9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Tilim – elim, demak, dilim

notiq.uz > Arxiv  > Tilim – elim, demak, dilim

Tilim – elim, demak, dilim

Erkin Vohidov

Ilza Sirtautasga bag‘ishlangan she’rini o‘qib biling:

Termulaman Ilza xonimga,
Ko‘zlarimga ishonmay hayron.
Amriqolik xushro‘y olima
So‘zlar edi o‘zbekcha ravon…

Keling, sizni ona yurt uchun,
Fidolar bir tinglab quvonsin.
Bu quvonchdan lekin bir umr
Judolar ham quvonsin, yonsin…

O‘z elati mehridan dilin,
YOt tutganlar sizni eshitsin.
O‘z yurtida o‘z ona tilin,
Unutganlar sizni eshitsin.

“So‘z durlarin termoqdir ishim” — shoirning qutlug‘ maqsadi, estetik kredosi, butun ijodi — buning isboti. SHe’riyatida bevosita tilga, so‘zga bag‘ishlangan tizmalari (masalan, “Ona tilim o‘lmaydi” (1976), “Ilzaxonim” va hokazolardan tashqari, ularga bilvosita daxldor, aloqador satrlari anchagina “O‘zbek bo‘lish oson emasdir” she’rida xalqimizga xos ko‘plab fazilatlar ichida birini alohida ta’kidlaydi:

Necha bo‘lib yo‘qlikka mahkum,
Tildan, dindan bo‘lmagan mahrum.
Sinib, singib ketmagan mardum —
O‘zbek bo‘lish oson emasdir.

Erkin Vohidov haqidagi bir risolada “u so‘zni soqqaday o‘ynatadi”, — degan maqtov ibora ishlatilgan. Bu — aslo mubolag‘a emas. Mana, shoirning ikki satri:

Qalbga gar istarsan orom, bo‘l yomon so‘zdan yiroq,
Karvalol ichmoq kerakmas, kar va lol bo‘lmoq kerak.

“SHaxmat abadiydir, she’r ham abadiy” maqolasida Navoiyning “SHah yonin farzin kibi kajlar maqom etmish, netong, Rostrovlar arsadin gar chiqsalar ruhdek qiroq” misralarini shunday teran tahlil etib, tagdor ma’nolarini chaqib beradiki, bu mumtoz she’riyat va qadimiy o‘yindan chuqur xabardor kishininggina qo‘lidan keladi.
Bir necha yil muqaddam o‘sha kezlar Pushkin ko‘chasida joylashgan yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Erkin Vohidov bir hazil she’r o‘qigandi. Notiq nashriyotga rahbarlik qiyin, serg‘alva ishligi, hammaning ham ko‘nglini topib bo‘lmasligini aytib shunday kulgili, beg‘araz satrlar o‘qib bergandi.

Ixtiyor Rizo,
Baxtiyor Rizo,
Moskvalik Nikolay Dorizo
Bari mendan norizo
Men — direktorman!

YOki samolyotda to‘qilgan ushbu to‘rtlikni oling:

Safar chog‘i tayyoraning dilbar kelini
Ko‘k yuzini barchamizga taxti sulaymon qildi.
Lekin e’lon o‘qiganda o‘zbek tilini
Davlat tili bo‘lganiga pushaymon qildi.

Erkin Vohidov tabiatiga xos yumor tuyg‘usi ijodiga ham ko‘chgan. Mayin, beozor kulgi asarlarini yanada maroqli qilgan (loaqal “Donish­qishloq latifalari”ni yoxud “keksalik gashtini surayotgan” otaxonning dil izhorini eslaylik). Bilsa-hazil, bilmasa-chin maqomidagi mayin, beozor, birda yumshoq, birda qattiq yumor she’r, g‘azallari, dostonlari, dramalari, maqolalar aro sochilib yotganday tuyulsa ham aslida maqsadni, g‘oyani birlashtirib, yozuvlarni “elimlab” turadi.
SHoir buyuk bobokalonimiz ijodini keng, chuqur o‘rganish zamoni kelganidan benihoya shod, xurram, Navoiy g‘azallariga muxammaslar bastalaydi, sharhlar yozadi, yosh do‘stlariga nasihat qiladi, ogoh etadi:

O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa,
Oltin boshning kalla bo‘lgani shudir.
Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa,
Qora sochning malla bo‘lgani shudir.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.