9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Kasbiy mahorat yakunlari

notiq.uz > Arxiv  > Kasbiy mahorat yakunlari

Kasbiy mahorat yakunlari

Dehqon urug‘ qadab, don sepib kuzakda hosilini olishni niyat qiladi. Samara qanday bo‘lgani bilan qiziqadi. Harakatu xarajati barakatga tomon bo‘lishini orzu qiladi. Berilgan ma’lumot bois olingan ta’limning samarasi qanday natija va ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgani bilan qiziqish ma’naviy ehtiyoj. Zamonaviy ta’lim va tarbiya talabi shuni taqozo etadi. Xorijiy tillarni chuqurroq bilish  o‘z ona tilini sevish va ardoqlashdan boshlanishi haq. SHuning uchun ham “Vatan ostonadan boshlanadi” degan maqol bejiz aytilmagan. CHet tillarni, xususan, ingliz tilini puxta o‘zlashtirish orqali jahonga yuz tutish imkoni mavjud bo‘libgina qolmay, balki ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy masalalarda ham hamkorlikka zamin hozirlanadi.

Umumta’lim muassasalari chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish bo‘yicha har haftalik kurslari 2 – bosqich yakuniy attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, shunga muvofiq holda, TVXTXQTMOI pedagoglar jamoasi Toshkent viloyati tumanlari bo‘ylab nazoratchi sifatida safarga chiqishdi.

Yo‘riqnoma quyidagicha:

Tinglovchilarning yakuniy attestatsiyasi tinglab tushunish(Litsening), o‘qish (Reading), leksik va grammatik (Lexical and Grammar), yozish (Writing), gapirish (Speaking) ko‘nikmalarini baholashdan iborat. YAkuniy attestatsiya jarayoni 2 bosqichda (test sinovi va suhbat) amalga oshiriladi,

Test sinovlari 2 soat 40 daqiqa davom etadi va ajratilgan vaqt bo‘limlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi.

  1. Tinglab tushunish ko‘nikmasi. Tinglab tushunish ko‘nikmasini aniqlash bo‘yicha topshiriqlar 2 qismdan iborat bo‘lib, jami 40 daqiqa vaqt berilgan va quyidagicha taqsimlanadi:

2 — qism (1-10 savol) — 20 daqiqa belgilangan

Savollar bilan tanishib chiqish uchun – 5 daqiqa;

Audio matn yoki suhbatni tinglab javob variantini tanlash

5 daqiqadan 2 marta eshittiriladi va eshitish davomida javob varianti tanlanadi — 10 daqiqa;

Tanlangan javob variantini ko‘rib chiqish va javob varaqasiga belgilash -5 daqiqa.

2 qism (11-20 savol) – 20 daqiqa

Savollar bilan tanishib chiqish uchun – 5 daqiqa;

Audio matn yoki suhbatni tinglab javob variantini tanlash

5 daqiqadan 2 marta eshittiriladi va eshitish davomida javob varianti tanlanadi — 10 daqiqa;

Tanlangan javob variantini ko‘rib chiqish va javob varaqasiga belgilash -5 daqiqa.

  1. O‘qish ko‘nikmasi (20 ta savol — 30 daqiqa)

1-qism (1-13 savol)- 19,5 daqiqa

2-qism (14-20) — 10,5 daqiqa

  1. Leksik va grammatik ko‘nikma (25 ta savol-30 daqiqa)

1 — qism(1-8 savol) — 10 daqiqa

2 — qism(9-16 savol) — 10 daqiqa

3 — qism(17-25 savol) — 10 daqiqa

  1. YOzish ko‘nikmasi (2ta topshiriq – 60 daqiqa)-

1-topshiriq (berilgan topshiriq asosida kamida 150 ta so‘zdan iborat bo‘lgan xat)

2-topshiriq (berilgan topshiriq asosida kamida 250 ta so‘zdan iborat esse)

Tinglovchi javoblar varag‘i va savollar kitobi muqovasining ko‘rsatilgan joyiga o‘zi haqidagi ma’lumotni yozib, imzo qo‘yadi. Tinglovchining familiyasi, ismi, sharifi yozilmagan va imzo qo‘yilmagan javoblar varag‘i va savollar kitobi bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, natija chiqarilmaydi;

Institut pedagoglaridan Zamira Mirzakarimova (filologiya fanlari nomzodi, dotsent), Rahimboy Jumaniyozov (filologiya fanlari nomzodi, dotsent) lar YUqori CHirchiq tumani 7 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yakuniy test jarayonini kuzatish bilan birga davlat tili va xorijiy tillar orasidagi bog‘liqlik borasida ham o‘z mulohazalarini bildirdilar.

Maktabga kirib borganimizda bizni tuman XTMFTTEB ingliz tili uslubchisi Azizbek Abdullaev, trener o‘qituvchilardan Gavhar Aytimbetova (12 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi), Tursunboy Ortiqov (Parkent tumani  37 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi), Ravshan Pirmatov (9 – sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi) lar kutib olishdi.

  1. Pirmatov trenerlik qilayotgan 1 guruhda jadvalga muvofiq to‘liq holda 20 ta o‘qituvchi ishtirok etdi.
  2. Ortiqov trenerlik qilayotgan 2 guruhda jadval bo‘yicha 19 ta o‘qituvchi ishtirok etdi.
  3. Aytimbetova trenerlik qilayotgan 3 guruhda esa jami 18 ta o‘qituvchi ishtirok etdi.

Har qanday baholashning o‘z mezonlari bor. O‘zi olgan bilimlariga  ishonch hosil qilgan o‘qituvchi chinakam pedagog. SHuning uchun ham ayrim o‘qituvchilar belgilangan muddatdan oldin test topshiriqlarini bajarib bo‘lishdi. Biz ularga dars faoliyatida doimo muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.

 

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.