Sohaviy jurnalistika zarur yoxud ispan tajribasi haqida
Voqelikni kuzatish va baholash ob’yektni to‘g‘ri tushunish, sharhlashdan boshlanadi. Shunday ekan, kim, nima, qachon, qayerda savollariga javob topish xabar va ma’lumotning mohiyatini ifoda etsa, nega, nima sababdan, nima maqsadda degan savollarga javob izlash esa voqelikdagi narsa va hodisalar orasidagi umumiy aloqadorlik va bog‘lanish qonuniyatlarini tahliliy nazardan o‘tkazishdir. Birinchisi bilim bo‘lsa, ikkinchisi ilmdir. Ispaniyada sohaviy jurnalistika, boshqacha aytganda, ixtisoslashuv jurnalistikasining mavjudligi kishini hayratlantirmasdan qolmaydi. Bizda O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi borligini bilamiz. Ular ham o‘z faoliyatini olib borishda Ispaniya ommaviy-axborot vositalari bilan hamkorlik yo‘sinida, tajriba almashish ma’nosida amalga oshirishsa maqsadga muvofiq bo‘larmidi deymiz. Muayyan tizim yoxud sohaga ixtisoslashgan jurnalistikaning mohiyati mamlakatning taraqqiyotiga xizmat...
Continue reading