9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Mumtoz merosga ixlos

notiq.uz > Arxiv  > Mumtoz merosga ixlos

Mumtoz merosga ixlos

Sessiya boshlanishi bilan talabalarning aksariyati diliga g‘ulg‘ula tusha boshlaydi. O‘ziga va bilimiga ishonchi borlari uchun bu holat chekora. Talabalik davri o‘rganish, o‘zlashtirish davri. YOshi bir joyga borgandan keyin miya qabul qilmasligidan nolib yuradiganlar ham ko‘p. SHuning uchun ham har bir narsaning o‘z payti bo‘ladi. Navoiy hazratlari bejiz yozmaganlar, “yigitlikda yig‘ ilmning maxzanin, qarilik chog‘ida xarj qilg‘il ani” — deb. Talabalik fanga, sohaga, mutaxassislikka mas’uliyatli davr ekanligi ma’lum. Bu majburiyatni chuqur idrok etganlar uchun keyinchalik ham muammo bo‘lmaydi. Nazariyot va amaliyotni baravar olib borish orqali fanni o‘zlashtirishning xosiyati katta. Ana shu talab va jarayonni his qilgan talabalar joriy, oraliq va yakuniy reyting nazoratlarini muvaffaqiyatli topshirishlari tayin.

Bugun  O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Teatr san’ati fakultetining “Dramatik teatr va kino  aktyorligi” bo‘limi 3 – bosqich talabalarining “Sahna nutqi” fanidan qishki reyting nazoratida bir guruh o‘qituvchilar bilan ishtirok etdik. “Sahna nutqi” kafedrasi mudirasi Maxzumaxon Hojimatova, kafedra dotsenti Rahimboy Jumaniyozov, Oliy toifali diktor, katta o‘qituvchi SHokirjon YUsupov, fan o‘qituvchisi Barnoxon Jalolova, aktyorlik mahorati o‘qituvchisi Behzod Mirzaev va boshqa pedagoglar ishtirok etishdi.

Talabalardagi tirishqoqlik va o‘z mutaxassislik faniga qiziqishlari va mehri ustuvor ekanligini ko‘rib ochig‘i, quvondik. Kursning badiiy rahbari O‘zbekiston xalq artisti  Erkin Komilov va o‘qituvchilari Barnoxon Jalolova, Behzod Mirzaevlarning ancha ter to‘kkanliklari ma’lum. Talabalarning mumtoz adabiy merosimizga mansub bo‘lgan aruz vaznidagi ruboiy va g‘azallarni ifodali o‘qishlaridan shu narsani anglab olish qiyin emas edi. Har bir o‘quvchining fanni o‘zlashtirish darajasi har xil bo‘lgani singari, aruziy she’rlarni uddasidan chiqib ijro etishlari ham turlicha bo‘lishi tabiiy. Pedagoglar kursga mutasaddi bo‘lgan o‘qituvchilarning mehnatlari katta bo‘lganlarini e’tirof eta turib, ayrim talabalarga xos bo‘lgan yutuq va kamchiliklarni ham aytib o‘tishdi.

Talabalarning ayrim tovush va so‘zlarni aniq talaffuz etishlaridagi ishtibohlardan biri shuki ular, “X” va “H” ishtirok etadigan so‘zlarning talaffuzida chalkashliklarga yo‘l qo‘yishadi. Natijada so‘zning ma’nolari ham o‘zgarib ketishi tayin. “ Har-xar”. Har belgilash olmoshiga mansub bo‘lsa, xar fors-tojik tilida eshak demakdir. “Ham-xam”. “Ham” tilga mansub leksik element bo‘lsa, “xam” — boshi egik ma’nosini ifodalaydi.  “Xush” va “Hush” haqida ham shunga monand fikrlarni aytish mumkin.

Aruzga xos bo‘lgan “Imola”ni bilish kerak. Aruz musiqiylikni talab etadi, qoidasi bo‘yicha cho‘ziq va qisqa unlilarni ketma-ket takrorlanishiga asoslangan vazn turidir. Odatda, undosh bilan tugagan so‘zning unli bilan boshlanuvchi so‘zga edirilib o‘qilishi bu imoladir. Ana shu qoidaga amal qilinmay qolishi g‘alizlikni tug‘diradi. To‘g‘ri, talabalar ayrim arabiy va forsiy so‘zlarning ma’nolarini bilmasligi mumkin. Natijada o‘qish jarayonida har xil holatlar bo‘lishi kuzatiladi. Aruziy she’rlarning o‘qilidshida. Kuzatishimizcha, uch xil ijroni ko‘rish mumkin. Bular o‘qituvchining, diktorning, aktyorning o‘qish uslublaridir.  O‘qituvchida o‘z imkoniyatidan kelib chiqib o‘qishi kuzatilsa, diktorcha uslubda tovush va so‘zlarning aniq, tiniq va burro talaffuz etilishi etakchilik qilsa, aktyorcha uslubda ichki kechinma va hissiyotlarni ta’sirchan ifodalashga moyillik seziladi. Aktyorona uslubda pauza, intonatsiya, ovoz tembrining baland pastligi, ritm birinchi planga chiqadi. To‘g‘ri, bu holat ta’sirchanlikni ta’minlashda muhim mezon va zarur hamdir. Lekin aruzning ruknlari va bahrlari muayyan tartibga tushirilishi, izchillik, takroriy ohangning mavjudligi, tovushlararo uzviylik va uyg‘unlikka rioya etish talabini inkor eta olmaymiz. Buni ta’bir joiz bo‘lsa, oddiy insonlarning odimlashi barmoq vazniga monand, harbiycha shaxdam qadam tashlab borish aruz vazniga mosdir deyish qilish mumkin. CHunki, keyingi bayt ham aynan shunday rukn va bahrda hech o‘zgarishsiz kelishi zarur. Buni go‘yoki, birinchi qatorda ketayotgan askar qadamini sal kalta yoki uzunroq tashlasa, safning buzilishi yoki keyingi qatorda kelayotgan sarbozning gandiraklashiga sabab bo‘lishiga o‘xshatish mumkin. CHo‘ziq va qisqa hijolarning o‘zaro munosabatiga qarab aruzning qaysi bahri va rukniga mosligini aniqlab keyin o‘qishga tutinish talabalr uchun koni foyda. Sahnada rol o‘ynalayotgan paytda, sharoit, vaziyat, holat inobatga olingani uchun aruz qoidasiga nisbatan biroz xilof ravishda ish tutilsa ham ayb sanalmaydi. CHunki, u personajning nutqiga singishib ketadi. Spektakldan tashqarida g‘azalxonlik yoxud ruboiyxonlik kechalarida aruzning o‘z qoidalari va ritmikasiga bo‘ysungan holda o‘qish taqozo etiladi.

Ushbu reyting nazorati muvaffaqiyatli o‘tgani bilan biz talabalarni va mutasaddi, mas’ul o‘qituvchilarni samimiy tabrikladik.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.