Oʻktam Mirzayor: ODAM GA

Hayotda ibrat bor, hayotda nusrat,
Bir oliy sinovli umr degani.
Hatto Zagʻizgʻonga, hatto Qargʻaga,
Qurtu qumirsqaga risq bor yegani.
Nabotat olamin oʻzi moʻjiza,
Tinglasang, suxansiz nimadir deydi.
Har nening risqi bor oʻzicha, ammo,
Odamzod ne uchun bir–birin yeydi?
Olamga bepisand boqadi, magʻrur,
Dunyoni yaratib qoʻyganday, masrur.
Irganib qaraydi juldir kiyimga,
Oʻzgadan kam izlar, ketar gʻururga.
Odam ojizligi asli shundadir,
Shundadir, imonu nafsning qudrati.
Insof shivirlaydi, nafs qulogʻiga,
Baribir ustundir nafsning kudrati.
Ey, inson, oʻzingga boqqin avvali,
Oʻzganing qilmishin etmagin taftish.
Balki, kuni kelib, qazo yetganda,
Oʻsha miskin odam qoʻyar soʻngi gʻisht.
Balki, tobutingning bir tomonida,
Uning ham ha, degan bir madadi bor.
Balki, dili xundir qabring ustida,
Balki, aytolmgan senga dardi bor.
Nima ham boʻlganda hushyor boʻl, odam,
Soʻnggi yoʻlga oʻzing bora olmaysan.
Nafsing ham daf boʻlar uning oʻchganda.
Nafsning quchogʻida mangu qolmaysan.
Insofday boʻladi haqiqiy doʻsting,
Imoning qoʻriqlab oʻtadi kuni.
Doʻsting bormi, demak yolgʻiz emassan.
Koʻngil gavhariday asragin uni.