9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Loyihaning ikkinchi kuni

notiq.uz > Yangiliklar  > Loyihaning ikkinchi kuni

Loyihaning ikkinchi kuni

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida xotin-qizlar uchun alohida dastur asosida tashkil etilgan «Bahorning besh kuni» loyihasi ikkinchi kuni yuqori tayyorgarlik bilan, xush kayfiyat bilan boshlandi. Institutimiz xotin-qizlari uchun tashkil etilgan loyihaning ikkinchi kuni juda qizg‘in ijodiy bahslarga boy bo‘ldi deya, ishonch bilan ayta olamiz.
Kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-qizlar tadbirda ishtirok etishdi. Ikkinchi kun fakultetlar talaba-qizlari o‘rtasida mumtoz navolar, qo‘shiq aytish hamda Tanovar raqsini ijro etish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.[/vc_column_text]

Tanlovga hakamlar hay‘ati raisi etib, institut murabbiylar Kengashi raisi, Pedagogika — Psixologiya va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Z.Karabayeva raislik qildi. A‘zolarga esa ustoz Rahimboy Jumaniyozov, Institut psixologi, Xotin-qizlar jamoasi raisi kiritildi. Dastlab, fakultetlar ketma-ketlikda chiqishi uchun qur‘a tashlandi va chiqish ketma-ketligi aniqlab olindi. Ochig‘ini aytganda, barcha fakultetlar xotin-qizlari juda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishgan, ayniqsa bir jamoa bo‘lib fakultet rahbari, kafedra mudiri, dekan muovini, fakultet yoshlar yetakchisi bilan harakat qilishi alohida ahamiyatga egadir. Hakamlar hay‘ati a‘zolari esa, jamoalar chiqishini baholab borishdi. Yana bir narsani alohida ta‘kidlab o‘tish lozim, ixtiyoriy auditoriya va qo‘llab-quvvatlab turish tanlov ishtirokchilariga zavq bag‘ishladi.

Tadbir bo‘layotgan zalga tomoshabinlar biri ketsa ikkinchisi kelib turdi. Shundan so‘ng barcha chiqishlar tugagach hakamlar hay‘ati so‘zga chiqib, o‘z fikr va mulohazalarini ishtirokchilarga bildirib, ishtirok uchun institut rahbariyati minnatdorchiligini bildirib o‘tishdi. Har bir shart bo‘yicha hakamlar ballari e‘lon qilindi hamda nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblar haftalik yakunida albatta taqdirlanadi.

Natijalar quyidagicha:
1. Tanovar raqsi nominatsiyasida GM fakulteti
2. Tomoshabinlar e‘tirofi nominatsiyasida QSXET fakulteti
3. Eng yaxshi ovoz nominatsiyasida YRB fakulteti
4. Jozibali raqs, eng yaxshi chiqish nominatsiyasida GIM fakulteti
5. Eng yaxshi ashula ijrosi va milliy qadriyatlar yo‘nalishida SXTE va B fakulteti
6. Bahoriy kayfiyat, erkin ijodiy chiqish nominatsiyasida QXM fakulteti
7. Eng uyushqoq qizlar jamoasi nominatisiyasida GTQ fakulteti talaba-qizlari jamoalari g‘olib deb topildi. Ishtirokchilarga katta rahmat aytamiz. Tadbirni tashkil etishda yaqindan yordam bergan barchaga hamda alohida Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti faollariga minnatdorchilik bildiramiz.

Ertaga uchinchi kun qiziqarli tanlovlar bo‘lib o‘tadi. Faol bo‘ling institutimiz aziz xotin-qizlari. Barchasi siz uchun va birinchi marta tashkil etilgan lohiha sizning tashabbusingiz, ishtirokingiz bilan kelgusida davomiy bo‘lishi istagidamiz. Bizni kuzatib boring va ertaga albatta, tadbirlarda ishtirok etishga barchani chorlab qolamiz.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.