04
Апрель
0
Comments
Nasrullo Ergash: MANZILSIZ MAKTUBLAR
in IJODIYOT, NAZM-U NASR

Men manzilsiz xatlar yozaman,
Maktublarim egasi yo‘qdir.
Kimdir uni ochib xilvatda,
Ko‘zyosh bilan ohista o‘qir.
Men manzilsiz xatlar yozaman,
Ammo ular chiqqandir yo‘lga.
Umidvorman va ishonaman –
Yetgay bir kun intizor qo‘lga!
Men manzilsiz xatlar yozaman,
Satrlarga joylab o‘zimni.
Ne uchundir o‘qigan odam
Meni emas, ko‘rar o‘zini.
Maktubimni o‘qigan odam
Pichirlaydi: xatdagi men-ku.
Meniki-ku mana bu armon,
Meniki-ku mana bu orzu…
Men manzilsiz xatlar yozaman,
Maktublarim kimgadir yoqar.
Kimdir esa uni parishon
Olovlarga maydalab otar.
Men-chi, uni o‘qigan odam
Yetsa deyman tilaklariga.
Shuning uchun xat yuboram