MIRZO BOBURNING HARBIY NOTIQLIK MAHORATI
Notiqlikning bir qancha turlari bor. Bular ijtimoiy-siyosiy, akademik, diniy, sud notiqligi, harbiy va ijtimoiy-maishiy notiqlikdir. Bular ichida alohida ajralib turadigani harbiy notiqlikdir. Tinchlik sharoitida ham, davlat boshqaruvi, hatto urush sharoitida ham qoʻshinni boshqarishda notiqlik sanʼatining alohida oʻrni boʻlganligiga uzoq asrlik tarix guvoh. Chunki koʻzlangan maqsad bu strategiya boʻlsa, uni amalga oshirish yoʻllari bu taktikadir. Demak, har qanday strategiyaning taʼsirchan mexanizmi bu til taktikasidir. Harbiy notiqlik mohiyat eʼtibori bilan jangovarlikni, xitob va daʼvatni anglatadi. Shuning uchun ham mashhur Rim notigʻi Mark Tulliy Sitseron “Tarixda yo yaxshi harbiy sarkarda yoki notiq boʻlish kerak” - demagan. U koʻrib kuzatgani va anglab yetganidan soʻng...
Continue reading