Pedagog kasbiy kompetensiyasining takomillashuvida ritorik mahoratning o‘rni
Kasbiy layoqat kasbiy mahorat bilan uyg‘un. Fanlar yo‘nalishida o‘qituvchining salohiyati va qobiliyati masalasi ko‘pgina muammolarning ijobiy hal etilishida muhim rol o‘ynaydi. O‘z fanini nazariy jihatdan chuqur bilish, yuksak intellektual salohiyatga ega bo‘lish mumkin, lekin ma’lumotni, axborotni o‘quvchi qalbu ongiga singdirish, etkazish yo‘llari, aniqrog‘i, o‘tkazish masalasi muhim muammoligicha qolmoqda. O‘quvchining diqqat-e’tibori, qiziqishi bilan qiziqmasdan turib ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samarasini tasavvur etish mushkul. Buning uchun o‘qituvchi ikkita asosni doimo e’tiborda tutishi zarur. Bu ta’limning talabi nutq bilan, tarbiyaning talabi xulq bilan ekanligi omilidir. O‘quvchida ham shu xususiyatlarning mujassamini ko‘rishni istagan pedagog, avvalo, nutqiy va xulqiy madaniyatning o‘z tiynatida bo‘lishiga erishishi maqsadga muvofiq....
Continue reading