O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyadagi nutqi
[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Muhtaram Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani Janobi Oliylari! Hurmatli Federika Mogerini xonim! Hurmatli tashqi ishlar vazirlari va delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Mamlakatimiz poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini O‘zbekiston xalqi nomidan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz. Ushbu anjumanda ishtirok etayotganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiraman va mehmondo‘st o‘zbek zaminida sizlarni ko‘rib turganimdan g‘oyat xursandman. Bugungi konferensiya O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasining birgalikdagi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Mazkur anjuman xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarning mantiqiy davomidir. Forumda shaxsan ishtirok etayotgani uchun Prezident Ashraf G‘ani Janobi Oliylariga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha...
Continue reading