9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MAQOLALAR

notiq.uz > IJODIYOT  > MAQOLALAR

MAʼRIFATNING KAMOLI — MAʼNAVIYATNING JAMOLI

Xalqda “Bekobodning shamoli” degan ibora yuradi. Geografik maʼnoda haqiqatan ham Bekobod tumanidagi shamolning shiddati va tezligiga ishora bor bunda. Olamning moddiy asosi boʻlgan toʻrt unsurning biri bu – shamol. U harakatlantiruvchi kuchdir. Ijodiy va ijobiy maʼnodagi harakat – barakatning kaliti. Maʼrifatning kamol topishi maʼnaviyatning jilosi bilan uygʻun.Respublikamizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Bekobodda ham oʻzgacha havo, oʻzgacha ruh va shukuh hukmron. Ayniqsa, keyingi toʻrt oy mobaynida barcha jabhalardagi jonlanishni koʻrib beixtiyor ruhlanasan kishi.Ancha yillardan beri nashr etilmay turgan hayot koʻzgusi hisoblangan gazetaga eʼtibor boʻlakcha, uning endilikda “Yangi Bekobod” nomi bilan chop etila boshlangani buning yaqqol misolidir.Chin maʼnoda, matbuot, maʼnaviyat, adabiyot va...

Continue reading

PEDAGOGIK MAHORAT ‒ KASBIY MAHORATNING O‘ZAGI VA O‘ZANI

«Mahorat» so‘zi arabcha bo‘lib, o‘zagi mohir degan so‘zdan. U esa epchillik, mohirlik, uddaburonlik degan ma’nolarni anglatadi. Buni barcha soha va jabha kishilariga nisbatan qo‘llash mumkin. O‘z ishining ustasi birikmasi ham aynan shundan. Har bir sohaning mahoratli xodimlari bo‘lib, ularda kasbiy mahorat nuqtai nazaridan yaratuvchanlik, ilmiy termin bilan aytganda, kreativlik, innovatorlik xususiyatlari ustun turadi. Bunday insonlar mamlakat taraqqiyotiga o‘z sohasi nuqtai nazaridan munosib hissa qo‘sha oladilar. Turli soha, xalq xo‘jaligining turli jabhalarida faoliyat yuritadigan innovator insonlar o‘z kasbining ustasidirlar. Shuning uchun ham kasbiy mahorat tushunchasi kengqamrovlidir. Hunarmand, me’mor, rassom, haykaltarosh, duradgor, naqqosh qo‘yingki, barcha kasblarning ustalari o‘z sohasi rivojiga hissa qo‘sha...

Continue reading

TAFAKKUR TAROZIBONI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text ]Shunday insonlar bo‘ladiki, ular bilan zamondosh bo‘lganing bilan bir karra, agar zamindosh ham bo‘lsang ikki karra qalbingda g‘urur hissini tuyasan kishi. O‘zbekistonimizning so‘lim go‘shalaridan biri Boysundan chiqqan Shukur Xolmirzayev, Erkin A’zam, Usmon Azimovlarga ishora qilayotganimizni sezgan bo‘lsangiz kerak. Bugungi kunda o‘zbek adabiyotining zalvorli yukini yelkasida ko‘targan va ko‘tarayotgan mazkur adiblarning ma’naviyatimiz taraqqiyotida ulkan hissasi bor. Ular ijodiyotini o‘rganish, asarlarini ommalashtirish va targ‘ib qilish burchdorlik tuyg‘usidir. Qolaversa, ma’naviy farz, ma’rifiy qarzimizdir. Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, odamlar qalbiga yo‘l topish va ularni ezgu maqsadlar sari ilhomlantirish bugunning ham dolzarb muammolaridandir. Xuddi shu talab yo‘sinida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining...

Continue reading

ENG KATTA VIRUS — VAHIMA, OCHKO‘ZLIK, KITOB O‘QIMASLIK

(Prezident Shavkat Mirziyoevning xalqqa murojaati xususida mulohazalar) Odamzodning irodasi bo‘sh yoki qat’iyligi turli sinovlarda bilinadi. Tarixdan ma’lumki,  zamon va makon bilan bog‘liq turli ne’matlar ham, ofat-balolar ham xalq irodasining bukilmasligi uchun sinov. Iroda ishonchni mustahkamlay olishdir, aslida. Bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan muammolardan biri tojsimon virus balosidir. Jahon ahli bu ofatga qarshi kurash yo‘llarini, uni butkul tugatish borasida izlanayapti. Demak, bu borada yakdillik va ertangi kunga ishonch har narsadan muhim. Prezidentimiz bu xususda aniq fikr va chora-tadbirlarni 18 mart kuni xalqimizga murojaatnomasida keskin tarzda bildirdilar. "Millati, tili va dinidan qat’i nazar, hammamiz yakdilmiz va, ishonamizki, bu qiyinchiliklar, albatta, o‘tib ketadi. Buning uchun...

Continue reading