9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Mahorat maktablari

notiq.uz > Arxiv  > Mahorat maktablari

Mahorat maktablari

Turli soha va kasblarning rivojini mahorat maktablarisiz tasavvur qilish qiyin. Pedagogik mahorat, aktyorlik mahorati, jurnalistik mahorat, huquqiy mahorat, tasviriy mahorat va hokazo. Bu qatorni istagancha davom ettirish mumkin. O‘qituvchilarning bu boradagi faoliyati alohida ahamiyatga ega. Ta’lim va tarbiya strategiya bo‘lsa, uni etkazish yo‘llari va usullari esa taktikadir. Taktika boshqacha aytganda, texnologiya va pedagogik metodologiyani o‘z qamroviga oluvchi tushunchalar jamlanmasi desak o‘rinli bo‘ladi. CHunki ma’lumotni o‘quvchiga qachon, qaerda, qancha va qanday qilib etkazish muammosi zaruriy va dolzarb masaladir. Buni esa mahorat maktabini o‘tamagan, o‘z tajribasini oshirmagan o‘qituvchidan kutish qiyin. Bugun tashkil etilayotgan trener o‘qituvchilar ishtirogida o‘tkazilayotgan mahorat maktabi ham ana shu jihatlari bilan xarakterlanib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika ta’lim markazi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Toshkent viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamkorligida TVXTXQTMOIing anjumanlar zalida “Ta’lim sifati va samaradorligini takomillashtirishda “Mahorat maktablarining o‘rni” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Ertalabdanoq pedagoglarning kayfiyati ko‘tarinki, qizg‘in va faol ishtiroklari shundan dalolat berib turibdi. Soat 9.30. Zal pedagoglar va boshqa nufuzli mehmonlar bilan gavjum.

Seminarni Respublika Ta’lim markazi direktori Islom Isxoqovich Zokirov kirish so‘zi bilan ochdilar. Mahorat maktablarining o‘rni ta’lim jarayonida alohida ahamiyatga ega ekanligini e’tirof eta turib, Xalq ta’limi vazirligining Umumta’lim maktablarida o‘quv tarbiya jarayonini rivojlantirish Bosh boshqarmasi SHarif To‘lanovich Ergashevga so‘z berdilar. Ular ta’lim samaradorligini oshirishda “Mahorat maktablari” oldida turgan dolzarb vazifalar mavzuida o‘z mulohazalarini bayon etdilar. So‘ngra Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti prorektori Komiljon Gulyamov “Mahorat maktablari” doirasida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va ta’lim tarbiya sifatini oshirishdagi ustuvor vazifalar” mavzuida  so‘z yuritdilar. “Ona tili fanidan Toshkent viloyatidagi “Mahorat maktablari”da olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti bo‘yicha Piskent tumani 1-maktab ona tili fani o‘qituvchisi Rahima Ergashboevna Mirxoliqova, TVXTXQTMOI katta o‘qituvchisi O‘lmas Saidov, Respublika ta’lim markazining ona tili fani metodisti G. Ziyodullaeva, Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti O.Oxunjonovalar so‘zga chiqishdi.

Matematika fanidan Toshkent viloyatidagi “Mahorat maktablari”da olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti bo‘yicha YAngiyo‘l tumani 61-maktab matematika fani o‘qituvchisi L.R. Muxammadieva, TDPU katta o‘qituvchisi M.Barakaevlar, Fizika fanidan Toshkent viloyatidagi “Mahorat maktablari”da olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti bo‘yicha  Piskent tumani 5-maktab fizika fani o‘qituvchisi V.Saidxo‘jaeva, TVXTXQTMOI dotsenti v.b. Muhabbat Musaeva, Respublika ta’lim markazining fizika fani metodisti Z.Sangirova, TDPU dotsenti B.Sattorova, Mehnat fanidan Toshkent viloyatidagi “Mahorat maktablari”da olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti bo‘yicha YAngiyo‘l tumani 67-maktab mehnat ta’limi fani o‘qituvchisi B.Anarqulova, TVXTXQTMOI o‘qituvchisi F.Berdieva, Respublika ta’lim markazining mehnat ta’limi fani metodisti Z. Sangirova, TDPU katta o‘qituvchisi B.Sattorovalarning chiqishlari ham e’tiborga molik bo‘ldi. Ma’ruzachilarning mavzu bo‘yicha tayyorlagan elektron taqdimotlarini ta’minlashda institutimizning katta o‘qituvchisi Zoir Almuratovning xizmatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir.

Mavzu borasida savol-javoblar, taklif va mulohazalar bildirilgandan so‘ng sho‘‘ba o‘zining birinchi bosqichini yakunladi. Tushdan so‘ng esa 19 ta sho‘‘ba o‘z faoliyatini boshladi. So‘ngra fanlarni o‘qitishning samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha mas’ul trenerlarning fan bo‘yicha o‘qitish mahoratlaridan bahramand bo‘ldi. Jumladan, Respublika ta’lim markazining ona tili fani metodisti Gulsara Ziyodullaeva, institutimiz “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi dotsenti Zamira Mirzakarimova, TDPU dotsenti Oytoji Oxunjonovalar ona tili fani bo‘yicha sho‘‘bada trener o‘qituvchilar sifatida mashg‘ulotlar olib borishdi. Fan o‘qituvchilariga ta’limning sifati va samarasi bilan bog‘liq mulohazalarini o‘rtaga tashladilar. O‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar o‘rniga ularning nutqiy malakalarini oshirish bo‘yicha mashq, vazifalarning berilishi maqsadga muvofiqligini e’tirof etdilar. Afsuski, maktabda bajariladigan mashqlar o‘rniga topshiriqlarning soni oshib ketganligini taassuf bilan qayd etib o‘tdilar. Mahoratlik o‘qituvchilardan foydalangan holda, videodarslik va audioqo‘llanmalarni tayyorlash davr talabi. Bu esa fanni o‘qitishdagi sifat, samara hamda ta’sirchanlikning muhim omili ekanligini tinglovchi pedagoglar bir ovozdan ma’qullashdi. O‘quvchi og‘zaki nutq va yozma nutq madaniyatini chuqur egallamasdan turib, hech narsaga erishish mumkin emas. Bolalarga fikrlashni o‘rgatolmasak, ta’lim samarasi past bo‘lishi borasida Prezidentimiz fikrlarini keltirib o‘tdilar. Bunday talablar va vazifalar barcha fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan sho‘‘balarga ham bab-baravar taalluqli ekanligini e’tibordan soqit qilmaslik zarur. Bu esa maktab ta’limining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlaydi. Ta’limning talabi nutq bilan, tarbiyaning talabi xulq bilan ekanligi har bir pedagogning diqqat markazida turishi kerak.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.