O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi
[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Muhtaram Vladimir Vladimirovich! Hurmatli davlat rahbarlari! Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari sammiti ishtirokchilarini qutlashga va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putinga samimiy qabul va mehmondo‘stlik, shuningdek, uchrashuvimiz yuksak darajada tashkil etilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz. Rossiya o‘zining raisligi doirasida Hamdo‘stlikning ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni bajardi. Eng muhimi, Rossiya Federatsiyasining prinsipial pozitsiyasi tufayli MDHga zarurat bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi munozaralarga "yakuniy nuqta" qo‘yildi. Hamdo‘stlik o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini to‘liq isbotlaganini ta’kidlamoqchiman. Bugungi kunda Tashkilotimizni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, uning xalqaro nufuzini muttasil oshirib borish zarurligi haqida aniq tasavvur mavjud. Bu Rossiya MDH faoliyatida, siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni kengaytirishda muhim va asosiy...
Continue reading