9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Doniyor MIRZO: KO‘NGIL

notiq.uz > IJODIYOT  > Doniyor MIRZO: KO‘NGIL

Doniyor MIRZO: KO‘NGIL

Ko‘ngil – osmon, ko‘ngil – daryo, ko‘ngil – dengiz,
Ko‘ngil qalqon, ko‘ngil dunyo, ko‘ngil tengsiz.
Ko‘ngil qilday nozik tor u ko‘ngil oyna,
Uzma faqat ko‘ngil torin chalib o‘yna.

Kim istasa uzadigan gul emas u,
Kim xohlasa buzadigan yo‘l emas u.
Ko‘ngil – guldir, ko‘ngil – lola, ko‘ngil – chaman,
Ko‘ngil – bog‘dir, ko‘ngil – tog‘dir, sevgan zamon.

Ko‘ngil – saroy, shohona joy sayri gulbog‘,
Ko‘ngilga sen tushirmagin zarracha dog‘.
Ko‘ngil – qal’a, tank bilan ham buzib bo‘lmas,
Ko‘ngil torin ming yil totib uzib bo‘lmas.

Doniyor Mirzo singil baxtin oftob ayla,
Doniyor Mirzo ko‘ngil taxtin kitob ayla,
Ko‘ngil senga rezinkamas cho‘zib bo‘lmas,
Sevganingdan aslo ko‘ngil uzib bo‘lmas.
28-aprel 2025-yil

HAYOT QONUNI
Seni tirik sotar, doʻst-u yoroning,
Hatto, tik boqadi, kiprik qoqmaydi.
Chaqaga arzimas ularchun joning,
Ularga zoʻrliging aslo yoqmaydi.

Xor-u xarob boʻlsang ular suyunar,
Gullab-yashnashingni koʻra olmaydi.
Agar koʻtarilsang ular kuyinar,
Yoningda jimgina yura olmaydi.

Qarama-qarshilik hayot qonuni,
Tiriklik bor ekan qutulmas bashar.
Doniyor Mirzo bilki, odam bolasi,
Oʻlguncha bir-birin koʻrolmay yashar.
11-may 2025-yil

SEVGI
Baxtli qilay, seni boy qilay,
Kel, ko‘nglimni keng saroy qilay.
Qo‘llarimdan mahkam ushagin,
Saroyimga kelib yashagin.

Saxiyliging tutib ketsa, oh,
Yuragimni yorasan eyvoh.
Sevishingni yaxshi bilaman,
Kel, baxtimni sovg‘a qilaman.

Sevgi lazzat, sevgi baxtmikan?
Dil sevgidan yo karaxtmikan?
Hech arazlab ketma, iltimos,
Ishq bahridan o‘tma, iltimos.

Kel, dildagi saroyim to‘ldir,
Sevgim uchun kibringni o‘ldir.
Qattiq sevdim, men yomon sevdim,
Bedor sevdim, beomon sevdim.

Bor boyligim, davlatim sevgi,
Boshdan oyoq, savlatim sevgi.
Bir tomosha qilsin bu dunyo,
Ko‘nglingni och, Doniyor Mirzo!
16-avgust 2025-yil

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.