Navoiy navosi – boyligimiz, borlig‘imiz boisi
Navoiyni tinglovchilar ko‘p, lekin anglovchilar kam. Uning ijodiyotini tushunish uchun so‘z, ibora ma’nolarini yaxshi bilish kerak. Arabiy va forsiy tildan ham boxabarlik shoir merosini asl mazmun va mohiyatini tushunishga imkon beradi. Navoiyni o‘rganib, uning ijodidan bahramand bo‘lish faqat til adabiyot mutaxassislariga emas, balki tabiiy fanlar mutaxassislariga ham birdek zarur.
Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti madaniyat saroyida o‘tkazilgan “Ma’naviyat sarchashmalari” nomli Alisher Navoiyning 577 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda institut talabalari hamda professor o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Navoiy adabiy merosining ahamiyati bugungi kundagi o‘rni hamda ahamiyati haqida mulohazalar bildirildi. Institut dotsenti Komila Raximova tomonidan tayyorlangan ssenariy asosida talabalar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.
Tadbir sermazmun va maroqli tarzda o‘tganligini ishtirokchilarning yuz-u ko‘zlaridan ham bilish mumkin.
“Gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Bahriddin Muqimov axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov.