Asalxon Saydaxmatxonova: TOSHDAGI DOSTON
Asalxon Saydaxmatxonova Sirojiddin qizi
Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti, Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili 2-kurs
Dunyo. U ajoyib va xilma-xil. U barcha ko’rinishlarda betakror va insonni hayratga soladigan har bir narsani, daqiqa va lahzalarni abadiylashtirgisi keladi. Toshdagi haykal buning uchun ajoyib yechim.
Artur Rajabov- haykaltarosh rassom ishlari bilan tanishib chiqarkanmiz va yana bir qayta dunyoni kashf qilgandekmiz. Bular shunchaki jonsiz haykal bo’lsada, nigohlar o’ti ko’zni qamashtiradi. «Nahot bu siymo jonlandi» deysan kishi.
Sabrning eng nozik uchigacha dodini bergan bu turdagi san’at shaydolari hayotni yana ham jilovlantirishga va abadiylashtirishga hissa berishadi.
Xususan, haykallarga jon berish ilohiyotchisining ham eng sevgan asari Anna German ustida bo’lgan ekan va bu menda ham juda o’zgacha taasurot qoldirdi. Balki o’zim ham ayol xilqatidan bo’lganim uchundir. O’ta nafis ishlangan va ayollik bahori- erta chiqqan moychechaklardek gullab ochilib turgan go’zalligi juda aniq tasvirlangan. Qoyil qolmaslikni o’zga chorasi yo’q.
Tarixni sevib o’qishimni sabab qilib keltirgan holda Xiva xonligi bosh vazirligi faoliyatida xalq uchun fidoiy xizmat qilgan Said Ibrohimxo’ja o’g’li Said Islomxo’ja tasviri ishlangan haykal ham alohida e’tirofga sazovor. Yuqorida aytkandimdek ko’zlarda chaqnab turgan olov- qat’iyat, matonat yaqqol namoyon.
Albatta bularning barchasi metin qo’llari sohibi- Artur Rajabovning qimmatli ijod mahsuli edi.






