O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Avvalo, Xitoy Xalq Respublikasining Raisi, hurmatli Si Szinpin Janobi Oliylariga majlisimizni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy qabul uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman. Shuningdek, barcha ishtirokchilarni xalqlarimiz ulkan hissa qo‘shgan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan tabriklashga ham ijozat bergaysiz. Qirg‘iz Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan hurmatli Prezident Sadir Nurg‘ojoyevich Japarovga bildirilgan tabriklarga qo‘shilaman va O‘zbekistonning eng ulug‘ va asosiy davlat bayrami munosabati bilan aytilgan iliq so‘zlaringiz uchun minnatdorlik izhor etaman. Hurmatli sammit ishtirokchilari! Bizning uchrashuvimiz Xitoyning qadimiy madaniyati hamda uning sanoat va texnologik yo‘nalishdagi jadal taraqqiyoti o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘zida mujassam etgan Tyanszin shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerda...
Continue reading