Ma’rifat saboqlari
Har dushanba kuni ertalab ko‘plab idora va muassasalarda ma’rifat darslari o‘tkaziladi. Bu ayni muddao. Hafta mobaynidagi yangiliklar bilan oshno bo‘lish, o‘zimizda va jahon mamlakatlarida ro‘y berayotgan hodisa hamda ma’lumotlardan xabardor bo‘lish ma’nosida bunday tadbirlarning ahamiyati katta.
O‘zbekiston Respublikasi IIV PPCH va JTSBBga bevosita bo‘ysunuvchi xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida militsiya bataloni shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan ma’naviy -ma’rifiy tadbir ham e’tiborga molikdir. Bu erda o‘z kasbiga sadoqatli, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini qo‘riqlashdek ishga kamarbasta, etuk dunyoqarashli ichki xizmat xodimlari faoliyat yuritishadi. Tadbirni batalon komandirining o‘rinbosari mayor YOrlakabov Bahodir Egamberdievich olib bordi va ma’ruzachilar bilan tanishtirdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud katta eksperti Abdumannob Raximov, filologiya fanlari nomzodi, TVXTXQTMOI dotsenti, “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi Rahimboy Jumaniyozovlar ishtirok etishdi.
Dastlabki ma’ruza “Sa’diy SHeroziy asarlarida ma’naviyat talqini” mavzusida bo‘lib shu haqda R. Jumaniyozov o‘z mulohazalari bilan chiqish qildi. SHarq mumtoz merosimizning yirik namoyandalari ijodiga o‘ziing barakali ta’sirini o‘tkazgan SHaych Muslihiddin SHeroziy asarlari mangulikka daxldorligi bilan ajralib turishi, bugungi kunda ham uning noyob, durdona fikrlari yosh avlod tarbiyasiga xizmat qilishi borasida so‘zlab o‘tdi. SHeroziy (1184-1292) shayx Sa’diy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Adabiyotshunoslar nazdida fors – tojik adabiyotining eng porloq asari Firdavsiyning “SHohnoma”si bo‘lsa, nasriy asarlarning eng barjastasi “Guliston” hisoblanadi. Uning “Guliston” asari 1257 yilda yozilgan bo‘lsa, “Bo‘ston” asari esa 1258 yilda yaratilgan. Har ikkala asar ham mohiyat e’tibori bilan qimmatlidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, Sa’diyning “egizak farzandlaridir”- deyish mumkin.
Yo‘l topolmay qolgan gumrohga yo‘l ko‘rsatish borasida u shunday yozadi:
CHu ko‘rding ko‘r kishi yo‘linda chohdir,
Indamay o‘tirsang katta gunohdir.
Adashganlarni aql-idrok bilan to‘g‘ri yo‘lga solish sharafli burch ekanligi uqtiriladi.
Harchand o‘qibsan, bilimdonsan,
Agar amal qilmading, nodonsan.
Ilm va amalning birligi zarur ekanini ta’kidlash orqali tili va dili boshqa odamlarga nisbatan hajv nazari bilan qaraydi. Ilmiga amal qilmagan olim ustiga yuk ortilgan xasir bilan barobardir,- deydi Sa’diy.
O‘z yurtiga sadoqatli bo‘lmagan insondan yaxshilik kutish mumkin emasligini aytish orqali vatanga muhabbat va mehr hissidan ulug‘ ne’mat yo‘qligini uqtiradi shoir boshыa bir hikmatida.
O‘g‘liga otasi qildi vasiyat:
“Baxtiyor bolam, qo‘y qulog‘ingga pand,
O‘z ahliga vafo qilmagan kishi,
Na sevimli bo‘lur va na donishmand”.
Kimki befoyda umrin o‘tkazdi, hech narsa olmasdan oltin ketkazdi, deydi u boshqa bir hikmatida. Umrning mazmuni, hayot hikmati ona yurtiga va xalqiga etkazadigan manfaat orqali ekanini tasdiqlarkan, biz yurtimizning tinchligi bebaho boylik ekanini har damda, har qadamda his etishimiz maqsadga muvofiqdir.
So‘ngra tadbir boshlovchisi mikrofon qarshisiga ikkinchi ma’ruzachi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sud katta eksperti Abdumannob Raximovni taklif etdilar. Konstitutsiyamizning qabul qilinishi tarixi bilan bog‘liq o‘z mulohazalarini o‘rtoqlashdilar. So‘ngra Prezidentimizning “Militsiya ham oddiy odam, lekin hamma ham militsiya bo‘lolmaydi” — degan mazmundagi mulohazalarini keltirib o‘tdilar.
Tadbirda shuningdek, “Postda” gazetasining muxbiri va fotomuxbiri ham ishtirok etib, bugungi ma’rifat va siyosiy o‘qish mashg‘ulotlarini kengroq yoritish uchun materiallar tayyorlashdi.
Tadbir nihoyasida batalon komandirining o‘rinbosari mayor Bahodir YOrlaqabov ma’ruzachilarga jadvalga muvofiq belgilangan mavzular yuzasidan o‘z mulohazalari bilan qatnashganliklari uchun barcha xodimlar va rahbariyat nomidan samimiy minnatdorchiliklarini bildirdilar.