9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

OTDOSHNING MULOHAZALARI

notiq.uz > IJODIYOT  > OTDOSHNING MULOHAZALARI

OTDOSHNING MULOHAZALARI

Shoir boʻlish uchun miyasi qotgan, tafakkuri dogmalar bilan zanjirband qilingan professorning leksiyasiga qatnash aslo shart emas, shoirlikning oʻz maktabi bor.

Rauf Parfi ijodi — maktab.
Choʻlpon ijodi- maktab.
Zamondosh talantli shoirlar ijodi-maktab.
Bobur lirikasi-maktab.
Mashrab gʻazallari-maktab.
Tokuboku xokkulari-maktab.
Navoiy merosi-ulugʻ maktab.
Jahon adabiyoti-ulkan maktab.

Ustoz-shoirlar suxbati-gʻoyat kerakli maktab.

Iztirob- isteʼdodning tanasidagi qondir.

Faqat shoirlik isteʼdodiga xiyonat qilib zamonasoz, maddoh boʻlmasangiz, boʻldi.

Bir bakalashka yogʻ berarkan deb hokimlarni madh etmasangiz bas.

Yana unutmanki, shoirlar orasida otilganlar, osilganlar, boshi kesilganlar, suvga choʻktirilgaanlar, terisi tiriklayin shilinganlar, qamoqda oʻldirilganlar, quvgʻin qilinganlar, yakkalab qoʻyilganlar keragicha topiladi.

Yana unutmangki, shoirning soʻzi toshni yoradi, tahtni qulatadi, zolimning qilichini sindiradi, dushmanning koʻzini oʻyadi.

Yana unutmangki, shoirning soʻzi zulmatda alashganlar uchun yoʻlchi yulduz, qalb jarohatlanganlarga malham, hijron, ayriliq azobiga davo, asoratga tushgan millatlarni uygʻotuvchi sehrli kuchdir.

Yurakni toza tuting, isteʼdod xira tortmasin.

Soʻzni sotmang, isteʼdodingiz ruhi oʻladi.

Ey shoir, bu dunyo sen uchun iztirob qozonidir, qozonning ostiga oʻt yoquvchilar koʻp.

Rahimjon Rahmat

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.