Zafar Ro‘ziqulov: SUVRATLARDA YURAGIM
Zafar Ro‘ziqulov,
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Fotorassomlar uyushmasi aʼzosi.
O‘kuz oromi
Oʻkuz – Amudaryoning qadimiy turkcha nomi. Yunonlar va rimliklar talaffuzida u “Oks” deb atalgan. Arablar esa “Jayxun”, ya’ni “jo’shqin daryo” deb nomlaganlar. Amudaryo haqiqatda ham jo’shqin bo’lib, tarixda o‘zanini tez-tez o‘zgartirgan. Qadimda u Kaspiy dengiziga quyilgan. 3500 yil avval hozirgi o’zani bo’ylab Orol dengiziga quyilishni boshlagan. So’nggi ming yillikda ham bir necha bor Sariqamish ko’li va Kasbiy dengizi tomon yo’nalishini o’zgartirgan. Bahor va yozda sersuv bo’lgani bois, qishda esa, daryoning ustki qismi muzlashi sabab suv toshqinlari oqibatida o‘zanini o‘zgartirib turgan. Shuningdek, urushlar oqibatida ham odamlar daryo o‘zanini suniy o‘zgartirgan.
Ushbi “O‘kuz oromi” – deb, nomlangan fotoasar Amudaryoga kuz fasli olib kelgan sokinlik unga orom berishi haqida.

