9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

IJODIYOT

notiq.uz > IJODIYOT (Page 4)

Nasrullo Ergash: MANZILSIZ MAKTUBLAR

Men manzilsiz xatlar yozaman, Maktublarim egasi yo‘qdir. Kimdir uni ochib xilvatda, Ko‘zyosh bilan ohista o‘qir. Men manzilsiz xatlar yozaman, Ammo ular chiqqandir yo‘lga. Umidvorman va ishonaman – Yetgay bir kun intizor qo‘lga! Men manzilsiz xatlar yozaman, Satrlarga joylab o‘zimni. Ne uchundir o‘qigan odam Meni emas, ko‘rar o‘zini. Maktubimni o‘qigan odam Pichirlaydi: xatdagi men-ku. Meniki-ku mana bu armon, Meniki-ku mana bu orzu...

Continue reading

PEDAGOGIK MAHORAT ‒ KASBIY MAHORATNING O‘ZAGI VA O‘ZANI

«Mahorat» so‘zi arabcha bo‘lib, o‘zagi mohir degan so‘zdan. U esa epchillik, mohirlik, uddaburonlik degan ma’nolarni anglatadi. Buni barcha soha va jabha kishilariga nisbatan qo‘llash mumkin. O‘z ishining ustasi birikmasi ham aynan shundan. Har bir sohaning mahoratli xodimlari bo‘lib, ularda kasbiy mahorat nuqtai nazaridan yaratuvchanlik, ilmiy termin bilan aytganda, kreativlik, innovatorlik xususiyatlari ustun turadi. Bunday insonlar mamlakat taraqqiyotiga o‘z sohasi nuqtai nazaridan munosib hissa qo‘sha oladilar. Turli soha, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida faoliyat yuritadigan innovator insonlar o‘z kasbining ustasidirlar. Shuning uchun ham kasbiy mahorat tushunchasi kengqamrovlidir. Hunarmand, me’mor, rassom, haykaltarosh, duradgor, naqqosh qo‘yingki, barcha kasblarning ustalari o‘z sohasi rivojiga hissa qo‘sha...

Continue reading

PEDAGOG MAHORATINING MUHIM OMILLARI

        Zamonaviy pedagogning sifatlari nimalardan iborat bo‘lishini bilish va amal qilish maqsadga muvofiq. Obyekt va subyekt o‘rtasidagi munosabatlar ko‘prigi bu muloqotdir. Maqsad va manfaatlar ham u orqali anglashiladi. O‘qituvchini ob’ekt, o‘quvchini sub’ekt sifatida oladigan bo‘lsak, o‘qituvchi qanday yo‘sinda o‘quvchiga bilim yetkazishiga qarab natija bo‘ladi. Chinakam o‘qituvchi muayyan bilim va ma’lumotni tayyor holatda yetkazishi har doim ham natija va samara beravermaydi. O‘quvchining mushohada yuritishi, o‘zi ko‘proq o‘ylashi fikr yuritishi muhim. Bu uning tafakkur dunyosini kengaytiradi. Bu borada nemis mutafakkiri A. F. Disterveg «Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi», deyishi bilan haqlidir. O‘quvchining o‘zini ko‘proq ishlatish, o‘ylatish maqsadga...

Continue reading

MEHR VA MUHR MURUVVATI

  Eʼtibor - ehtiromga eshik, eʼzozga beshikdir. Davlatimiz rahbari rahnamoligida olib borilayotgan siyosat va islohotlarning bosh manbai ham inson manfaatlariga eʼtibor va xalqni rozi qilish hamda uni baxtli koʻrish bilan chambarchas bogʻliq.Ayniqsa, ijtimoiy hayotda xotin - qizlarning rolini oshirish borasidagi saʼyi harakatlari tahsinga loyiq. Keyingi yillarda gender tengligi borasida mamlakatimizda barcha jabhalarda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, tadbirkorlik va boshqa tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, bir soʻz bilan aytganda, ayolning chinakam baxtli yashashi, intellektual va maʼnaviy yuksalishi, kasbiy, oilaviy va jamiyat hayotidagi majburiyatlarini hamohang tarzda bajarish yoʻlida keng qamrovli davlat siyosatining amalga oshirilayotgani  ahamiyatlidir.Nafosat, nazokat, mehr...

Continue reading

MIRZO BOBURNING HARBIY NOTIQLIK MAHORATI

Notiqlikning bir qancha turlari bor. Bular ijtimoiy-siyosiy, akademik, diniy, sud notiqligi, harbiy va ijtimoiy-maishiy notiqlikdir. Bular ichida alohida ajralib turadigani harbiy notiqlikdir. Tinchlik sharoitida ham, davlat boshqaruvi, hatto urush sharoitida ham qoʻshinni boshqarishda notiqlik sanʼatining alohida oʻrni boʻlganligiga uzoq asrlik tarix guvoh. Chunki koʻzlangan maqsad bu strategiya boʻlsa, uni amalga oshirish yoʻllari bu taktikadir. Demak, har qanday strategiyaning taʼsirchan mexanizmi bu til taktikasidir. Harbiy notiqlik mohiyat eʼtibori bilan  jangovarlikni, xitob va daʼvatni anglatadi. Shuning uchun ham mashhur Rim notigʻi Mark Tulliy Sitseron “Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda yoki notiq boʻlish kerak” - demagan. U koʻrib kuzatgani va anglab yetganidan soʻng...

Continue reading

UCH TA’RIF ZAMIRIDAGI KUCH

Shoirlikka da’vogarligim yo‘q. Ma’naviy tadbirlar bo‘lsin, ma’rifat ulashib dasturlarida bo‘lsin, imkoniyatim nuqtai nazaridan ishtirok etib kelaman. O‘shanda tug‘ilgan ushbu to‘rtlik. Zamonga nazar qil, boqqil hayotga, Tilingni chog‘lagil orzu - niyatga, Yomondan hazar qil, qolma uyatga, Dilingni bog‘lagil Ma’naviyatga.    Demak, har bir tushunchaning o‘z mohiyat - mazmuni bo‘lganidek, ta’rif va tavsifi ham bor. Ma’naviyat tushunchasi haqida qator ta’riflar borligini bilamiz. Lekin, uning amaliy qudrati, nazariy mohiyati va ahamiyati borasida Davlatimiz rahbarining mulohazalari e’tiborga molik.  Ma’lumki, davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatini boshlagunlariga qadar ham, ayni damda ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining raisi sifatida qator samarali ishlarni amalga oshirib kelganlari bejiz emas. Demak, so‘z...

Continue reading

NOTIQLIK SAN’ATI VA O‘QITUVCHINING NUTQIY MAHORATI

Nutq mahoratiga ega bo‘lish notiqlik san’atining sir-asrorlarini to‘la egallash evaziga bo‘ladi. Notiqlik san’ati, boshqacha aytganda, nutq mahoratining ikki asosi bor. Biri nutq xususiyatlarini bilish, ikkinchisi nutq texnikasiga amal qilishdir. Buning biri strategiya bo‘lsa, ikkinchisi taktikadir, biri nazariya bo‘lsa, ikkinchisi amaliyotdir, biri mashinaning o‘zi bo‘lsa, ikkinchisi uning harakatdagi holati. Ana shu ikkala asosning uyg‘unligidan go‘zal notiqlik nafosati, nazokatli nutq yaraladi. Shuning uchun ham Yunonistonda notiqlikni, ritorikani «San’atlar shohi» deb yuritishgan. Yunonzaminda ham, turonzaminda ham notiqlik san’atining uchta tamoyili uning mohiyatini ifoda etgan. 1. Ma’lum bir g‘oyani tinglovchi yoki tomoshabinga tushuntirish. 2. Tinglovchi yoki tomoshabinning tafakkurini uyg‘otish, ongida o‘zgarish yasash. 3. Tinglovchi yoki tomoshabinning diqqatini...

Continue reading

HECH KIM (MANZUMA)

Hech kimga yetmas ziyoni, Yo‘q dunyo, pul, hamyoni. Faqir unga qavmu xesh, O‘zi donishmand darvesh. Bilimdonni boy bilar, Insonga chiroy bilar. Odamzotning ko‘nglini Muqim makon, joy bilar. O‘tib ketgan umrni, Misli oqar soy bilar. Vaqtni g‘animat deb, O‘qdan ayro yoy bilar. Birovga yo‘q do‘q, xitob, Faqat titkilar kitob. Ovunchog‘i ham shudir, Zurriyotsiz edi faqir. Bor boyligi-kachkuli, Yo‘q edi tanga, puli. Kachkulda bir qotgan non, Lek butkul edi iymon. Ko‘mak so‘rasa kimki, Ojiz, faqir, hakimki, Bariga berar yordam, Tinib tinchimas bir dam. Qilar toat, ibodat, Dilda ilm-ma’rifat, Odamzotga yaxshilik Qilish ko‘ngilbaxshlik.               *** Bir kuni tun yarmida, Darvesh o‘z maromida, Ketib borardi sekin, Nafas rostlab, olib tin. Egnida juldur xirqa, Boshda kuloh, yo‘q chaqa, Oyoqda eski kovushi, Eshitildi shu onda, Ot tuyog‘in tovushi.  Suvoriy orqa tomonda Turib uni chaqirdi, Kimsan, deya baqirdi. Sendan so‘radim kimsan, O‘g‘rimisan, nega jimsan? Darvesh dedi “Men hech kim”, Taajjublandi mirshab, Shuncha...

Continue reading

STEM va STEAM o‘qitish yondashuvlariga doir

Ilm-fan va ta’limning taraqqiyotida rivojlangan davlatlarning shu sohadagi tajribalaridan foydalanish va uni ommalashtirish samarali bo‘lishi ayni haqiqat. Bunday yo‘sindagi hamkorlik taraqqiyotga zamin hamdir. Bu boradagi islohotlar zamirida ham ana shu maqsad yotadi. Fan, texnologiya, muhandislik va matematikani birlashtiradigan ta’lim yondoshuvi STEM tizimi afzalliklari haqida ijobiy fikrlar bildirilayotgani ham rost. Aniq va maqsadli tarzda uni joriy etishimiz bizga keng imkoniyatlar eshigini va taraqqiyot darvozasini ochadi. STEAM esa fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtirgan ta’lim yondoshishidir. Ilmiy, matematik, muhandislik va texnologiya maktablar va boshqa ta’lim muassasalarida an’anaviy tarzda to‘rtta alohida fan sifatida o‘qitiladigan sohalar ekani ma’lum. Ularning birlashtirilgan...

Continue reading

OLIY MINBARDA MAMLAKATLAR MANFAATI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Tarixdan ma’lumki, turli zamon va makonlarda dunyoni o‘zgartiradigan nutqlar bo‘lgan. Ular kichik doirada emas, balki yuksak minbarlardan olam ahliga qaratilgani bilan ajralib turadi. Buning boisi irod etilgan nutq o‘zining mazmun mohiyati va ko‘tarilgan muammolarda muayyan hududning emas, balki dunyo xalqlari taqdiriga daxldor masalalarning ko‘ndalang qo‘yilishi va uning yechimiga doir qat’iy talab va tavsiyalarning e’tirof etilishi bilan izohlanadi. Xuddi shundagina u tarixiy nutq maqomini olishi muqarrardir. O‘shandagina dunyo davlatlari va hukumat rahbarlarining nigohi unga qaratilgan bo‘ladi.Shubhasizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMTning 75 - yubiley sessiyasidagi ma’ruzasi ana shunday nutqlar sirasiga kiradi. Mohiyat e’tibori bilan u ikkita asosga ega bo‘ldi. Birinchidan,...

Continue reading