9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

IJODIYOT

notiq.uz > IJODIYOT (Page 3)

Oʻktam Mirzayor: ODAM GA

Hayotda ibrat bor, hayotda nusrat,Bir oliy sinovli umr degani.Hatto Zagʻizgʻonga, hatto Qargʻaga,Qurtu qumirsqaga risq bor yegani. Nabotat olamin oʻzi moʻjiza,Tinglasang, suxansiz nimadir deydi.Har nening risqi bor oʻzicha, ammo,Odamzod ne uchun bir–birin yeydi? Olamga bepisand boqadi,  magʻrur,Dunyoni yaratib qoʻyganday, masrur.Irganib qaraydi juldir kiyimga,Oʻzgadan kam izlar, ketar gʻururga. Odam ojizligi asli shundadir,Shundadir, imonu nafsning qudrati.Insof shivirlaydi, nafs qulogʻiga,Baribir ustundir nafsning  kudrati. Ey, inson, oʻzingga boqqin avvali,Oʻzganing qilmishin etmagin taftish.Balki, kuni kelib, qazo yetganda,Oʻsha miskin odam qoʻyar soʻngi gʻisht. Balki, tobutingning bir tomonida,Uning ham ha, degan bir madadi bor.Balki, dili xundir qabring ustida,Balki, aytolmgan senga dardi bor. Nima ham boʻlganda hushyor boʻl, odam,Soʻnggi yoʻlga oʻzing bora olmaysan.Nafsing ham daf...

Continue reading

Doniyor MIRZO: KO‘NGIL

Скачать Ko‘ngil – osmon, ko‘ngil – daryo, ko‘ngil – dengiz,Ko‘ngil qalqon, ko‘ngil dunyo, ko‘ngil tengsiz.Ko‘ngil qilday nozik tor u ko‘ngil oyna,Uzma faqat ko‘ngil torin chalib o‘yna. Kim istasa uzadigan gul emas u,Kim xohlasa buzadigan yo‘l emas u.Ko‘ngil – guldir, ko‘ngil – lola, ko‘ngil – chaman,Ko‘ngil – bog‘dir, ko‘ngil – tog‘dir, sevgan zamon. Ko‘ngil – saroy, shohona joy sayri gulbog‘,Ko‘ngilga sen tushirmagin zarracha dog‘.Ko‘ngil – qal’a, tank bilan ham buzib bo‘lmas,Ko‘ngil torin ming yil totib uzib bo‘lmas. Doniyor Mirzo singil baxtin oftob ayla,Doniyor Mirzo ko‘ngil taxtin kitob ayla,Ko‘ngil senga rezinkamas cho‘zib bo‘lmas,Sevganingdan aslo ko‘ngil uzib bo‘lmas.28-aprel 2025-yil HAYOT QONUNISeni tirik sotar, doʻst-u yoroning,Hatto, tik boqadi, kiprik...

Continue reading

ORZU TAXALLUSLI SHOIR

MADRAHIM SAFARBOYEV: Yaqinda ijtimoiy tarmoqlardan shoir Orzu haqida maʼlumot izlab koʻrdim. Afsuski, bodringni “orzu” navidan boʻlak maʼlumot topa olmadim. Oʻylanib qoldim: nahotki muxtasar maʼlumotni ijtimoiy tarmoqqa kiritish qiyin boʻlsa… Shuning uchun Orzu haqidagi muxtasar maʼlumotni eʼlon qilmoqdaman. YANGIBOY QURBONNIYOZ OʻGʻLI ORZU(1890 – 1979)Yangiboy Qurbonniyoz oʻgʻli 1890 yilda Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanida tavallud topgan. U “Orzu”, “Orzu Urganjiy” taxallusi bilan gʻazallar bitgan. Dastlabki maʼlumotni qishlogʻida, keyinchalik Xiva madrasalarida oʻqib olgan.1930-yillarning boshida Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi Yuqori Doʻrmon qishlogʻiga koʻchib kelgan va qishloqda imomlik qila boshlagan. Soʻngra bu qishloqda muqim yashab qolgan va ilk tashkil topgan “Obod” nomli kolxozga birinchilardan boʻlib aʼzolikka kirib,...

Continue reading

MA’NAVIYAT FIDOYISI — TO’LQIN ESHBEK

U 1963-YIL 1-IYUNDA SAMARQAND VILOYATI ISHTIXON TUMANIDA TUG'ILGAN . 1985-YILDA TOSHKENT DAVLAT UNIVERSITETI (HOZIRGI MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI ) JURNALISTIKA FAKULTETINI TAMOMLAGAN. AYNI PAYTDA U SHU DARGOHDA DOTSENT LAVOZIMIDA TALABALARGA DARS BERMOQDA. Adib, shoir va publitsistning “Jigarbandlar”, “Shabada esgan kun”, “Qishloqlik bola qissasi”, “Jaydari hangomalar”, “Adashgan qiz qismati”, “Hayot karvonlari”, “Samarqand farzandi”, “Olimning beqiyos olami”, “O‘zbekning yomoni bo‘lmaydi”, “Ikki asr odami”, «Korrupsiyasiz hayot zavqi», “Generalning mangu yulduzi”, "Boburning gavharlari",  "Buxoroi sharif ziyosi", "Ayol va Oy", "Jadidlar javhari" deb nomlangan nasriy hamda she’riy to‘plamlari kitobxonlar qalbidan joy olgan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar uyushmasi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar...

Continue reading

AFORIZMLARIM

Olam va odam muammosi zaminu makon tanlamaydi. U haqda bahslar tugamagan, tugamaydi ham. Har kimning oʼz qalb qarichi, dunyoqarashi, baholash mezoni bor. Yashash qarash va kurashlar birligidan iborat ekan, insoniyatning tafakkur tarzi ham oʼziga xos boʼlishi – tabiiy.Аlloma Аbdurahmon Jomiyning:“Hayot saboqlarin etolmasa yod,Unga oʼrgatolmas hech qanday ustod”, – degan hikmatida teran hayotiy haqiqat mujassam.Darhaqiqat, koʼrgan-kuzatgan, eshitgan-bilganlaringizdan hikmat izlaysiz. Nimanidir uqasiz, anglaysiz. “Niyat – amalga yarasha”, - degan gap bor, niyat xayrli boʼlsa, oqibat ham xayrli boʼladi.“Gʼurbat izlaganga–gʼurbat bu dunyo,Illat izlaganga–illat bu dunyo,Kim neni izlasa, topar begumon,Hikmat izlaganga–hikmat bu dunyo” – deb yozadi marhum Sadriddin Salim Buxoriy. Shoir–haq.Аgar oʼz misolimda aytadigan...

Continue reading

Abdunabi Hamro: PARDA ORTIDA

Pardaning ortida yashaydi ochunEy odam, har kuning - ming imtihondir,Pardaga bir qara, ne sir yashirinPardaning ortida xayol pinhondir. Pardaning oldida – besh kunlik dunyoTunu kun talashar haq bilan roʻyo,Pardaning oldida – shoʻrishu gʻavgʻoPardaning ortida iqbol pinhondir. Pardaning oldida niyat boʻlsa badAmalga yarasha boʻlgay oqibat,Parda ochilgaydir yetganda fursatPardaning ortida zavol pinhondir. Pardaning oldiga har kim bir chiqarKimdir besh panjasin ogʻizga tiqar,Sinovdan har kimni oʻz feʼli  yiqarPardaning ortida savol pinhondir. O, men shu pardaga talpindim har damKerakmas jannatu Kavsaru Zamzam,Axir, bilamanku, Yaratgan egam:Pardaning ortida jamol pinhondir. ...

Continue reading

Faxriddin Hayit:  NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Shoiro, chin yig‘la, qancha so‘z g‘azalxonlig‘da hayf, Qancha she’r, qancha shoir bori so‘zonlig‘da hayf, O‘tdik, umri yel kabi bir lahza sarsonlig‘da hayf, Kechti umrum naqdi g‘aflat birla nodonlig‘da hayf, Qolg‘ani sarf o‘ldi anduhu pushaymonlig‘da hayf. Vo ajab, ruhim toliqdi,  gurduni shatranjidin, Na halovat ko‘rdi dil, na naf’ siymu ganjidin, Yov qolib, yovqur tig‘imni o‘z tanimg‘a sanchidim, Jong‘a bir dushvorlig‘ qo‘ymay riyozat ranjidin, Sarf bo‘ldi naqdi avqotim tan osonlig‘da hayf. Bir kuni osiy debon qilg‘ay malomat ahli din, Vah, sado bo‘lg‘aymikin soz ahlidin, so‘z ahlidin, Ey, falak, ko‘ngil qushim quvma muhabbat shahridin, Bog‘ladim paymonadin paymon, fig‘onkim, aqlu din Bo‘ldi bu paymonavu ul sustpaymonlig‘da hayf. Kim, yaralmishdin azal, borlig‘da mingdir g‘ofili, Chun sitam birla jununvash ishq aro bir...

Continue reading

SHODI OTAMUROD:  YURAK IMZOSI

Yerning bag‘ri buncha qonga taloshdir, Holiga hayronman, ko‘zimda yoshdir. Yuragim baxt emas, g‘amga yondoshdir, Yonimda yoqasi vayron turganda. Yer samo bag‘rida zarra - arzimas, Jallodlar yuragi nega darz yemas, Mening hayronligim hech narsa emas, Boshqa sayyoralar hayron turganda. Oldinda marra bor, ortga yo‘l bo‘lsin, Gulim,  salomat bo‘l, dardga yo‘l bo‘lsin, Ertaklar so‘ylagan shartga yo‘l bo‘lsin, Ko‘ngil ardoqlagan davron turganda. She’r kabi hayotning o‘zim mirzosi,                    Ismingni eslatar yurak imzosi, Men izlab netgayman bu dard davosin, Boshimda mehribon Rahmon turganda. ...

Continue reading

BIR ROVIY RIVOYATI (MANZUMA)

Bu asli bir rivoyat, Misli muborak oyat. Tinglangiz, aylay bayon, Bo‘lsin  sizlarga  ayon. Uzoq o‘tgan zamonda Xosiyon degan tomonda. Bu hodisa bo‘lgandir, Jumla yoron bilgandir.             *** Qalb qalqdi, buzdi dilni, Bir mujda ezdi dilni. Xabar tarqaldi asta, «Shoh emish og‘ir xasta». U edi oqil, odil, Boshqarishga xo‘b, qobil. Endi kim bo‘larkin shoh? O‘zing panoh ber, olloh! Kimdan yog‘ar sharofat, Yoxud kimdan falokat, Debon xalq ko‘p yig‘ladi, O‘z qalbini tig‘ladi. Maslahatga bo‘lib jam’, Keldilar yosh, qari ham. «Kim endi shoh bo‘ladi? Kimning ko‘ngli to‘ladi?» Birov «ul»- der, birov «bul» Yurakka tushdi g‘ulg‘ul. Birov der: mayli bog‘bon, Bo‘lsin bizga mehribon. Oqsoqol der: «shoh tirik, Undan so‘rab ko‘raylik. Qolaversa, o‘g‘li bor, Balki, bo‘lar hukmdor.» Kirib bordi oqsoqol, Shoh yotardi bemajol. O‘rinlatgach duoni, Anglatdi muddaoni. Oqsoqol ko‘ngil berdi, Shoh esa shunday derdi: «El bo‘lsa bas, tinch ham to‘q, O‘zga manfaatim yo‘q. Kim bo‘lsa, mayli...

Continue reading