oshirilayotgani  ahamiyatlidir.Nafosat, nazokat, mehr...

Continue reading

Yaproqlar va ildizlar

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ko‘kka bo‘y cho‘zgan terakning ko‘m-ko‘k yaproqlari quyosh nurida tovlanib o‘z libosini ko‘z-ko‘z qilib qiqirlab kulayotgan qizaloqqa o‘xshardi. So‘rashdi: - Nega muncha shodsan, xursandchiliging va kuching nimada o‘zi? Esayotgan shamoldanmi yoxud jamoldan? U dedi: shodlik va kuchimga bois men joy tutgan novdada, shoxda ularning kuchi esa ildizda, teran tomirda. Bunga sabab esa toza iqlim, quyosh nuri, zilol suv va muhimi, e’tibor. Unga tahsin aytib deyishdi: Kuching va xursandchiligingning boisini bilishing, shukrona qilishing va qanoatli ekaning seni donolik sifati bilan ziynatladi.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]...

Continue reading

YANGI KITOB – YAXSHI KITOB

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]                               Kim ravshan fikrlasa,                                        u ravshan bayon ham qila oladi.                                                                                   N.Bualo                                                                                                                                              Iste’dod va  iqtidor, qobiliyat va salohiyat so‘zlarining ma’nosi ancha keng, teran, shu bilan birga ancha salmoqli ham. Biz buni ba’zan qadrsizlantirib qo‘yayotgandek bo‘lamiz. Buni o‘ziga xos va mos toifa kishilariga nisbatan ishlatish o‘rinlidir. Bitta kitob yozib e’tiborga tushish mumkin, hatto bitta maqola bilan ham. Jorj Simenon singari uch yuzdan ziyod kitob yozib, ko‘pchilikka noma’lum bo‘lib qolish ham hech gap emas. Demak, gap nima haqda va qanday yozishda ekan....

Continue reading