Avloniyning avlodlari
O‘z uquvini, malakasini oshirish sohaga daxldor yangi bilimlarni egallash va yangi yo‘l-yo‘riqlar bilan oshno bo‘lish demakdir. Malaka oshirish institutlarida bu masalalarga alohida e’tibor bilan qarashadi. CHunki o‘qiganlarni o‘qitish katta mas’uliyat talab etadi. Malaka oshirish institutining mohiyati fanga daxldor bo‘lgan yangi ma’lumotlarni berish bilan cheklansa, maqsad to‘laligicha namoyon bo‘lmaydi. Uni boshqa ta’lim “ustaxonalari”dan ham olish mumkin. Nima, qachon, qaerda, qanaqa savollariga javob olish bu bilim. Nega, nima sababdan, nima uchun, nima maqsadda kabi savollariga javob izlash orqali faoliyat ko‘rsatish esa bu ilmdir. Ilm bilimdan oziq oladi. Kitob bilim manbai bo‘lsa, bilim esa ilm manbaidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bilim bu mashinaning o‘zi...
Continue reading